IT Marafon nima?
IT MARAFON – bu O‘zbekistondagi yoshlarning sport dasturlash musobaqasidir! Ushbu marafon mamlakatdagi iqtidorli yoshlarni aniqlashga va dasturlashni boshlash uchun turtki bo‘lib xizmat qilishiga qaratilgan bo‘lib “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti” hamda “ROBOTICS LAB FUTURE TECHNOLOGY COMPANY” bilan hamkorlikda o‘tkaziladi. Marafonga dekabr oyining birinchi haftasi oxirida start beriladi.
Marafon kimlar uchun?
Marafonda 15 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan barcha ishtirok etishi mumkin. TATU va uning filiallari birinchi bosqich talabari uchun saralash alohida olib boriladi.
Marafonning o’tkazilish tartibi
IT MARAFON – 2021 uch bosqichda o’tkaziladi.
Birinchi bosqich. O‘zbekistondagi barcha 15 – 30 yosh oralig‘idagilar va TATU 1-bosqich talabalari 45 kun davomida marafonda ishtirok etadilar va marafonning virtual yo‘lagini o‘z aql zakovatlarini ishlatgan holda bosib o‘tadilar. 45 kunlik marafonning intensiv darslari bepul online olib boriladi. Marafon natijalari yuqori bo’lgan ishtirokchilar sovrinli bosqichlar ya‘ni ikkinchi va uchinchi bosqichga yo‘llanma oladilar.
Ikkinchi bosqich. Bu bosqichda faqat TATU va uning filiallari 1 – bosqich talabalari qatnasha oladilar, ikkinchi bosqich 2021-yilning yanvar oyi oxirida TATU va filiallari miqyosida o‘tkaziladi.
Uchinchi bosqich. Barcha 15 – 30 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilar orasidan tuzilgan 3 kishidan iborat jamoalar orasida bo‘lib o‘tadi. Uchinchi bosqich 2021 – yilning may oyi oxirida Respublika miqyosida o‘tkaziladi.
G’oliblar qanday taqdirlanadi?
Sovrin jamg‘armasi – 60 000 000 so‘mga teng.
Marafonning TATU va uning filiallari 1-bosqich talabalari o‘rtasida o’tkaziladigan ikkinchi bosqichi g’oliblari uchun ajratilgan sovrinlar quyidagicha:
- 1-o‘rin – 10 000 000 so‘m;
- 2-o‘rin – 7 000 000 so‘m;
- 3-o‘rin – 4 000 000 so‘m;
- Eng tez coder nominatsiyasi – 1 000 000 so‘m;
- Eng sodda algoritm nominatsiyasi – 1 000 000 so‘m;
- Eng yosh dasturchi nominatsiyasi – 1 000 000 so‘m.
Marafonning 15 – 30 yosh oralig‘ida bo‘lgan barcha uchun 3 kishilik jamoalar o‘rtasida o’tkaziladigan uchinchi bosqichi g’oliblari uchun quyidagi sovrinlar ajratilgan:
- 1-o‘rinni olgan jamoa – 12 000 000 so‘m;
- 2-o‘rin olgan jamoa – 9 000 000 so‘m;
- 3-o‘rin olgan jamoa – 6 000 000 so‘m.
- Eng tez coder jamoasi – 3 000 000 so‘m;
- Eng sodda algoritm jamoasi – 3 000 000 so‘m;
- Eng yosh dasturchi jamoasi – 3 000 000 so‘m.
Hujjatlar qanday topshiriladi?
Ishtirok etish uchun bu yerda roʻyxatdan oʻting.
Marafon haqidagi yangiliklarni kuzatib borish uchun Telegram ijtimoiy tarmog’idagi kanalimizni kuzatib boring: @robocontest (kanal nomi RoboContest.Uz).
Murojaat
Agar savollaringiz bo’lsa, Telegram ijtimoiy tarmog’i orqali @robocontest_chat ga murojaat qiling.
Marafon haqida ko’p so’raladigan savollar
S: Marafonga kimlar qatnashib biladi?
J: 1-bosqichda hamma qatnashishi mumkin. 2-bosqich faqat TATU va uning filiallari 1 – bosqich talabalari qatnasha oladilar. 3-bosqich barcha 15 – 30 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilar orasidan tuzilgan 3 kishidan iborat jamoalar orasida bo‘lib o‘tadi. 2 va 3 – bosqichga qatnashish uchun, ishtirokchilar marafon davomida berilgan barcha masalalarni yechgan bo’lishlari kerak.
S: Marafonda qanashish uchun nima qilishim kerak?
J: Marafonda qatnashi uchun robocontest.uz saytidan ro’yxatdan o’tgan bo’lishingiz kerak.
S: Marafon qanday ko’rinishda bo’ladi?
J: Marafon 2020 yil dekabr oyining 1-haftasi oxirlarida start beriladi va bu haqida rasmiy telegram kanalimiz va telegram guruhda xabar beriladi. Marafon davomida har hafta masalalar berib boriladi va har haftaning oxirida masalalarni ishlash bo’yicha video darslar olib boriladi (Zoom orqali o’tish rejalashtirilgan).
S: Marafonga qachongacha ro’yxatdan o’tish mumkin?
J: Marafon davomida ro’yxatdan o’tish mumkin bo’ladi ya’ni xohlagan payt.
S: 3-bosqichga jamoalarni ro’yxatga olish qachon boshlanadi?
J: Mart oyining boshida.
S: Jamoada ko’pi bilan necha kishi bo’lishi mumkin?
J: 3 kishi