×

O’zbekistondagi universitetlarda kontraktdagi talabalar uchun 400 mln soʻmlik taʼlim granti


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

4502 marta

CHOP ETILGAN

27.11.2020

Oʻzbekistonda ilk marotaba talabalarni moddiy qoʻllab-quvvatlashga moʻljallangan www.metsenat.uz loyihasi ishga tushgani haqida xabar berilgandi.

Bir guruh jamoatchilik faollarining tashabbusi bilan tashkil qilingan ushbu loyihadan koʻzlangan asosiy maqsad yurtimizdagi metsenatlarni jalb qilgan holda ehtiyojmand hamda iqtidorli talabalarning toʻlov-kontraktini toʻlashga yordam berish, shuningdek stipendiyalar eʼlon qilishdan iborat.

Loyiha ishga tushgach, shu kunning oʻzidayoq ilk metsenatlar saytda talabalar uchun grantini joylashtirdi.

Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi hamda “Mehrli qoʻllar” xayriya fondi tomonidan toʻlov shartnoma mablagʻlarini toʻlashga muhtoj talabalar uchun 400 mln soʻmlik taʼlim granti dasturi eʼlon qilindi.

Bunda Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan OTMlarda (chet el oliy taʼlim muassasalarining Oʻzbekistondagi filiallari bundan mustasno) kunduzgi taʼlim (bakalavr bosqichi)da toʻlov-shartnoma asosida taʼlim olayotgan (super kontrakt bundan mustasno) chin yetim, nogiron, ota-onasi (har ikkalasi) ota-onalik huquqidan mahrum etilgan, Mehribonlik uyida tarbiyalangan, boquvchisini yoʻqotgan va 30 yoshdan oshmagan talabalar qatnasha oladi.

Gʻolib boʻlgan talabalarning stipendiyasiz hisoblangan toʻlov-shartnoma mablagʻining 50%igacha boʻlgan qismi toʻlab beriladi.

Grantda ishtirok etish uchun arizalar 10-dekabrgacha metsenat.uz sayti orqali qabul qilinadi.

Hurmatli talabalar, bunday imkonni qoʻldan boy bermang, omadingizni sinab koʻring!

❗️Shu oʻrinda yurtimizdagi saxovatpesha tadbirkorlar, yirik kompaniyalar, davlat va nodavlat tashkilotlarga ham murojaat qilmoqchi edim: imkoningiz boʻlsa, ilmga investitsiya kiriting, taʼlimni qoʻllab-quvvatlang, talabalarni ragʻbatlantiring. Metsenat.uz loyihasi sizga bu borada beminnat koʻmakchi boʻlishga tayyor.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!