×

Koreya elchixonasi oʻzbekistonlik talabalar uchun beriladigan D-2 va D-4 vizalarini olish talablarini qiyinlashtirdi


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

6007 marta

CHOP ETILGAN

04.05.2020

Koreya elchixonasi oʻzbekistonlik talabalar uchun beriladigan D-2 va D-4 vizalarini olish talablarini qiyinlashtirdi.

Talabalar orasida noqonuniy muhojirlar sonining keskin oshib ketishi sababli viza hujjatlariga quyidagi oʻzgarishlar kiritildi.

1. Bank depozit hujjatlari:

  • Bakalavr, magistr va PhD uchun 20 000$ lik depozit bank hisob raqamida kamida 3 oy davomida turgan boʻlishi shart.
  • D-4 viza — til kurslari uchun KDB bankdagi hisob raqamda 3 oy davomida turgan boʻlishi shart.
  • Agar bank maʼlumotnomasida depozitning saqlanish muddati aniq koʻrsatilgan boʻlsa, boshqa banklardan olingan maʼlumotnoma ham qabul qilinishi mumkin.

2. Ota-onasi daromadlari haqida maʼlumot:

  • Ota-onasi rasmiy ish joyidan maʼlumotnoma (ingliz tiliga tarjima qilingan boʻlishi va berilgan tashkilot telefon raqamlari koʻrsatilgan boʻlishi shart).
  • Ota-onasining bank kartalari hisob raqamlaridagi pul kirim-chiqimlari haqida maʼlumotnoma yoki shaxsiy molk-mulkka egalik haqida maʼlumotnoma

3. Viza berish rad etilgan boʻlsa, rad etilgan kundan boshlab 3 oy davomida qayta hujjat qabul qilinmaydi (avval 1 oy edi).

4. Tilni bilish sertifikati. Qalbaki sertifikatlar koʻpayib ketganligi sababli:

  • Ingliz tili boʻyicha bakalavr, magistr, PhD: eng kamida IELTS 5.5, TOEFL 530, yoki TOEFL IBT 71 sertifikati ham qoʻshimcha topshiriladi. Sertifikating haqiqiyligi elchixonada tekshiriladi.
  • Koreys tilida oʻqiydiganlar uchun: kollej uchun TOPIK 3, universitet uchun TOPIK 4 va undan yuqori.

Batafsil maʼlumot bilan SHU YERDA tanishing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!