Qayerda: Oʻzbekiston
Kim uchun: Oʻzbekiston oliygohlarining 2,3 va 4-bosqich talabalari uchun
Hujjat topshirish muhlati: 2019-yilning 25-sentabrigacha
Umumiy maʼlumot: Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan Oʻzbekiston oliygohlarining 2,3 va 4-bosqichida tahsil olayotgan talabalar uchun «Yil talabasi – 2019» tanlovi eʼlon qilindi. Tanlovga arizalar har bir oliygohdagi fakultet dekanati tomonidan 2019-yilning 10-sentabridan 25-sentabrigacha qabul qilinadi.
Tanlov quyidagi 7 ta nominatsiya boʻyicha boʻlib oʻtadi:
- «Yilning oʻz mutaxassisligi boʻyicha eng bilimdon talabasi»;
- «Yilning eng faol tashabbuskor-targʻibotchi talabasi»;
- «Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi»;
- «Yilning eng faol sportchi talabasi»;
- «Yilning eng faol ijodkor talabasi»;
- «Yilnig eng faol bloger talabasi»;
- «Yilning eng naʼmunali tadbirkor talabasi» (xotin-qizlar uchun).
Tanlov mukofotlari: Tanlovning yakuniy (respublika) bosqichida har bir nominatsiya boʻyicha faxrli 1, 2 va 3-oʻrinni egallaganlar quyidagicha mukofotlanadi:
- 1-oʻrin: Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining diplomi hamda bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravariga teng pul mukofoti;
- 2-oʻrin: Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining diplomi hamda bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravariga teng pul mukofoti;
- 3-oʻrin: Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining diplomi hamda bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravariga teng pul mukofoti.
Nomzodga qoʻyilgan talablar: Ushbu tanlovda Oʻzbektiston oliygohlarida uzluksiz (akademik taʼtilsiz) oʻqib kelayotgan 2, 3 va 4-bosqich talabalari ishtirok etishi mumkin. Oʻzbekistondagi xorijiy oliy taʼlim muassasalari filiallari va harbiy oliy taʼlim muassasalari talabalari mazkur tanlovda ishtirok eta olmaydi.
Hujjat topshirish jarayoni va tanlov bosqichlari: Tanlov uchun arizalar va hujjatlar har bir oliygohdagi fakultet dekanati tomonidan qabul qilinadi. Tanlov ikki bosqichda amalga oshiriladi:
1-bosqich: Har bir oliy taʼlim muassasasining oʻzida ikki turda, yaʼni dastlab har bir fakultet kesimi va keyin fakultetlar kesimida (oliygoh boʻyicha) oʻtkaziladi.
2-bosqich: Respublika miqyosida. Respublika bosqichi Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi.
Tanlov haqidagi batafsil maʼlumotni tanlovning NIZOMIDAN olishingiz mumkin.