TOEFL — Test of English as a Foreign Language imtihoni chet ellik ingliz tili ona tilisi boʻlmaganlar uchun ingliz tili (Shimoliy Amerika varianti)ni egallaganlik darajasini baholash maqsadida oʻtkaziladi. Imtihon sertifikati AQSH, Kanada, Avstraliya, Yevropa va Osiyo oliy oʻquv yurtlariga hujjat topshirishda talab qilinadi. Testning PBT — paper-based test (qogʻoz), CBT — computer-based test (kompyuter) va iBT — internet-based test (internet) variantlari bor. Hozirda bu imtihon deyarli butun dunyo boʻyicha internetda – onlayn oʻtkaziladi.
TOEFL haqida qisqacha:
Til – ingliz tili;
Tashkilotchi – Educational Testing Services (ETS);
Rasmiy sayt – http://www.ets.org;
Nechta davlatda oʻtkaziladi – 150 dan ortiq;
Yilda necha marta oʻtkaziladi – bir yilda 50 marta, 2018-2019-yil uchun Oʻzbekistonda 2018-yilning noyabridan 2019-yilning apreligacha topshiriladi;
Imtihon haqi – 2018-2019-yillar uchun 180 AQSH dollari;
Amal qilish muddati – 2 yil;
Davomiyligi –4 soat 30 daqiqa;
Baholanishi – 120 ballik tizim;
Oʻzbekistonda qayerda topshirish mumkin:
- Toshkent Shahridagi Inxa Universiteti; Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Ziyolilar koʻchasi 9-uy; Telefon: (+998 71) 289 99 99; Faks: (+998 71) 269 00 58; elektron pochta: info@inha.uz; Rasmiy sayt: iut.uz, www.inha.uz;
- Tashkent International School (TIS); Manzil: Toshkent shahri, 700005 Sarikoʻl koʻchasi 38-uy; Telefon: (+998 71) 291 96 70; elektron pochta: office@tashschool.org; Rasmiy sayt: tashschool.org;
- «Micros» oʻquv markazi; Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Kichik Beshyogʻoch koʻchasi 86-uy. Telefon: (+998 71) 200 34 34, (+998 71) 120 71 35, Faks: (+99871) 281 43 65; Rasmiy sayt: https://micros.uz/.
TOEFL imtihoni turlari
Sinovning bir nechta turlari mavjud:
- TOEFL Primary ® – 8 yoshdan kattalar uchun ingliz tili boʻyicha asosiy koʻnikmalar shakllanganligini aniqlashda oʻtkaziladi;
- TOEFL Junior ® – 11 yoshdan kattalar uchun ingliz tilini egallaganlik darajasining kengligini tekshiradi;
- TOEFL ITP ® – ishtirokchilar bilimini universitet darajasida takomillashganligini aniqlaydi;
- TOEFL iBT ® – universitetga qabul qilish uchun bilim, koʻnikma, malaka darajasini 4 bosqichda tekshiradi.
Universitetga hujjat topshirayotganda sizdan aynan TOEFL iBT ® – (B1, B2, C1) natijasi talab qilinadi.
TOEFL imtihonini topshirish tartibi
1-qadam. Roʻyxatdan oʻting. Registratsiya 24 soat ochiq boʻladi, faqat imtihonga 10 kun qolganda yopiladi. Onlayn roʻyxatdan oʻtish: SHU YERDA;
2-qadam. Toʻlovni amalga oshiring: American Express, Discover, JCB, MasterCard yoki VISA kredit-debet kartalari, PayPal, Western Union, Quick Pay℠ hamda elektron chek orqali: BATAFSIL.
- Internetda roʻyxatdan oʻtayotganingizda foydalanuvchi ismi va paroli bilan oʻz profilingizni yaratasiz;
- Imtihon kuniga qayd etilish uchun identifikatsiya raqamingiz (ID)ni yozish kerak boʻladi. ID sizning fuqaroligingiz va qaysi davlatda imtihon topshirayotganingizga bogʻliq. Bu haqida batafsil: SHU YERDA tanishing;
- TOEFL testi haqini toʻlash;
- Imtihondan bir kun oldin profilingizni tekshiring, sizga roʻyxatdan oʻtganingiz tasdiqlangani haqida xabar qilinadi. Agar imtihon markazida oʻzgarish yoki vaqt koʻchirilgan boʻlsa, bu haqida profilda eʼlon qilinadi;
- Roʻyxatdan oʻtganingizni tasdiqlovchi hujjatni chop etib, oʻzingiz bilan oling yoki roʻyxat raqamingizni yozib oling, bu sizga imtihon kuni kerak boʻlib qolishi mumkin.
3-qadam. Imtihon kuni.
- Imtihon boshlanishidan 15 daqiqa oldin kelib, kutib turing, agar kechiksangiz, imtihonga kiritilmasligingiz mumkin;
- Shaxsingizni aniqlash. ID raqamingiz imzo va fotosuratingiz roʻyxatdan oʻtganda berilgan ID raqam bilan mos boʻlishi kerak. Roʻyxat raqamingizni ham aytishingiz yoki koʻrsatishingiz mumkin.
4-qadam. Imtihondan keyin.
- Imtihon natijalari sinov kunidan taxminan 10 kun oʻtib eʼlon qilinadi;
- Natijani onlayn tarzda profilingizga kirib koʻrishingiz mumkin;
- Baholar pochta orqali sizga joʻnatilishi mumkin (agar qogʻoz shaklini soʻragan boʻlsangiz). Shuningdek, siz tanlagan universitetlarga ham yuboriladi. Bu imtihondan taxminan 13 kun oʻtgandan keyin amalga oshiriladi;
- Agar olgan bahoingiz sizni qoniqtirmasa, imtihonni qayta topshirish imkoni bor. Faqat, imtihon kuni avvalgi topshirgan kuningizdan 12 kun keyin boʻlishi kerak.
*Roʻyxatdan oʻtishdan oldin YOʻRIQNOMA bilan tanishing.
*Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun test bilan bogʻliq maʼlumotlar: SHU YERDA.
Sinov tarkibi
Imtihon qismlari 4 ta, har biri 30 balldan – maksimal 120 ball bilan baholanadi, ular quyidagilar:
- Reading/oʻqib tushunish. Berilgan 3-4 ta matndan parchalarni oʻqib, 36-56 ta savolga javob berishingiz lozim. 60-80 daqiqa vaqt beriladi;
- Listening/ tinglab tushunish. Maʼruza, auditoriyadagi suhbatlar kabi materiallarni eshitib, berilgan 34-51 ta savollarga javob berasiz. 60-90 daqiqa beriladi;
- Speaking/soʻzlashish. Reading va listeningda berilgan topshiriqlar, tanish mavzu boʻyicha fikrlaringizni aytishingiz kerak. Sizga 6 ta topshiriq va 20 daqiqa muddat ajratiladi;
- Writing/yozish. Reading va listeningda berilgan 2 topshiriq yuzasidan esse yozasiz. Buning uchun 50 daqiqa vaqt beriladi.
Baholanishi:
Sinovga tayyorlanish uchun avvalgi imtihonlarda tushgan savollarni SHU YERDAN yuklab oling.
*Imtihon tarkibi va ajratilgan vaqt haqida toʻliq: SHU YERDA tanishing.
*Imtihon natijalari tashkilot bazasida ikki yilgacha saqlanadi.
Imtihon natijasi boʻyicha til bilish darajasi quyidagicha:
Imtihonga tayyorlanish uchun:
- Imtihonga tayyorlanish uchun resurslar: SHU YERDA;
- Testlarga TOEFL® Practice Online bilan (pulli) tayyorgarlik koʻrish mumkin: SHU YERDA;
- Bepul amaliy topshiriqlar olish: SHU YERDA.
- Imtihon qabul qiluvchi shaxslardan bilimingiz boʻyicha konsultatsiya olish va til bilish saviyangizni yuksaltirish: SHU YERDA.