×

Dunyoning 500 dan ortiq universitetiga 2-kursdan boshlab qabul qilinish imkonini beruvchi oʻquv dasturi endi Toshkentda!


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

1449 marta

CHOP ETILGAN

26.07.2021

Buyuk Britaniyaning mukofotlash va imtihon oluvchi organi – NCC Education Oʻzbekistondagi hamkorlari bilan birgalikda oʻzbek yoshlariga “Level 3 International Foundation Diploma for Higher Education Studies (L3IFDHES)” dasturini taklif etadi.

Dasturda oʻqish 1 yil davom etadi (1 oʻquv yili) va talabalar Toshkent shahridagi oʻquv binosida tahsil oladi. Dasturni muvaffaqiyatli tugatganlar Buyuk Britaniya ta’lim tizimidagi talabaning noyob identifikatsiya kodiga ega ingliz tili akademik Pre-bakalavriat darajasi diplomi bilan taqdirlanadi. Mazkur diplom dunyoning 500 dan ortiq nufuzli xalqaro universitetlariga 2-kursga imtihonlarisiz, toʻgʻridan-toʻgʻri kirish imkoniyatini beradi. Oʻzbekistonda joylashgan xalqaro universitetlar ham shular jumlasidandir.

Jumladan, ushbu diplom orqali Oʻzbekistonda joylashgan xalqaro universitetlarda ham 2-kursdan oʻqishni boshlashi mumkin. L3IFDHES dasturining ilk bitiruvchilari 2020-yil sentyabr oyida Westminster International University in Tashkent (Oʻzbekiston), Turin Polytechnical University in Tashkent (Oʻzbekiston), Northumbria University UK (Buyuk Britaniya), University of Greenwich UK (Buyuk Britaniya), ACCA – Oxford Brookers UK (Buyuk Britaniya) kabi universitetlarning 2-bosqichiga muvaffaqiyatli oʻqishga kirgan.

Talablar

Dasturga qabul uchun nomzodlardan kamida IELTS 5.0 sertifikati talab etiladi. IELTS sertifikatiga ega boʻlmaganlar Toshkentdagi oʻquv binosida ingliz tili imtihonini topshirish orqali oʻqishga kirishi mumkin.

Ingliz tili imtihonini topshirganda natijalari IELTS 5.0 va undan yuqori darajaga teng boʻlgan nomzodlar bevostida L3IFDHES dasturida oʻqishni boshlashi mumkin. Ingliz tili darajasi IELTS 5.0 dan quyiroq boʻlganlar esa dastlab ingliz tilini yaxshilab olish uchun qoʻshimcha ingliz tili tayyorlov kurslari taklif etiladi.

Rasmiy imtihonlar Toshkent shahrida o’tkaziladi, lekin bevosita Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida (Ofqual) hukumat organlari nazorati ostida baholanadi.

Kontrakt summasi

Imtihon natijalariga koʻra, yillik kontrakt summalari quyidagicha boʻladi (2021-yil uchun):

  • Intermediate: kontrakt summasi – 30 mln soʻm: Intermediate darajadagi natijaga erishgan nomzodlar birdan L3IFDHES dasturida oʻqishni boshlaydi.
  • Pre-Intermediate – 33 mln: bu natijaga erishgan nomzodlar dastlab 1 oylik maxsus tayyorlov (ingliz tili) kursida oʻqiydi, undan keyin dasturda oʻqishni boshlaydi.
  • Elementary: kontrakt summasi – 35 mln soʻm. Elementary darajadagi natijaga erishgan nomzodlar dastlab 2 oylik maxsus tayyorlov (ingliz tili) kursida oʻqiydi, undan keyin dasturda oʻqishni boshlaydi.
  • Beginner: kontrakt summasi – 37 mln soʻm: Beginner darajadagi natijaga erishgan nomzodlar dastlab 3 oylik maxsus tayyorlov (ingliz tili) kursida oʻqiydi, undan keyin dasturda oʻqishni boshlaydi.

Yoʻnalishlar

Bu cheklanmagan sohalar tanlovini taqdim etuvchi Markaziy Osiyodagi yagona Xalqaro Foundation dasturidir. Dasturni bitirib, quyidagi sohalarda tahsil olishingiz mumkin: tibbiyot, huquqshunoslik, biznes, muhandislik, axborot texnologiyalari, dizayn va moda, filologiya, nanotexnologiyalar, aerokosmik muhandislik, buxgalteriya va audit, mashinasozlik, diplomatiya, san’at, neft va gaz hamda yana boshqa koʻplab sohalar.

Qabul

Nomzodlar ushbu dasturga Toshkentdagi The Gate of World Universities konsalting agentligi orqali hujjat topshirish mumkin. Hujjatlar 2021-yil 31-iyul, soat 18:00 ga qadar onlayn yoki oflayn shaklda qabul qilinadi.

Eslatma: Qabul uchun joylar soni chegaralangan.

Kerakli hujjatlar, qabul jarayoni va tartibi haqida batafsil maʼlumot olish uchun agentlikka murojaat qiling:

+998712000233
+998991003251

👉 Telegram orqali murojaat qilish

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!