Qachon: 2020-yil, 27, 28 va 30-iyun kunlari
Kim uchun: Biror grantni qoʻlga kiritish yoki biror xorijiy universitetga kirishni xohlovchilar
Qayerda: Kurs onlayn tarzda Zoom platformasida olib boriladi
Asosiy maʼlumot: Barcha xarajatlarini toʻliq qoplovchi 2 ta xalqaro grantni qoʻlga kiritgan hamyurtimiz Gulsanam Roziqova Grantlar.uz jamoasi bilan hamkorlikda motivatsiya xatini mahorat bilan yozish, yozishdagi asosiy jihatlar va chetlab oʻtilishi lozim boʻlgan xatolar, yozish uchun mavzu tanlash va shu kabilar yuzasidan batafsil va chuqur bilim beruvchi “Motivatsiya xati (inshosi) qanday yozilishi lozim?” nomli kurs tashkillashtirilmoqda. Mazkur kurs 2020-yilning 27, 28 va 30-iyun kunlari Zoom platformasida onlayn tarzda oʻtkaziladi. Kurs Gulsanam Roziqova tomonidan olib boriladi.
Gulsanam Roziqovaning akademik faoliyati haqida qisqacha:
- 2017-yili Toshkent xalqaro Vestminster universitetining bakalavriat bosqichini (iqtisod va moliya yoʻnalishi) tugatgan, universitetda grant asosida tahsil olgan;
- 2019-yili 2 ta xalqaro grantni qoʻlga kiritgan: Erasmus Mundus European Master in Tourism Management (EMTM) toʻliq granti hamda Civil Society Leadership Awards (CSLA, iqtisod yoʻnalishi) toʻliq granti;
- Hozirda Yevropada European Master in Tourism Management yoʻnalishi boʻyicha magistratura bosqichida tahsil olmoqda.
Motivatsiya xati (inshosi) ahamiyati
Tasavvur qiling: biror grant yoki universitetga nomzodlarni saralash jarayoni – saralash komissiyasi aʼzolari nomzodlarning hujjatlarini koʻrib chiqyapti. Tavsiyanomasi juda yaxshi, kuchli CVʼga ega, baholari yuqori nomzodlar juda koʻp. Ularning barchasini dasturga qabul qilib boʻlmaydi, chunki joylar cheklangan.
Xoʻsh, bunday paytda komissiya qabul qilish uchun nomzodlarni qanday ajratib oladi? Albatta, motivatsiya xati (inshosi) asosida. Motivatsiya xati (inshosi) – grantni qoʻlga kiritish yoki universitetga qabul qilinishda hal qiluvchi ahamiyatga ega hujjatlardan biridir.
Kurs dasturi
1-kun (27-iyun): Asosiy qoidalar, koʻp uchraydigan xatolar va muvaffaqiyatli motivatsiya xatlaridan misollar
- Motivatsiya xatini yozishda asosiy qoidalar yoki qabul komissiyasidagilar sizdan nima kutadi?
- Aksariyat nomzodlar yo’l qo’yadigan xatolar: bunday qilmang!
- Dunyoning eng nufuzli oliygohlariga qabul qilingan talabalarning xatlarini ko’rib chiqamiz: ular yuqorida keltirilgan qoidalarga amal qilganmi?
2-kun (28-iyun): Shaxsiy motivatsiya xatlari tahlili – Gulsanam Roziqova oʻzi yozgan va grantlarni qoʻlga kiritishini kafolatlagan shaxsiy motivatsiya xatlarini namoyish qilib, 1-kunda oʻrganilgan qoidalar asosida tahlil qilib beradi
- Grantning asosiy talablari va nega men aynan shu mavzularni xatimda aks ettirdim?
- Xatlarning qoidalar asosidagi tahlili.
- Savol-javoblar.
- Uyga vazifa. Bunda har bir ishtirokchiga 24 soat ichida biror grant yoki universitet uchun motivatsiya xati yozish vazifasi beriladi (yozish ixtiyoriy). Gulsanam Roziqova har bir motivatsiya xatini tekshirib, uning ustunlik va kamchilik tomonlarini yozma ravishda koʻrsatib beradi.
Kun 3 (30-iyun): Ishtirokchilar yozgan motivatsiya xatlari tahlili: eng yaxshi va eng yomon misollar
- Eng yaxshi yozilgan 2 ta motivatsiya xati tahlil qilinadi.
- Eng yomon yozilgan 2 ta motivatsiya xati tahlil qilinadi. Tahlil jarayonida xatning muallifi sir tutiladi, xatda keltirilgan shaxsiy maʼlumotlar tahlil jarayonida koʻrsatilmaydi.
Kurs darslari yuqorida qayd etilgan kunlarda Oʻzbekiston vaqti bilan 20:00 da boshlanadi. Bir kunlik dars tanaffuslar bilan 1,5-2 soat davom etadi.
Kurs menga nima beradi?
Kurs orqali quyidagilarni oʻrganasiz:
- Motivatsiya xati uchun yoziladigan mavzuni tanlash.
- Motivatsiya xatining tuzilishi.
- Motivatsiya xatini yozishdagi eng muhim jihatlar.
- Motivatsiya xatini yozishda yoʻl qoʻyiladigan xatolar va ularni qanday chetlab oʻtish.
- Qabul yoki saralash komissiyasi motivatsiya xatingizni oʻqishda sizdan nimalarni kutishi.
- Qanday qilib motivatsiya xatingizni oʻqigan qabul yoki saralash komissiyasi aʼzolarida ijobiy taassurot qoldirish.
Kursda ishtirok etish haqi
Kursda ishtirok etish toʻlovi – bir kishi uchun 100 ming soʻm. Kursga roʻyxatdan oʻtish uchun telegram orqali @hamidziyo akkauntiga murojaat qiling.
Roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilarga kursda qatnashish uchun Zoom havolasi, ID raqami va paroli beriladi.
Eslatma: Kursga qabul qilinuvchi ishtirokchilar soni cheklangan.
EMTM dasturi yuzasidan Gulsanam Roziqova bilan oʻtkazilgan suhbatni SHU YERDA oʻqishingiz mumkin.