Finlyandiya oliy taʼlim tizimi
Finlyandiyada oliy taʼlim tizimi boshlangʻich oliy taʼlim (bakalavriat) va oliy taʼlim (magistratura), oliy taʼlimdan keyingi taʼlim sifatida aspirantura (lisensiaatti)) doktorantura (tohtori)ga boʻlinadi. Hozirgi kunda mamlakatda Taʼlim va madaniyat vazirligi tasarrufiga kiruvchi 23 ta politexnika instituti 14 ta universitet, Finlyandiya Akademiyasi, Milliy Arxiv va Finlyandiya Tillar Markazi, shuningdek, Kutubxona Fondi mavjud. Mamlakatning oliygohlari ARWU va QS reytinglarida dastlabki 500 talikka kiradi (Xelsinki Universiteti 2018 yil boʻyicha 102-oʻrinda). PISA tashkiloti reytingiga koʻra esa, dunyo boʻyicha taʼlim sifati birinchi oʻrinda turgan davlat hisoblanadi.
Boshlangʻich oliy taʼlim (bakalavriat): 3 yil, bitiruvchiga kandidaatin tutkinto (kandidatlik) darajasi;
Oliy taʼlim (magistratura): 2 yil, bitiruvchiga ylempi korkeakoulututkinto yoki maisterin tutkinto (barcha OOʻYularda darajalar turlicha nomlanishi mumkin, masalan, texnika sohasi magistriga diplomi-insinööri beriladi);
Litsensiat (aspirantura): toʻliqsiz doktorantura, yoki doktoranturaning birinchi bosiqchi – 2 yil, bitiruvchiga lisensiaatti (fan nomzodi);
Doktorantura: 4 yil, himoyadan soʻng tohtori (doktor) darajalari beriladi.
Finlyandiya taʼlimi Bolonya jarayoni (kredit-modul tizimi)ga asoslanib olib boriladi, kandidatlik (bakalavriat) uchun 3 yilda umumiy 180 kredit yigʻish lozim. Bakalavrni tamomlagan barcha mutaxassisga ham tor doirada ishlash uchun diplom berilmasligi mumkin. Masalan, gumanitar va ijtimoiy sohani tamomlagan mutaxassis muharrir, menejer kabi kasb egasi sifatida faoliyat yuritishga haqli hisoblanadi. *Bakalavriatda oʻqish va unga qoʻyiladigan talablar haqida: BATAFSIL tanishing.
Magistratura uchun esa 2 yilda 120 kredit toʻplash kerak. Meditsina oliygohlarida bu muddat odatdagidan farq qilishi mumkin. *Magistraturada oʻqish haqida toʻliq maʼlumot: SHU YERDA;
Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimning birinchi, yaʼni toʻliqsiz bosqichi litsensiat (aspirantura) boʻlib, 2 yil davom etadi. Odatda aspirant kamida 60 kredit yigʻishi kerak. *Bu haqida toʻliq: SHU YERDA oʻqing.
Doktorantura uchun esa litsensiatdan keyin yana 2 yil oʻqish kerak. Umumiy 4 yil uchun yigʻiladigan kreditlar miqdori 240 ni tashkil etadi. Doktoranturaga kirish uchun Finlyandiya universitetlarida yagona talab yoʻq. Shuning uchun, bu haqida, yaxshisi oliygohning oʻzidan aniqlashtirgan maqsadga muvofiq. *Doktoranturaga kirish va oʻqish haqida toʻliq maʼlumot: SHU YERDA.
Qancha?
Finlyandiyada 2016 yilgacha barcha uchun oʻqish bepul boʻlgan. Lekin, 2017 yildan boshlab, bu qoida bekor qilindi hamda mamlakat Yevropa Ittifoqi tarkibiga kirmaydigan davlatlarning fuqarolari boʻlgan chet ellik talabalar uchun universitet/institutlarda oʻqish haqini minimal 1500 yevro qilib belgiladi. Shu bilan birga, fin yoki shved tilini biladigan barcha uchun oʻqish tekin. Ammo fin tili oʻrganish juda qiyin boʻlgan tillardan biri hisoblanadi va uni oʻrganish va erkin gaplasha olish uchun uzoq vaqt va mashaqqatli mehnat zarur. Mamlakatning eng nufuzli koʻp profilli oliygohlari:
- Aalto University
- Abo Akademi University
- Hanken School of Economics
- Lappeenranta University of Technology
- Tampere University of Technology
- University of Eastern Finland
- University of Helsinki
- University of Jyväskylä
- University of Lapland
- University of Oulu
- University of Tampere
- University of Turku
- University of Vaasa
- University of the Arts Helsinki (2013 yilda Sibelius Akatemia, Teatterikorkeakoulu va Kuvataideakatemialarni oʻzida birlashtirgan) kabilardir.
*Finlyandiyaning universitetlari tarkibiga ayrim institutlar kiradi. Universitetlar va politexnika institutlari haqidagi toʻliq maʼlumot SHU YERDA.
Agar Siz oʻqish oʻchun taʼlim ingliz tilida olib boriladigan universitetlardab birini tanlagan boʻlsangiz, unda oʻqish haqi tanlangan yoʻnalish va universitetga qarab taxminan 4000 dan 18 000 yevrogacha narxlanadi (2018 yil uchun).
Fin tilini qayerda oʻrganamiz?
Mamlakat fin tilini oʻrganishni istagan chet ellik talabalar uchun til kurslarini tashkil etgan. Bu kurslar institut/universitetlar qoshida ochilgan va butunlay tekin.
Qanday hujjatlar topshiriladi?
Finlyandiyaning universitetlariga hujjat topshirish yanvar-fevral oylari (2019 yil uchun onlayn ariza topshirish 9-23 yanvargacha) davom etadi. Avval Siz istagan mutaxassislik boʻyicha dasturni aniqlash lozim. Oʻzingizga maʼqul dasturni tanlash: SHU YERDA.
Hujjatlar uchun umumiy tarkib taxminan quyidagicha:
- Attestat, kollej, litsey, bakalavr yoki magistr diplomi;
- Baholar yozilgan ilova;
- Har ikkala hujjatning ingliz tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan nusxasi;
- IELTS yoki TOEFL sertifikati;
- Yevropa Ittifoqiga kirmaydigan davlatlar (Oʻzbekiston kirmaydi) abituriyentlari uchun roʻyxatdan oʻtish badali – 100 yevro.
- Esse yoki motivatsion xat (agar universitet talab qilsa).
- Hujjatlar elektron variantda universitetning elektron pochtasiga joʻnatiladi.
Bir vaqtning 4 ta universitetga hujjat topshirish mumkin. Imtihon natijalari oʻtish ballari nisbatiga koʻra tanlangan 4 universitetning biriga qabul qilinish imkoniyatini beradi.
Koʻp hollarda qoʻshimcha imtihon topshirish yoki suhbatdan oʻtish lozim boʻladi. Tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarni elektron pochta orqali taklif qilinadilar. Oʻqishga qabul qilingan yoki yoʻqligi haqidagi maʼlumotni ham elektron pochtaga yuboradilar.
*Imtihonga tayyorlanish uchun manba: SHU YERDA.
*Muhim! Imtihonlarni Finlyandiyaga bormasdan topshirish imkoni bor. Buning uchun dunyoning 12 davlatida joylashgan onlayn imtihon qabul qiluvchi FINNIPS (Xalqaro dasturlar Fin tarmogʻi) markazlaridan biriga murojaat qilish lozim. Oʻzbekistonda bunday markaz mavjud emas, ammo Qozogʻiston va Rossiyada tashkil etilgan. FINNIPS hamda 2019 yil uchun imtihonlar sanalari, sinov haqidagi maʼlumotlar bilan toʻliq SHU YERDA tanishing.
*Topshiriladigan hujjatlarni tanlagan universitetingizdan aniqlashtiring.
Kirish imtihonlari:
Hujjat topshirish kabi, imtihonlar ham farqli. Tekin oʻqishni istagan chet ellik, jumladan oʻzbekistonlik abituriyentlar uchun albatta, fin tilini bilish darajasi tekshiriladi. Barcha imtihonlar Siz tanlagan (ingliz, shved yoki fin) tilda topshiriladi. Odatda imtihonlar mart-aprel oylarida boʻlib oʻtadi. *Imtihonlarni tanlagan universitetingizdan aniqlashtiring.
Stipendiya bormi?
Finlyandiya davlati universitetlari barcha talabalar uchun stipendiyalar dasturlarini taklif etadi. Bu haqida oliygohlarning rasmiy saytlarida tanishish mumkin. Shuningdek, xalqaro stipendiya dasturlari ham mavjud:
- Doktorantlar uchun stipendiya toʻlanadigan dasturlar: BATAFSIL;
- Bakalavriat talabalari uchun xalqaro stipendiya dasturlari (ichidan oʻzbekistonliklar uchun qulayini tanlash kerak): BATAFSIL;
- Magistratura talabalari uchun xalqaro stipendiya dasturlari. Stipendiya haqida batafsil SHU YERDA tanishing;
- PhD uchun stpendiyalar: BATAFSIL;
- Kela tashkiloti tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy yordam. Bunda Siz 4 oy davomida darsdan tashqari haftasiga 18 soatdan kam boʻlmagan muddatda ishlayotgan boʻlsangiz, oyiga 1000 yevro hajmida moliyaviy yordam olishingiz mumkin boʻladi. Shuningdek, yashash, ovqatlanish uchun, yolgʻiz onalar, nogiron va boshqa imkoniyati cheklanganlar uchun ham yordam olish imkoni bor. Qanday qilib hujjat topshirish haqida: BATAFSIL;
- Erasmus Mundus stipendiyalari: BATAFSIL.
Oʻqish mobaynida ishlash mumkinmi?
Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʻlmagan davlat vakili sifatida oʻzbekistonlik talabalar oʻqish davrida haftasiga 25 soatgacha ishlashlariga ruxsat beriladi. Finlyandiyadagi deyarli barcha universitetlar rasmiy saytlarida talabalarni ish bilan taʼminlashga oid sahifalar joylashtirganlar. Agar universitetdan tashqarida ishlashni istamasangiz, oliygohning ish bilan taʼminlash xizmatiga, boshqa joyda ishlashni xohlasangiz Finlyandiya immigratsiya xizmatiga murojaat qiling.
Yashash va viza xarajatlari qancha?
2018-yil boʻyicha toʻplangan maʼlumotlarga koʻra (oyiga):
Turar joy. 248,7-332,1 yevro;
Oziq-ovqat: 195-389 yevro;
Talabalar uyushmasiga aʼzolik badali: 80-100 yevro;
Transport. 41-165 yevro;
Internet va telefon: 47-63,3 yevro;
Kiyim-kechak: 24,7-91,4 yevro;
Madaniyat, sport va hk.: 27,4-106,3 yevro, bundan tashqari ijaraga olinadigan oʻquv anjomlari va boshqa xarajatlar uchun talaba oyiga oʻrtacha 700—900 yevro sarflaydi. Yashash xarajatlari haqida batafsil SHU YERDA tanishing. Shuningdek, KELA tashkiloti tomonidan ovqatlanish (talabalar restoranlarida bir kunda bir marta 1,94 yevro miqdorida chegirma bilan), yotoqxona uchun ajratilgan imtiyozlarga ega boʻlish mumkin.
*Maʼlumotlar 2018 yil uchun taxminan berilgan hamda valyuta kursi va muddatga qarab oʻzgarishi mumkin.
Viza xarajatlari. Finlyandiyaga imtihon torshirishga kelmoqchi boʻlsangiz, sayohatchilar uchun viza olish kerak. Oʻqishga kirgandan keyin esa, yashash uchun. Bu ikki xil hujjat va rasmiylashtirish tartibi ham turlicha. Viza haqida maʼlumotlar:
A) Shengen vizasini Oʻzbekistondagi Germaniya elchixonasidan olish mumkin. Manzil: Toshkent shahri, Sharof Rashidov koʻchasi 15-uy; Telefon: (+998 71) 120-84-40; Muddat: 10 ish kuni; Toʻlov: 60 yevro. Vizani rasmiylashtirish uchun kerakli hujjatlar: SHU YERDA va SHU YERDA.
B)Oʻqishga ketayotganda esa, vizani rasmiylashtirish uchun Finlyandiya hukumatiga murojaat qilish kerak. Talabalik vizasi “B” toifa bilan belgilanadi. Shuningdek, yana quyidagi maʼlumotlarni taqdim etish lozim:
- Toʻldirilgan va imzo chekilgan anketa;
- Amaldagi zagranpasport;
- Universitet/institutdan oʻqishga qabul qilinganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma (fin, shved va ingliz tiliga tarjima qilingan);
- 2 dona 47×36 mm formatdagi fotosurat (koʻpi bilan 6 oy muddat ichida olingan);
- Maʼlumotga egalik (universitetga kirgunga qadar) haqidagi hujjat (diplom, attestat);
- 2 yildan kam boʻlgan oʻqish uchun 30 ming yevrolik sugʻurta polisi, ilmiy-tadqiqot bilan shugʻullanuvchi talabgorlarga 2 yildan koʻp muddat uchun 100 ming yevrolik sugʻurta polisi;
- Talabadan bank hisob raqamida kamida 6720 yevro boʻlishi talab etiladi. Bu bir yil davomida talabaning oylik xarajatlarini qoplash uchun zarur summa hisoblanadi.