×

Toshkentdagi Puchon universitetida o’qish uchun hujjatlar qabul qilinmoqda


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

12166 marta

CHOP ETILGAN

11.03.2019

Toshkent joylashgan Puchon universitetiga kirish uchun abituriyenlart hujjatlarni onlayn yoki oflayn tarzda 2019-yilning 6martidan 5-apreliga qadar topshirishi mumkin. 2019/2020-o‘quv yilida universitetda maktabgacha ta’lim, koreys tili va menejment hamda arxitektura fakultetlari faoliyat ko‘rsatadi. Asosiy professor-o‘qituvchilar tarkibi Puchon universiteti (Koreya Respublikasi) va o‘zbekistonlik i mutaxassislardan iborat bo‘ladi.

«Toshkent shahridagi Puchon Universitetining asosiy maqsadi maktabgacha ta’lim tizimi uchun yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashdan iborat. Ayni paytda respublikada ushbu sohada ta’lim tarbiya jarayonini tashkil etish bo‘yicha eng yaxshi xorijiy tajriba joriy etilgan holda kuchli modernizatsiya va yangilanish jarayonlari o‘tmoqda» – deb ta’kidlab o‘tdi Toshkent shahridagi Puchon Universiteti birinchi prorektori Son Yu Djin.

Fakultetlarda ta’lim tizimi quyidagilardan iborat:

Maktabgacha ta’lim (3+1)

  • BUT da 3 yillik ta’lim, ta’lim tugaganidan so‘ng BUT bakalavr diplomi beriladi.
  • To‘rtinchi bosqich Puchon Universitetida (Koreya Respublikasi) o‘tiladi. O‘qish muvaffaqiyatli yakunlanganidan so‘ng bitiruvchiga Puchon Universiteti bakalavr diplomi beriladi.

Koreys tili va menejment (2+2)

  • BUT da 2 yillik ta’lim, ta’lim yakunlariga ko‘ra 2 ta diplom beriladi: Associate bachelor degree BUT i Associate bachelor degree, Puchon Universiteti (Koreya Respublikasi)

2.1) Agar talaba qolgan ikkita bosqichni Toshkent shahrida davom ettirishni xohlasa, o‘qishni muvaffaqiyatli tugatganidan so‘ng unga BUT bakalavr diplomi beriladi;

2.2) Agar talaba qolgan ikkita bosqichni Koreya Respublikasida davom ettirishni xohlasa, o‘qishni muvaffaqiyatli tugatganidan so‘ng unga Puchon Universiteti bakalavr diplomi beriladi.

Arxitektura (3+1)

  • BUT da 3 yillik ta’lim, ta’lim yakunlariga ko‘ra 2 ta diplom beriladi: Associate bachelor degree BUT i Associate bachelor degree, Puchon Universiteti (Koreya Respublikasi)

2.1) Agar talaba to‘rtinchi bosqichni Toshkent shahrida davom ettirishni xohlasa, o‘qishni muvaffaqiyatli tugatganidan so‘ng unga BUT bakalavr diplomi beriladi;

2.2) Agar talaba o‘qishni Koreya Respublikasida davom ettirishni xohlasa, o‘qishni muvaffaqiyatli tugatganidan so‘ng unga Puchon Universiteti bakalavr diplomi beriladi.

Qabul komissiyasi

Qabul komissiyasi ishi bir necha bosqichlardan iborat.

Birinchi bosqich – hujjatlarni qabul qilish. Ushbu bosqich bir oy mobaynida, 2019 yilning 6 martidan 5 apreliga qadar davom etadi.

Hujjatlarni oflayn tarzda quyidagi manzil bo‘yicha joylashgan «HAGWON» o‘quv markazida taqdim etish mumkin: Mirobod tumani, Afrosiyob ko‘chasi, 6-uy (mo‘ljal: «Sal Sal” restorani), dushanbadan jumagacha, soat 10:00 dan 17:00 gacha.

Hujjatlarni onlayn tarzda topshirish uchun www.but.uz saytida arizani to‘ldirish va tegishli hujjatlarning skanerlangan nusxasini ilova qilish lozim.

Abituriyentlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:

  1. Diplom (shahodatnoma) nusxasi yoki ish joyidan ma’lumotnoma;
  2. Pasport nusxasi;
  3. STIR nusxasi;
  4. Onlayn ariza;
  5. Ro‘yxatdan o‘tish badali: 1 EKIH.

Ikkinchi bosqich – 2019-yilning 13-19-aprel kunlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kompyuterda o‘tkaziladigan sinov:

  • «Maktabgacha ta’lim» va «Arxitektura» — ingliz tili;
  • «Koreys tili va menejment» — koreys tili.

Yozma imtihondan (sinovdan) ozod bo‘lish shartlari:

«Maktabgacha ta’lim» va «Arxitektura» yo‘nalishlari bo‘yicha – IELTS 5 va undan yuqori yoki SEFR B1 va undan yuqori ko‘rsatkichlarga ega sertifikat mavjud bo‘lsa;

«Koreys tili va menejment» yo‘nalishi bo‘yicha – TOPIK 3 va undan yuqori ko‘rsatkichlarga ega sertifikat mavjud bo‘lsa.

Uchinchi bosqich – Universitet o‘qituvchilari bilan suhbat. Ushbu suhbat 2019-yilning 26-27-aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.

2019-yilning 3-may kuni tanlov bosqichlari natijalari e’lon qilinadi.

O‘qish qiymati, to‘lov tartibi va muddatlari, qabul qilish kvotasi, ta’lim tizimi va yozma imtihondan ozod bo‘lish shartlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotni universitet saytidan olishingiz mumkin.

Manba: xabar.uz

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!