UNIVERSITET HAQIDA
Janubiy Koreyaning poytaxti Seul shahrida joylashgan Seul milliy universiteti (SNU) 1946-yil tashkil etilgan boʻlib, hozirda ushbu universitetda 28 mingga yaqin talaba tahsil oladi. 2021-yil oktabr oyi holatiga koʻra, Seul milliy universiteti nufuzi boʻyicha Janubiy Koreyada 1-oʻrinni, dunyo boʻyicha esa 36-oʻrinni egallab turibdi (QS retinggiga koʻra).
Universitet talabalarga 80 dan ortiq bakalavriat dasturlari va 100 ga yaqin magistratura hamda doktorantura dasturlarini taklif etadi. Nomzodlar SNUda ingliz yoki koreys tilida oʻqishlari mumkin. Magistratura va doktorantura dasturlariga ariza topshirishda kamida IELTS 6.0 / TOEFL iBT 80 (ingliz tilida oʻqilsa) yoki TOPIK 3 (koreys tilida oʻqilsa) sertifikati talab etiladi (2021-yil oktabr oyi holatiga koʻra).
Magistraturada oʻqish odatda 2 yil (4 semestr), doktoranturada esa 2-3 yil (4-6 semestr) davom etadi.
SNU GRANTLARI
SNUdagi magistratura va doktorantura (PhD) dasturlariga ariza topshirayotgan nomzodlarga turli miqdor va shakldagi bir qancha grantlar taklif etadi. Quyida ularni alohida koʻrib chiqamiz.
1. Graduate Scholarship for Excellent Foreign Students (GSFS):
- Kim uchun: Yaponiya va Xitoy fuqarolaridan boshqa barcha davlat fuqarolari belgilangan magistrlik dasturlaridan birida oʻqish uchun ushbu grantga ariza topshira oladi. Grant beriladigan dasturlar qabul semestriga qarab farq qilishi mumkin, grant ajratiladigan dasturlar roʻyxati har semestrda eʼlon qilinadi.
- Grantlar soni: taxminan 20 ta.
- Grant imkoniyatlari: maksimal 4 semestr davomida kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi va oyiga 500 000 vongacha (taxmnan 430 AQSH dollari) stipendiya beriladi. Stipendiya miqdori tanlangan mutaxassislikka qarab biroz farq qiladi.
- Ariza topshirish davri: ushbu grantga xalqaro talabalardan har semestrda arizalar qabul qilinadi.
- Saralash jarayoni: SNUdagi magistrlik kurslaridan biriga ariza topshiriladi → SNU Xalaro aloqalar boʻlimiga grant arizasi topshiriladi → Qabul hujjatlari asosida munosib nomzodlar saralab olinadi → Grant natijalari eʼlon qilinadi.
- Ushbu grantga masʼul SNU boʻlimi kontaktlari: 82-2-880-2519, intlscholarship@snu.ac.kr.
2. Silk-Road Scholarship:
- Kim uchun: Buyuk Ipak yoʻli mintaqasida joylashgan mamlakatlardan boʻlgan hamda gumanitar yoki ijtimoiy fanlar, shu jumladan, koreys tili, tarixi, siyosati va iqtisodini oʻrganish uchun magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar ariza topshira oladi.
- Grantlar soni: 5 ta.
- Grant imkoniyatlari: maksimal 4 semestrgacha kontrakt toʻlovidan ozod qiladi, koreys tili kursi toʻlovi 100% qoplanadi, 4 semestr davomida maksimal 600 000 von (taxminan 512 dollar) oylik stipendiya va Koreyaga borish-kelish uchun maksimal 1 million von (taxminan 854 dollar) mablagʻ beriladi.
- Ariza topshirish davri: har yili kuzgi semestrga qabul vaqtida ushbu grantga ariza topshirish mumkin.
- Saralash jarayoni: SNUdagi tegishli magistrlik kurslaridan biriga ariza topshiriladi → SNU Xalaro aloqalar boʻlimiga grant arizasi topshiriladi → Qabul hujjatlari asosida munosib nomzodlar saralab olinadi → Grant natijalari eʼlon qilinadi.
- Ushbu grantga masʼul SNU boʻlimi kontaktlari: 82-2-880-2519, intlscholarship@snu.ac.kr.
3. Korean Government Scholarship Program (KGSP/GKS):
- Kim uchun: SNUdagi magistratura yoki doktorantura (PhD) dasturlariga hujjat topshiruvchi xorijiy talabalar ushbu grantga ariza topshira oladi.
- Grantlar soni: Har yili taxminan 40-60 nafar talabaga grant ajratiladi.
- Grant imkoniyatlari:
– Magistratura va PhD dasturida oʻqish puli (kontrakt summasi) toʻliq qoplanadi.
– Oyiga 1 million von (taxminan 854 dollar) stipendiya.
– Koreyaga borish-kelish uchun aviachipta olib beriladi (ekonom klass).
– 1 yillik koreys tili kursi toʻlovi 100% qoplanadi. TOPIK 3 darajasiga ega boʻlmagan nomzodlar uchun ushbu koreys tili kursida qatnashish majburiy.
– Tibbiy sugʻurta, tadqiqot, dissertatsiya chop etish, borganda joylashib olish va qaytish xarajatlari qoplanadi. - Ariza topshirish davri: har yili fevral oyi boshlarida arizalar qabuli boshlanadi.
- Saralash jarayoni: Nomzodlar ushbu grantga ariza topshirishda 2 usuldan birini tanlashi mumkin:
– Universitet tavsiyasi dasturi: Nomzod hujjatlarni SNUga topshiradi → Xalqaro taʼlim boʻyicha milliy institut gʻoliblarni saralaydi.
– Elchixona tavsiyasi dasturi: Nomzod hujjatlarni oʻz davlatidagi Koreya elchixonasiga (oʻzbekistonliklar Oʻzbekistondagi Koreya taʼlim markaziga) topshiradi → Xalqaro taʼlim boʻyicha milliy institut gʻoliblarni saralaydi. - Ushbu grantga masʼul SNU boʻlimi kontaktlari: 82-2-880-6971, snuadmit2@snu.ac.kr
SNUdagi magistratura va doktorantura grantlari haqida BU YERDA batafsil tanishing.
Xalqaro talabalar SNUda oʻqish uchun bahorgi yoki kuzgi semestrda boshlanadigan dasturlarga ariza topshirishlari mumkin. Arizalar qabuli deyarli 1 yil oldin boshlanadi. Masalan, 2022-yil bahorgi semestrda boshlanadigan magistratura va doktorantura dasturlariga arizalar 2021-yil 5-iyulda qabul qilina boshlagan. Arizalar onlayn tarzda qabul qilinadi.
Shuni aʼlohida taʼkidlash joziki, onlayn tarzda ariza topshirish uchun nihoyatda kam muddat beriladi. Masalan, 2022-yil bahorgi semestrda boshlanadigan magistratura va doktorantura dasturlariga arizalar 2021-yil 5-iyuldan 16-iyulgacha qabul qilingan. Shu sababli, SNUdagi magistratura yoki doktorantura dasturida oʻqimoqchi boʻlganlar oldindan yoʻnalish (dastur) tanlab, hujjatlarini oldindan tayyorlab borishi lozim.
Qabul talablari, kerakli hujjatlar roʻyxati, ariza topshirish jarayoni va qabulga oid boshqa maʼlumotlar bilan BU YERDA tanishishingiz mumkin.
Magistratura hamda doktorantura dasturlari (yoʻnalishlari)ni BU YERDAN topasiz.