×

Fuqarolik jamiyati institutlari orasida korrupsiyaga qarshi tashabbuslarni amalga oshirish uchun kichik grantlar tanlovi


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

2944 marta

CHOP ETILGAN

10.04.2026

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va BMT Taraqqiyot dasturining Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan “O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi milliy ekotizimni mustahkamlash” qo‘shma loyihasi mamlakatimizning barcha hududlaridagi fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida “Korrupsiyaga qarshi fuqarolik tashabbuslari: ishtirok, shaffoflik va yechimlar” nomli tanlov e’lon qildi.

Tanlov maqsadi –  fuqarolik ishtirokini rivojlantirish, amaliyotga yo‘naltirilgan yechimlarni joriy etish hamda milliy va mahalliy darajalarda shaffoflikni oshirish orqali korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga ko‘maklashishdir.

  • Fuqarolik jamiyati institutlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha loyihalar bilan ishtirok etishga taklif qilinadi:
  • Fuqarolik jamiyatining normativ-huquqiy hujjatlar ijodkorligi va huquqiy tashabbuslarni rivojlantirishdagi ishtiroki – korrupsiyaning oldini olish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, muhokama qilish va takomillashtirishda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini kengaytirishga qaratilgan loyihalar qo‘llab-quvvatlanmoqda.
  • Raqamli yechimlar va shaffoflik vositalarini ishlab chiqish hamda joriy etish – shaffoflik, hisobdorlik va jamoatchilik nazoratini oshirish uchun raqamli texnologiyalardan foydalanishga qaratilgan loyihalar qo‘llab-quvvatlanadi.
  • Iqtisodiy faoliyatda halollikni va xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirishni qo‘llab-quvvatlash – xotin-qizlarning iqtisodiy faolligiga ta’sir ko‘rsatadigan sohalarda korrupsiya to‘siqlarini kamaytirish va shaffoflikni oshirishga qaratilgan loyihalar qo‘llab-quvvatlanadi.
  • Mahalliy darajada korrupsiyaga qarshi kurashish — mahallalar va mahalliy hamjamiyatlar miqyosida korrupsiya holatlarining oldini olishga qaratilgan loyihalar qo‘llab-quvvatlanadi.

Tanlovning ustuvor yo‘nalishlari: 

Loyiha tashabbuslari tanlovida ishtirok etish uchun fuqarolik jamiyati institutlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha loyihalari bilan taklif etiladi:

  1. Fuqarolik jamiyatining qonun ijodkorligi va huquqiy tashabbuslarni rivojlantirishdagi ishtiroki – korrupsiyaning oldini olish sohasidagi meʼyoriyhuquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, muhokama qilish va takomillashtirishda fuqarolik jamiyati institutlari ishtirokini kengaytirishga qaratilgan loyihalar qo‘llabquvvatlanadi.

  2. Raqamli yechimlar va shaffoflik vositalarini ishlab chiqish va joriy etish – shaffoflik, hisobdorlik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish uchun raqamli texnologiyalardan foydalanishga yo‘naltirilgan loyihalar qo‘llab-quvvatlanadi.

  3. Iqtisodiy faoliyatda halollikka ko‘maklashish va xotin-qizlar imkoniyatlarini kengaytirish – xotin-qizlarning iqtisodiy faolligiga ta’sir ko‘rsatadigan sohalarda korrupsiyaviy to‘siqlarni kamaytirish va shaffoflikni oshirishga qaratilgan loyihalar qo‘llab-quvvatlanadi.

  4. Mahalliy darajada korrupsiyaga qarshi kurashish – mahalla va mahalliy hamjamiyatlar darajasida korrupsiyaviy holatlarning oldini olishga qaratilgan loyihalar qo‘llab-quvvatlanadi.

Kimlar ishtirok etishi mumkin:

Kichik grantlar tanlovida ishtirok etish uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyat yuritayotgan, ustavida ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalari grant loyihasi mavzusiga mos keladigan milliy NNTlar (xususan, ayollar va yoshlar tashkilotlari, turli mulkchilik shaklidagi akademik (ta’lim) va ilmiy muassasalar taklif etiladi.

Tanlovda tijorat tashkilotlari (MChJ, AJ va boshq.), tugatish bosqichidagi tashkilotlar hamda jismoniy shaxslar ishtirok eta olmaydi.

Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori — 6000 AQSH dollarigacha.

Ishtirok etish tartibi:

Arizalarni topshirishdan avval nomzodlar loyiha jamoasi tomonidan o‘tkaziladigan axborot sessiyalarida qatnashishlari zarur. Unda ishtirok etish tanlovning majburiy sharti hisoblanadi va nomzodlarni grant tartib-qoidalari bilan tanishtirish, tanlov hujjatlarini to‘g‘ri rasmiylashtirish, shuningdek, ularning huquqiy va moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan.

Onlayn sessiyalar sanasi va vaqti: 2026-yil 17-aprel, 15:00; 2026-yil 24-aprel, 10:00.

Ro‘yxatdan o‘tish va ishtirok etish uchun havola olish maqsadida anti-corruption.contest@undp.org elektron manziliga xat yuboring yoki +998 98 800 20 84 telefon raqamiga murojaat qiling.

Ariza topshirish tartibi:

  1. Tanlov konsepsiyasi va nizomi bilan tanishib chiqing.
  2. Tanlovda ishtirok etish uchun loyiha arizasi va ma’muriy shaklni taqdim etish kerak.
  3. Loyiha arizasi ariza beruvchi tashkilotni identifikatsiya qilish imkonini beradigan ma’lumotlarsiz o‘zbek yoki rus tilida tayyorlanishi lozim.
  4. To‘ldirilgan ariza va shaklni quyidagi manzilga yuboring: anti-corruption.contest@undp.org

Arizalarni topshirishning oxirgi muddati — 2026-yil 4-may, Toshkent vaqti bilan soat 00:00 gacha.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun bog‘lanish raqami: +998 98 800 20 84.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!