×

Uch oylik haq to‘lanadigan stajirovka dasturi; oylik – 3 million so‘mgacha!


Blog

BO'LIM

Muvaffaqiyatga yo'l

O'QILGAN

4246 marta

CHOP ETILGAN

22.05.2019

Qayerda:

Toshkent, O‘zbekiston

Kim uchun:

Bakalavr va magistraturani tamomlaganlar uchun

Asosiy ma’lumot: O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 3 oylik haq to‘lanadigan stajirovka dasturida qatnashishga taklif etadi.

Dasturda ishtirok etgan nomzodlar keyinchalik ishga joylashtirilishlari mumkin. Dastur quyidagi soha mutaxassislariga mo‘ljallangan:

  • Loyihalarni boshqarish.
  • PR va jamoatchilik bilan aloqalar.
  • Biznes jarayonlarini qurish.
  • Reglamentlarni ishlab chiqish va davlat xizmatlari ko‘rsatish.
  • IT va dasturlash.

Manfaatli jihatlari:

Dasturda ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritgan nomzodlarga 3 oy davomida har oyga 3 million so‘mgacha haq to‘lanadi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar:

  1. O‘zbekistonlik nomzodlar ariza berishlari mumkin.
  2. Nomzod bakalavr/magistr darajasiga ega bo‘lishi lozim.
  3. Nomzod katta milliy loyihalarga ishtirok etishga qiziqishi kerak.
  4. Nomzod rus, o‘zbek va ingliz tili(bazaviy)ni yaxshi bilishi kerak.

Hujjat topshirish jaryoni va kerakli hujjatlar:

Dasturda qatnashish uchun ariza berish talab qilinadi. Ariza berish uchun platforma: shu yerda.

Dasturda ishtirok etish uchun suhbatdan o‘tish lozim. Suhbatdan o‘tish uchun Pavlicheva Anna bilan +998951458844 telefon raqami orqali bog‘laning.

Batafsil ma’lumotlar bilan shu yerda tanishing.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: Pavlicheva Anna, telefon: +998951458844

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!