Toshkentda joylashgan AQSH elchixonasi Oʻzbekistondagi “American Spaces” bilan hamkorlikda AQSH-Oʻzbekiston hamkorligining 30 yilligi, BMT Ingliz tili kuni va Milliy sheʼriyat oyligini nishonlash maqsadida “Video Poetry” nomli sheʼriyat tanlovini eʼlon qildi.
Oʻz isteʼdodini namoyish etishni istagan kishi oʻzbek yo ingliz tilida sheʼr oʻqib, uni Instagramga qoʻyish orqali ushbu tanlovda ishtirok etishi mumkin. Tanlov 2021-yil 1-apreldan 18-aprelgacha onlayn boʻlib oʻtadi. Oʻzbek yoki ingliz tilidagi sheʼrni eng ifodali oʻqigan kishilar gʻoliblar safidan joy olib, ularga planshet va sheʼriy kitoblar sovgʻa qilinadi hamda ular tanlovga taqdim etgan videolar AQSH elchixonasi va “American Spaces” ijtimoiy tarmoq sahifalarida eʼlon qilinadi.
Tanlov Instagram ijtimoiy tarmogʻida oʻtkaziladi.
Tanlov shartlari:
- Ishtirokchilar oʻzbek yo ingliz tilida sheʼr oʻqib, kichik video (uzunligi bir daqiqadan oshmagan) qilishlari, U.S. Embassy Tashkent sahifasi va American Spaces in Uzbekistan sahifasiga aʼzo boʻlib, kuzatib borishlari, #USUZ30
#Americanspacesinuzbekistan va #Usembassytashkent heshteglarini ishlatib, Instagram tarmogʻiga qoʻyishlari lozim. Tanlovga video taqdim etayotganda uchta heshtegni ham qoʻyishni unutmang. - Oʻqilayotgan sheʼr biror zamonaviy va yo klassik amerikalik shoir qalamiga mansub boʻlib, u inglizcha (asliyat) va yo oʻzbekcha tarjima sheʼr boʻlmogʻi lozim.
- Har bir ishtirokchi koʻpi bilan ikkita sheʼr yuborishi mumkin.
- Tanlovga video taqdim etishning oxirgi muddati: 18-aprel 2021-yil.
- Tanlovda ishtirok etish yoshi chegaralanmagan, unda hamma qatnashishi mumkin.
- Tanlov Oʻzbekiston vatandoshlari uchun.
Gʻoliblar quyidagi mezonlarga qarab tanlab olinadi:
- Sheʼrning ifodali, obrazli oʻqilgani
- Ijodkorlik bilan yondashilganligi
- Video chiroyli olingani (goʻzal fon, tiniqlik va h.)
- Texnik jihatdan sifati
Hakamlar yuqoridagilarni inobatga olgan holda ikki nafar mutlaq gʻolibni tanlab oladi: bitta oʻzbek va bitta ingliz tilida. Gʻoliblar 23-aprel – Ingliz tili kunida AQSH elchixonasi va “American Spaces” ijtimoiy tarmoq sahifalarida eʼlon qilinadi.
- 1-18-aprel – Tanlov kunlari. Ishtirokchilar shu vaqt oraligʻida Instagram tarmogʻiga videolar qoʻyadilar.
- 18-22-aprel – Hakamlar gʻoliblarni aniqlaydilar.
- 23-aprel – Gʻoliblarni eʼlon qilish hamda videolarni AQSH elchixonasi va “American Spaces” ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga qoʻyish.