Qayerda: Toshkent, Oʻzbekiston
Kim uchun: Dasturchilar uchun
Ariza topshirish muddati: 2020-yilning 1-yanvarigacha
Asosiy ma’lumot: Bugungi kunda Oʻzbekistonda IT sohasini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda, yoshlar orasida AKT sohasiga qiziqish va intilishni rivojlantirishni esa Oʻrta Osiyoning texnologik markaziga aylanishdek maqsadga erishish uchun eng muhim va asosiy qadam deb hisoblash mumkin. Bu qiziqishni kuchaytiradigan narsa, agar yosh dasturchilar uchun katta mukofot jamgʻarmasiga ega boʻlgan keng miqyosli tanlov boʻlmasa, boshqa nima ham boʻla olardi? Shu sababli, IT-Park, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi koʻmagida Birlashgan Arab Amirliklari bilan birgalikda talabalar orasida Oʻzbekistonda davlat mobil ilovalarini ishlab chiqish boʻyicha birinchi “mGovAward” respublika tanlovi oʻtkazilishini eʼlon qiladi.
Talabalar 5 yoʻnalishda oʻzlarini sinab koʻrishlari mumkin:
- Taʼlim;
- Sogʻliqni saqlash;
- Turizm;
- Transport va logistika;
- Biznes va G2B.
Tanlovning asosiy mezonlari quyidagilar boʻladi: boʻlgʻusi ilovaning samaradorligi, uning innovatsionligi va foydalanishda oddiyligi.
Manfaatli jihatlari:
“mGovAward” tanlovida ishtirokchilar Oʻzbekistondagi mavjud muammolardan birini hal qilishga yordam beradigan mobil ilova yaratishlari kerak boʻladi. Tanlovning mukofot jamgʻarmasi $100,000, shundan:
- $50,000 birinchi oʻringa
- $30,000 ikkinchi oʻringa
- $20,000 uchinchi oʻringa beriladi.
Shuningdek, gʻoliblar Birlashgan Arab Amirliklariga bepul sayohat va IT-Park inkubatsiya dasturida bevosita qatnashish huquqini qoʻlga kiritadilar!
Nomzodlarga qoʻyiladigan asosiy talablar:
1. Tanlovda nafaqat O’zbekiston Respublikasi davlat va xususiy universitetlarining talabalari qatnashishi mumkin.
2. Talabalary yakka tartibda qatnasha olmaydi.
3. Talabalar birdaniga bir necha ilovalar bilan qatnashishlari mumkin.
4. Mobil ilovalar universitet talabalari tomonidan mustaqil ravishda ishlab chiqilishi shart.
5. Barcha yuborilgan hujjatlar mobil ilovaning asosiy xususiyatlari va afzalliklari namoyish etilgan video lavhani o’z ichiga olishi kerak.
6. Universitetlar ular nomidan qatnashgan har bir jamoaga ro’yxatdan o’tish xatini berishlari lozim. Xat (ma’lumotnoma) barcha zarur ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, universitet rahbari yoki mutasaddi xodimi tomonidan imzolangan, universitet muhri bilan tasdiqlangan holda taqdim etilishi zarur.
7. Universitet O’zbekistonda akkreditatsiyadan o’tgan va tan olingan bo’lishi kerak.
8. Har bir talabalar jamoasi kamida 3 nafar a’zolardan tarkib topgan bo’lib, ulardan bir nafari g’oliblikka tavsiya etiladi.
9. Jamoada o’qituvchilar qatnashishi man etiladi.
10. Oliygoh nomidan qatnashadigan jamoalar soni cheklanmagan.
11. Har bir jamoa bir va undan ortiq ilova bilan qatnashishi mumkin.
12. Jamoalar fakultet yoki soha mutaxassislaridan o’zlariga murabbiy tanlash imkoniyatiga ega bo’lishadi.
13. Ro’yxatdan o’tish jarayonida barcha jamoa a’zolari “mGov Award 2019” tanlovi “Katta finali”da foydalanadigan barcha vosita-dasturlarning litsenziya va foydalanish shartlariga rioya qilishlarini imzo bilan tasdiqlab berishadi.
Hujjat topshirish jaryoni va kerakli hujjatlar:
Arizalarni 2020-yil 1-yanvargacha topshirishingiz mumkin. Anketani: shu yerda toʻldiring va tanlov toʻgʻrisidagi toʻliq ma’lumotni oling!
Manba: shu yerda.