Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Germaniyaning «Ausbildung» loyihasida ishtirok etish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun Germaniyadagi hamkor tashkilot bilan birgalikda uzoq masofaga yuk tashuvchi avtomobil haydovchiligi uchun kasbiy ta’lim va ish taklif qilmoqda.
Ish turi: uzoq masofaga yuk tashuvchi avtomobil haydovchisi va ularga xizmat ko‘rsatish uchun kasbiy ta’lim.
Ta’lim vaqti: 3 yillik (6 hafta nazariy ta’lim, 3 oy amaliyot). Ushbu davr mobaynida 810 yevro (Brutto) daromad olish mumkin, keyinchalik 2 – 2,5 ming yevro oylik ish haqi to‘lanadigan doimiy ishga o‘tkaziladi.
Nomzodlar uchun talablar:
– 18-35 yosh;
– o‘rta-maxsus diplomi (texnik yoki mashinasozlik sohada diplomga ega bo‘lganlarga afzallik beriladi);
– В,С haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan nomzodlarga afzallik beriladi;
– Gyote institutining B1 darajasidagi nemis tilini bilish sertifikati (ingliz tili qo‘shimcha);
– sudlanmagan bo‘lishi lozim.
Dasturda ishtirok etish uchun BU YERDAGI arizani to’ldirish lozim.
Quyidagi hujjatlarni yuklashi lozim:
– xorijga chiqish pasporti;
– o‘rta-maxsus ta’lim diplomi;
– nemis tilidan B1 sertifikati;
– to‘ldirilgan tarjimai hol (anketa nemis tilida).
Murojaat uchun: +998-71-202-33-55