×

Open University: Buyuk Britaniya universitetidan 1000 ta bepul onlayn kurs!


Blog

BO'LIM

Kurslar

O'QILGAN

6580 marta

CHOP ETILGAN

09.07.2020

Buyuk Britaniyadagi Open University 1969-yilda tashkil etilgan bo’lib, 2019-yilda universitetning 50 yillik muvaffaqiyatli faoliyati keng nishonlandi. Open University asosan masofaviy va onlayn o’qitiladigan kurslari bilan mashhur bo’lib, talabalarga o’zlariga qulay vaqt va joyda o’qish uchun imkon berib kelayotgan Buyuk Britaniyadagi va jahondagi yetakchi ta’lim muassasalaridan biridir. Ta’lim muassasasining onlayn kurs va masofaviy dasturlarida 2 milliondan ziyod talabalar bilim olishgan. Batafsil

Open University tomonidan taqdim etilayotgan onlayn kurslar va dasturlar yuqori sifati bilan tanilgan. Hozir shu universitet tomonidan yaratilgan onlayn kurslarda bepul o’qish va nufuzli ta’lim muassasasi sertifikatini qo’lga kiritish mumkin. Sertifikat olish uchun ham to’lov amalga oshirilmaydi, kursning imtihonlaridan o’tsangiz. Hozirda universitet tomonidan 1000 ga yaqin bepul kurslarga ro’yxatdan o’tish mumkin.

Onlayn kurslar quyidagi umumiy yo’nalishlarga bo’linadi:

  1. Salomatlik, Sport va Psixologiya
  2. Ta’lim va Rivojlanish
  3. Tarix va San’at
  4. Til
  5. Moliya va Biznes
  6. Tabiat va Atrof-muhit
  7. Fan, Matematika va Texnologiya
  8. Jamiyat, Siyosat va Huquqshunoslik.

O’zingiz qiziqqan sohadagi qaysi onlayn kurslarda o’qish mumkinligini ko’rish uchun bu yerdagi katalog bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Kurslarga qanday ro’yxatdan o’tiladi?

Open University kurslariga ro’yxatdan o’tish uchun Open University veb saytida shaxsiy akkauntingiz bo’lishi kerak. Agar hali akkaunt ochmagan bo’lsangiz, bu yerda shaxsiy akkaunt yarating. Akkaunt yaratilgach, bepul kurslar katalogidan kerakli kursni tanlab, ro’yxatdan o’tishingiz kifoya.

Kurslarda o’qish uchun talablar qanday?

Qisqa kurslarda o’qish uchun odatda hech qanday talablar bo’lmaydi, kurslarga qabul qilinish uchun ariza topshirib, natijasini kutish ham shart emas. Qisqa onlayn kurslarga istalgan vaqt ro’yxatdan o’tib, o’qishni boshlash mumkin. Kurslardagi materiallarni o’rganish uchun ingliz tilini yaxshi bilishingiz juda muhim.

Open University’da yana qanday kurslarni o’qish mumkin?

Open University tomonidan juda ko’p bakalavr va magistratura kurslari ham taqdim etiladi. Ular quyidagi guruhlarga bo’linadi:

  1. Honours courses. 360 ECTS.
  2. Integrated Masters degrees. 480 ECTS (bu kurslarga qabul qilingan talaba kursni tamomlaganda ham bakalavr, ham magistratura diplomini oladi).
  3. Diploma of Higher Education. 240 ECTS.
  4. Certificate of Higher Education. 120 ECTS.
  5. Open University certificates.
  6. Undergraduate modules. 30/60 ECTS.
  7. Masters Degrees. 190 ECTS.
  8. Postgraduate Diploma. 120 ECTS.
  9. Postgraduate Certificates. 60 ECTS.

Open University qisqa kurslari bepul, lekin boshqa kurslar uchun to’lov amalga oshirish kerak. Bu haqida batafsil

Open University kurslariga ro’yxatdan o’tishda ikkilanyapsizmi? Kurslarda o’qish yoki o’qimaslik to’g’risida o’ylayotgan bo’lsangiz, yoki biror kursga yozilib, uni tamomlash uchun ishtiyoqingiz yetishmayotgan bo’lsa, Open University tomonidan yaratilgan motivatsion videolarni tomosha qiling. Bu yerdagi motivatsion videolar sizni ilm olishga, o’z ustingizda ishlash va yangi mashg’ulotlarni sinab ko’rishga ruhlantirib yuboradi.

Agar zerikkan bo’lsangiz, yoki voqea va insonlarning tashqi ko’rinishini eslab qolish qobiliyatingizni sinab ko’rishni xohlasangiz, Open University tomonidan ishlab chiqilgan PhotFit Me o’yinida o’zingizni sinab ko’ring. Bu o’yin insonlarning yuz qiyofalarini qanchalik eslab qolishingizni aniqlab beradi.

Open University haqida batafsil ma’lumot olish uchun universitet vebsaytiga kiring. Universitet bilan bog’lanish uchun bu yerga bosing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!