×

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi BAAda 6 oylik mavsumiy ishlarda boʻsh ish oʻrinlarini eʼlon qildi


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

7401 marta

CHOP ETILGAN

04.10.2021

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Birlashgan Arab Amirliklarida 6 oylik mavsumiy ishlarda boʻsh ish oʻrinlari taklif etilayotganini maʼlum qildi.

Quyidagi sohalarga boʻsh ish oʻrinlari taklif etilmoqda:

  • supervisor (jamoa boshligʻi);
  • oshpaz;
  • oshpaz yordamchisi;
  • mevalarni teruvchi, tashuvchi va qadoqlovchi.

Nomzodlardan quyidagilar talab etiladi:

  • 20-45 yoshda boʻlishi;
  • ingliz tilini bilishi (jamoa boshliqlari uchun);
  • xushmuomala boʻlishi;
  • BAAda tan olingan vaksinalar (Sinopharm, Pfizer-BioNTech, Sputnik V, AstraZeneca va Moderna) bilan emlangan boʻlishi;

Ish vaqti: 6 kun 8+2 (over time) soatdan.

Ish haqi: 360 AQSH dollaridan 750 AQSH dollarigacha (6 kun 8+2 toʻliq ishlaganda).

Shuningdek, yoʻl (aviachipta), issiq ovqat, viza xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplanadi. Ishchilar mehnat shartnomasi doirasida tibbiy sugʻurta bilan taʼminlanadi.

Nomzodlar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallariga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishi mumkin.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi – (55) 102-53-32, (55) 102-53-34;

Andijon viloyati – (95) 202-33-55;

Buxoro viloyati – (99) 708-49-98;

Jizzax viloyati – (72) 223-90-65, (72) 223-90- 66;

Qashqadaryo viloyati – (97) 293-27-52, (97) 770-04-92;

Navoiy viloyati – (79) 224-11-60;

Namangan viloyati – (69) 227-94-64, (69) 227-97-27;

Samarqand viloyati – (66) 233-24-00, (66) 233-53-00;

Sirdaryo viloyati – (67) 225-55-59;

Surxondaryo viloyati – (76) 222-45-22;

Toshkent viloyati – (70) 202-06-20;

Fargʻona viloyati – (73) 244 40 01;

Xorazm viloyati – (62) 224-12-35;

Toshkent shahri – (71) 236-30-40.

Shuningdek, +998 (71) 202-33-55 (ichki raqamlar: 40, 77, 88), 1282 qisqa raqami.

 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!