Nima uchun Italiya?
Italiyada nafaqat Yevropa, balki butun dunyoda eng qadimgi hisoblangan oliygohlar joylashgan. Bugungi kunda 60 ta davlat tasarrufidagi, 17 ta xususiy, 11 ta telematik universitet, 6 ta Oliy maktab mavjud. Jahondagi Bolonya baholash tizimi mamlakatning Bolonya universitetida ishlab chiqilgan.
Italiyada oʻqish bir vaqtning oʻzida Yevropa Uygʻonish davri madaniyati, arxitekturasi bilan tanishish, italyan tilini oʻrganish imkonini beradi.
Italiya oliy taʼlim tizimi
Italiyada oliy taʼlim bakalavriat, magistratura hamda doktoranturaga boʻlinadi.
Bakalavriat: 3 yil;
Magistratura: 1-2yil;
Doktorantura: 3-5 yil.
Italiya Bolonya jarayoni (kredit-modul tizimi) aʼzosi. 3 yillik bakalavriat uchun umumiy – 180 kredit yigʻish lozim. Magistratura uchun 1 yilga 60, 2 yilga 120 kredit toʻplash kerak. Doktorantura uchun 3 yillik dasturga 180 kredit yigʻiladi.
Ammo baholash 30 ballik tizimda amalga oshiriladi.
Qancha?
Italiyada 2018-yilning 19-noyabr holatiga koʻra davlat tasarrufidagi oliygohlarda Yevropa Ittifoqiga kirmaydigan talabalar (yurtimiz vakillari uchun ham) yiliga taxminan 1500 yevrodan 12 ming yevrogacha toʻlab oʻqiydi. Shuningdek, mutlaqo tekin boʻlgan Scuola Normale Superiore di Pisa va Scuola Superiore SantʻAnna oliygohlari (bu muassasalar talabalarga oyiga taxminan 1000 yevro, doktorantlarga yiliga 17 ming yevro atrofida stipendiya toʻlaydi, tekin turar joy, ovqatlanish kabi barcha sarf-xarajatlarni toʻliq qoplaydi) mavjud. Mamlakatning eng nufuzli 20 ta oliygohi:
- Università di Torino;
- Politecnico di Torino;
- Università Bocconi;
- Università Statale di Milano;
- Politecnico di Milano;
- Università di Padova;
- Università di Trento;
- Università di Trieste;
- Università di Genova;
- Università di Pavia;
- Università di Modena e Reggio Emilia;
- Università di Bologna;
- Università di Pisa;
- Scuola Normale Superiore di Pisa;
- Università di Firenze;
- Università di Siena;
- Università di Perugia;
- Università La Sapienza di Roma;
- Università di Roma Tor Vergata;
- Università Federico ii di Napoli.
Qanday hujjatlar topshiriladi?
**Bolonya universiteti misolida
1) Dastlab istagan mutaxassisligingiz boʻyicha dasturni aniqlash lozim. Oʻzingizga maʼqul (bakalavriat) dasturni tanlash: SHU YERDA. (Butun Italiyada dasturlar: SHU YERDA);
2) Barcha Italiya oliy oʻquv yurtlari Sizdan attestat/diplomingizni tasdiqlatishni talab qiladi. Masalan, Bolonya universitetida diplomingizni tasdiqlatish uchun: SHU YERGA murojaat qilasiz.
3) MIUR onlayn bazasidan kvota bor-yoʻqligi haqida maʼlumot olasiz: SHU YERDA (Bolonya universiteti chet ellik talabalar uchun cheklangan kvotalar eʼlon qiladi).
4) Taxminiy registratsiya uchun MANA BU (A shakl) shaklni toʻldirib, Oʻzbekistondagi Italiya elchixonasi/konsulligiga olib boriladi. Ammo roʻyxatdan oʻtishni yakunlash uchun universitet tomonidan koʻrsatilgan boshqa amallarni ham bajarish lozim;
5) Dedlayn: SHU YERDA eʼlon qilinadi (2018-2019-oʻquv yili uchun 19-fevral 2018 yildan 24-iyul 2018 yilgacha boʻlgan.)
6) Italiya elchixonasi/konsulligiga taqdim etiladigan hujjatlar:
- taxminiy roʻyxatdan oʻtish uchun ariza (A shakl) toʻldirilgan holatda;
- til bilish darajasi sertifikati;
- 2 dona pasport formatidagi fotosurat;
- viza rasmiylashtirish uchun zaruriy hujjatlar;
- tibbiy sugʻurta maʼlumotnomasi.
7) Italiya elchixonasi/konsulligidan olinadigan hujjatlar:
- autentifikatsiya qilingan fotokarta formati;
- oʻqish uchun viza – universitetga registratsiya;
- tibbiy sugʻurta (muhr qoʻyilgan);
- agar chet elda ilmiy daraja olgan boʻlsangiz, shunga tegishli hujjatlar: SHU YERDA va SHU YERDA;
- moliyaviy yordam uchun 2018 yil boʻyicha oilangizning moliyaviy taʼminlanganligi haqida hujjat (ISEE) taqdim etish lozim (avvalgi yil uchun talab qilingan hujjatlar: SHU YERDA).
8) Uzoq muddatli viza (vid na jitelstvo). Italiyaga kelganiga 8 kun toʻlganda uzoq muddatli viza uchun ariza topshirish kerak. Italyan tilidagi dasturga oʻqishga qabul qilinganlar uchun viza maʼlumotlari: SHU YERDA.
9) Toʻliq ingliz tilidagi dasturga oʻqishga qabul qilinganlar italyan tilidan imtihon topshirmaydi. Boshqa hollarda italyan tili imtihonidan oʻtish yoki tegishli darajadagi CLIQ (CEFR B2) sertifikatini taqdim etish lozim.
10) Qabul kvotasiga kirmay qolgan yoki talablarga toʻliq javob berolmagan nomzodlar (italyan tilida imtihon topshirganda) boshqa kurslarga qayta taqsimlash masalasida murojaat qilishga haqli. Maʼlumot: SHU YERDA.
*Muhim: Italiyada oʻrta taʼlim 12 yillik. 9 yillik attestatga kollej/litsey diplomi, 11 yillik attestatga kamida 1 yil oʻqiganlik haqidagi hujjat qoʻshimcha tarzda talab qilinishi mumkin.
*Barcha hujjatlar haqidagi toʻliq maʼlumotni tanlagan universitetingizga bogʻlab aniqlashtiring.
**Maʼlumotlar 2018 yil boʻyicha Bolonya universiteti misolida olindi va kelgusi oʻquv yili uchun qisman oʻzgarishi mumkin. Butun Italiya universitetlari uchun qabul hujjatlari: SHU YERDA.
Imtiyozlar va stipendiyalar*
Quyidagi talabalar oʻqish toʻlovidan ozod qilinadilar:
- Oʻrta maktabni 100 foizli natija bilan tamomlagan talaba birinchi oʻquv yilida oʻqish pulini toʻlamaydi (bir yilda bir marta toʻlanadigan hududiy badal, sugʻurta, gerb toʻlovi 157, 64 yevrodan tashqari): BATAFSIL;
- Ikkinchi kurs dasturiga oʻqishga qabul qilingan va 110 dan 110 natija koʻrsatganlar (bir yilda bir marta toʻlanadigan hududiy badal, sugʻurta, gerb toʻlovi 157, 64 yevrodan tashqari);
Boshqa imtiyozlar:
- Unibo Action 2 – bir yilga 11 ming yevro toʻlaydi;
- Unibo Action 1 – oʻqish toʻlovidan ozod etiladi: BATAFSIL.
- Imkoniyati cheklangan talabalar;
- Imkoniyati cheklanganlik nafaqasi oladigan talabalar;
- Joriy oʻquv yilida ota/ona boʻladigan talabalar;
- Ota/ona yoki yaqin qarindoshlari vafoti/kasalligi kabi ogʻir vaziyatdagi talabalarga moliyaviy yordam koʻrsatiladi: BATAFSIL;
Grantlar va stipendiyalar:
- Collegio Superiore;
- China Association College;
- ISA – Institute of Advanced Studies proposals;
- GO;
- Grants for international students and Italian students (IRE) awarded by the Italian Government (MAECI).
Pulli mukofot, stipendiya va tanlovlar haqida toʻliq maʼlumot: SHU YERDA.
*Maʼlumotlar 2018 yil boʻyicha Bolonya universiteti misolida olindi.
Italyan tilini qayerda oʻrganish mumkin?
Italyan tilini:
- Chet ellik talabalar uchun Bolonya universiteti italyan tili kurslari;
- ONLINE ICON italyan tili kurslari;
- ILUSS;
- FLUENT IN;
- Duolingo.comda onlayn oʻrganishingiz mumkin.
Kirish imtihonlari:
Italiya universitetlari dasturlari uchun kirish imtihonlari turlicha. Ayrim magistratura dasturlarga Cisia Test On Line (TOLC) dan oʻtib kirish mumkin. Barcha imtihonlar Siz tanlagan (italyan yoki ingliz) tilida oʻtkaziladi. Deyarli barcha hollarda (agar toʻliq ingliz tilidagi dasturni tanlamagan boʻlsangiz) tegishli darajadagi italyan tilini egallaganlik talab etiladi.
*Imtihonlarni tanlagan universitetingizdan aniqlashtiring.
Oʻqish mobaynida ishlash mumkinmi?
Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʻlmagan davlat vakili sifatida oʻzbekistonlik talabalar oʻqish davrida haftasiga 25 soatgcha ishlashlariga ruxsat beriladi. Mehnat haqi soatiga taxminan 4-7 yevro. Ayrim universitetlar talabalar uchun yordam sifatida ish bilan taʼminlash boʻyicha maʼlumotlarni oʻz rasmiy saytlariga joylashtiradilar. Masalan, Bolonya universiteti talabasi ishlashni xohlasa Bololya Universiteti ish bilan taʼminlash saytiga murojaat qila oladi.
Yashash va viza xarajatlari qancha?
Turar joy: 310-500 yevro (Turar joy tanlangan shaharga qarab farq qiladi, masalan, Milan, Rim va Venetsiyada yashash boshqa joylarga nisbatan qimmatroq);
Oziq-ovqat: 350 yevro. Ammo universitetlar talabalar uchun chegirma amal qiladigan oshxona-restoranlarni taklif etadilar;
Talabalar yilda bir marta toʻlaydigan badal (yer soligʻi, gerb va sugʻurta uchun): 157,64 yevro (Bolonya Universiteti misolida);
Transport: 25-30 yevro (yoʻl chiptasi narxi);
Oʻquv anjomlari: 20-30 yevro;
Madaniyat, sport va hk.: 200 yevro, bundan tashqari boshqa xarajatlar, uyali aloqa va internet uchun, hammasi boʻlib talaba oyiga oʻrtacha 1100-1200 yevro sarflaydi.
*Maʼlumotlar 2018 yil uchun taxminan berilgan hamda valyuta kursi va muddatga qarab oʻzgarishi mumkin.
Viza xarajatlari. Imtihon topshirishga borish uchun sayohatchilar shengen vizasini olish kerak. Oʻqish davri uchun talabalik vizasini rasmiylashtiriladi. 3 oylik Shengen vizasi va uzoq muddatli talabalik vizasi olishga yurtimizdagi Italiya elchixonasiga murojaat qilinadi; manzil: 100031 Tashkent Yusuf Xos Xojib koʻchasi 40; telefon: (+99871)2521119, (+99871)2521120; faks: (+99871)1206606; elektron pochta: consolare.tashkent@esteri.it; rasmiy sayt: https://ambtashkent.esteri.it/ ambasciata_tashkent/ru/.
Viza uchun kerakli hujjatlar roʻyxati: SHU YERDA.
Viza xarajatlari taxminan (har biri) 50 yevroni tashkil etadi.