Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi Oʻzbekiston talabalariga 2020-2021-yilgi grant dasturi uchun tanlov boshlanganligini eʼlon qiladi. Tanlov natijalariga koʻra, gʻoliblar aniqlanadi va ular oʻzlari xohlagan OTMda bir oʻquv yil davomida tahsil olish uchun grantni qoʻlga kiritadilar. Mazkur tanlovda bakalavr va magistratura darajasidagi talabalar qatnashishi mumkin.
Grant daʼvogarligi uchun quyidagi ustuvor yoʻnalishlar:
- Madaniyat va sanʼat sohasidagi menejment
- Madaniyat obyektlarni tiklash va saqlash
- Arxitektura
- Madaniy turizm
- Grafika dizayni
- Tasviriy sanʼat
- Muzeyshunoslik
- Xoreografiya
Saralash bosqichi:
- Jamgʻarma grant dasturida ishtirok etish uchun 2020-yilning 20-sentabriga qadar ariza topshirish. Arizani SHU YERDA topshiring. Ariza topshira olish uchun Gmailʼga ega boʻlish kerak.
- Birinchi bosqich natijalariga koʻra anketalar tanlangan ishtirokchilar bilan suhbatlar oʻtkaziladi.
Nomzodlarni saralash mezonlari:
- oʻqishdagi yutuqlari
- ilmiy-tadqiqot ishlari;
- umumiy bilim-koʻnikmalari;
- tahliliy koʻnikmalar
- tashkilotchilik qobiliyatlari;
- rivojlanishdagi motivatsiyasi;
- ijtimoiy faollik;
- tanlangan mutaxassislikning ahamiyati va afzalliklari va uning mamlakatda madaniyat va sanʼat sohasini rivojlantirishdagi rolidan xabardorligi.
Nomzodlar uchun umumiy shartlar:
- Tanlov qatnashchisi ariza berish paytida Oʻzbekiston Respublikasidagi OTMning talabasi boʻlishi shart;
- Tanlovda I kurs talabalari qatnashishi mumkin emas;
- Musobaqa ishtirokchilari bir vaqtning oʻzida bir nechta grant dasturlarida ishtirok etib gʻolib boʻlolmaydilar;
- Avvalgi yillarda ushbu grant dasturining gʻoliblari dasturda yana qayta qatnasha olmaydilar;
- Jamgʻarma nomzod taqdim etgan hujjatlarda notoʻgʻri maʼlumotlar aniqlangan taqdirda, tanlov natijalarini istalgan bosqichda bekor qilish huquqini oʻzida saqlab qoladi;
- Tegishli maʼlumotni (bakalavr / magistr) olgandan soʻng, uch oy davomida grant dasturining gʻolibi Jamgʻarmaning stipendiya komissiyasining qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tasarrufidagi muassasalarga ishga qabul qilinadi. Ish staji muddati: kamida bir yil.
Tanlovning umumiy jadvali:
- arizalarni qabul qilish soʻngi muddati — 2020-yil 20-sentabrigacha
- birinchi bosqich arizalarni koʻrib chiqish — 2020-yil 30-sentyabrgacha
- birinchi bosqich yakuni boʻyicha natijalar eʼlon qilishi — 2020-yil 1-oktyabrgacha
- intervyu — 2020-yil 5-oktyabrgacha
- tanlov natijalarini sarhisob qilish — 2020-yil 8-oktyabr
- gʻoliblarni eʼlon qilish — 2020-yil 11-oktyabr
Tanlov natijalari eʼlon qilinganidan keyin 10 ish kuni ichida gʻoliblar bilan shartnoma tuziladi. Yillik shartnoma miqdoriga teng grant 2020-yil 10-noyabrgacha talaba tahsil olayotgan OTMning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Savollar yuzasidan murojaat:
Email: info@acdf.uz
Telefon: +998 71 207 40 80, dushanba-juma 9:00 dan 18:00 gacha qoʻngʻiroq qilish mumkin.