Asosiy maʼlumot
Oʻzbekcha Vikipediya 2021-yilgi “Vikipediya Markaziy Osiyo oyligi” marafoniga maqolalar qabulini eʼlon qildi. Vikipediya Markaziy Osiyo oyligi — bu vikimarafon boʻlib, har yili aprel oyida oʻtkaziladi. Marafon davomida Markaziy Osiyo bilan bogʻliq mavzularda maqola yaratiladi. Marafonning maqsadi Oʻzbekcha Vikipediyada Markaziy Osiyo haqida keng qamrovli kontent yaratishdir. Marafonda Vikimedia Jamgʻarmasi loyihalariga hissa qoʻshib kelayotgan yoki hissa qoʻshishni istagan har bir foydalanuvchi ishtirok etishi mumkin.
Marafon 2021-yilning 1-aprelidan 30-apreliga qadar davom etadi.
Qoidalar
Marafonga Vikipediyada roʻyxatdan oʻtgan har bir foydalanuvchi qatnasha oladi.
Marafonga quyidagi talablarga javob beradigan maqolalar kiritiladi:
- Maqola biror Markaziy Osiyo mamlakatlariga bagʻishlangan boʻlishi kerak
- Maqola siz tomondan yaratilishi kerak (kengaytirilgan maqolalar ham hisobga olinadi)
- Maqola kamida 1 250 baytdan va kamida 100 ta soʻzdan iborat boʻlishi shart
- Maqola mavzusi ensiklopedik ahamiyatga ega boʻlishi shart
- Maqolada kamida 2 ta manbalar boʻlishi shart
- Maqola avtomatik tarjimaga ega boʻlmasligi shart
- Maqolada “original tadqiq”, “betaraflik”, “manbasiz maqola” va boshqa tanqidiy andozalar boʻlmasligi shart
- Maqola roʻyxat shaklida boʻlmasligi shart
- Maqola mazmunli boʻlishi shart
Sovrinlar
Musobaqaning eng yaxshi 3 qatnashchisiga quyidagi pul mukofotlar beriladi:
- Birinchi oʻrin: $200
- Ikkinchi oʻrin: $100
- Uchinchi oʻrin: $50
Baholash tartibi
Maqolalar quyidagi tartibda baholanadi:
- Yuqoridagi qoidalarga muvofiq yaratilgan yangi maqolaga: 30 ball
- Toʻgʻri ishlaydigan andozaga: 4 ball
- 3 ta manbadan soʻng qoʻshilgan manba(lar)ga: 1 ball
- Qoʻshilgan turkumlarga
- 1-3 ta turkumga: 1 ball
- 3 dan oshiq turkumga: 2 ball
- Qoʻshilgan suratlar
- 1-3 ta suratga: 1 ball
- 3 dan oshiq suratga: 2 ball
- 1,500-3,000 baytlik boʻlimdan soʻng maqolaga qoʻshilgan yana shuncha baytga: 10 ball
- Qoʻshimcha ravishda maqolaga qoʻshilgan Vikimaʼlumotlar elementi uchun: 1 ball
Roʻyxatdan oʻtish
- Marafonda qatnashish uchun nomzod dastlab BU YERDA hisob (akkaunt) yaratishi kerak.
- Undan keyin BU YERDA maqola yaratiladi.
- Soʻng BU YERGA kirib, “Maqola qoʻshish” tugmasi bosiladi. Keyin “Добавить (Submit)” tugmasi bosilib, ochilgan hisobning login va paroli terib kiriladi hamda yaratilgan maqola marafonga qoʻshiladi.
Hisob ochish, maqola yaratish, marafonda qatnashish va boshqa barcha masalalar yuzasidan savollar yuzaga kelsa, Oʻzbekcha Vikipediyaning telegramdagi guruhida soʻrab olishingiz mumkin.
Ishtirok etishdan oldin marafon haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.