×

Kirish imtihonlari uchun test sinovlarida qanday o’zgarishlar kutilmoqda?


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

20277 marta

CHOP ETILGAN

16.02.2019

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “Oliy taʼlim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hujjat loyihasi joylashtirildi.

Ushbu loyihaga ko’ra, O’zbekiston OTMlariga kirish imtihonlarida jiddiy o’zgarishlar bo’lishi kutilmoqda.

Hujjat loyihasiga muvofiq:

2019/2020-oʻquv yili qabulidan boshlab:

  • amaldagi tartibni oʻzgartirgan holda oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha kirish test sinovlarini iyul-avgust oylarida oʻtkazish;
  • eng yuqori ballning 30 foizi va undan yuqori ballni toʻplagan abituriyentlarga fanlar boʻyicha test sinovlari natijalari aks etgan, 3 yil muddatga amal qiladigan sertifikat berish hamda ularga uchtagacha taʼlim yoʻnalishida tanlovda ishtirok etishi uchun imkoniyat yaratish;

2020/2021 oʻquv yili qabulidan boshlab:

  • test fanlari majmuasini ikki boʻlimga ajratib, 1-boʻlimga barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan – ona tili, matematika va Oʻzbekiston tarixi, 2-boʻlimga daʼvogarlik qilinayotgan taʼlim yoʻnalishiga mos ikkita fanni kiritish;
  • yoshlarning ona tili boʻyicha savodxonligini oshirish va aniqlash maqsadida yozish koʻnikmalarini baholash uchun “Oʻzbek tili”, “Rus tili”, “Qoraqalpoq tili” fanlari boʻyicha alohida sinovlarni tashkil etish.

Shuningdek:

  • abituriyentlarning test sinovlari va tanlovda ishtirok etishi uchun Davlat xizmatlari markazlari orqali roʻyxatdan oʻtkazish tizimi bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyiladi;
  • oldingi oʻquv yillarida taʼlim muassasalarini tugatgan abituriyentlardan test sinovlarida ishtirok etishi uchun eng kam ish haqining bir barobariga teng miqdorida yigʻim undiriladi. Joriy yil bitiruvchilari uchun test sinovlari bepul asosda oʻtkaziladi;
  • test oʻtkazilgan kunning ertasiga abituriyentning fanlar boʻyicha test sinovidan umumiy toʻplagan ballari Davlat test markazining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi;
  • abituriyentning sinov natijasi boʻyicha olgan bali tavsiya etishga yetarli boʻlgan oliy taʼlim muassasasi (taʼlim yoʻnalishi)da oʻqish imkoniyati yaratiladi;
  • oʻzbek va qoraqalpoq tillaridagi test topshiriqlari faqat lotin alifbosida tayyorlanadi.

Batafsil SHU YERDA tanishing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!