O’zbekistondagi IT markazlaridan biri “Najot Ta’lim” va “Cambridge LC” o’quv markazi navbatdagi “Kelajak yoshlari” grantiga qabul ochilganligini ma’lum qildi. Bu grant dasturida kam ta’minlangan, boquvchisini yo’qotgan va grantga haqiqatdan ham muhtoj 16 yoshdan 24 yoshgacha yoshlar qatnashishi mumkin.
Grant doirasida 100 nafar yigit qiz 1 yil davomida ingliz tili va zamonaviy kasblardan bepul ta’lim olishi mumkin bo’ladi. Grantni yutgan yoshlar yil davomida Cambridge o’quv markazida ingliz tilidan va unga parallel ravishda Najot Ta’lim markazida dasturlash yoki grafik dizayn sohasi bo’yicha ta’lim oladilar. Grantni yutgan yoshlar Najot Ta’lim va Cambridge o’quv markazlarining Toshkent, Samarqand va Farg’ona filiallarida ta’lim oladilar.
— 50 ta joy — Toshkent filiallari uchun
— 30 ta joy — Farg’ona filiali uchun
— 20 ta joy — Samarqand filiali uchun
Talablar
— 16 yoshdan 24 yoshgacha yoshlar qatnashishi mumkin
— Kam ta’minlangan, boquvchisini yo’qotgan insonlar
— Grant dasturi davomida ikkita o’quv markazida ham ta’limni to’liq olishi kerak. Ya’ni Najot Ta’lim va Cambridge o’quv markazlaridan birida ta’lim olishni to’xtatib turish mumkin emas. Ikkala o’quv markazida ham baravar o’qishni davom ettira olishi kerak.
Saralash bosqichi
Grantga nomzodlar motivatsion videomurojaat va suhbat asosida saralab olinadi. Grantda ishtirok etish uchun BU YERDA so’rovnomani to’ldiring.
Eslatma: Ushbu grant uchun ro’yxatdan o’tish 2025-yil 20-mart soat 23:59 gacha davom etadi. Aprel oyida eʼlon qilinadi.
Murojaat uchun: +998-78-888-98-88