×

«Xalqaro Buxgalteriya va Moliya» va «Biznes boshqaruvi» uchun to’liq va qisman grantlar!


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

3410 marta

CHOP ETILGAN

11.09.2019

2019-yil 2-sentabr kuni mustaqillikning 28 yilligi munosabati bilan ISFT va hamkor tashkilotlar tomonidan bayram tuhfasi sifatida talaba va abituriyentlarga ISFT tomonidan 11 200 000 so‘mdan 21 600 000 so‘m miqdorida grantlar joriy qilindi.

O’quv dargohi: 

International School of Finance and Technology

ISFT rasmiy sahifasi: www.isft.uz

Grantlar kimlar uchun: ISFT talaba va abiturientlari uchun.

Kirish imtihoni: Boshlang’ich ingliz tili

Grantning manfaatli jihatlari:

Ta’lim grantlarini olgan talabalar grant beruvchi tashkilotlarda ishlash majburiyatini olishmaydi. Grantlarni yutib olgan talabalarga ishlash bo’yicha takliflar 3-bosqichdanoq beriladi.

Grant yutib olish tartibi:

  • Talabgorlar ISFT talabasi yoki kirish imtihonidan muvaffaqiyatli o’tgan talaba bo’lishi lozim
  • Arizalar onlayn tarzda quyidagi email manziliga jo’natilishi kerak: ad@isft.uz
  • Arizalar ko’rib chiqilgandan so’ng talabgor ISFT asosiy binosiga suhbatga chaqiriladi.

Onlayn Ariza quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  1. CV/ Resume
  2. Passport nusxasi
  3. Ingliz tili sertifikati nusxasi (Agarda bo’lsa)
  4. Motivatsion xat
  5. Qo’shimcha ma’lumotnomalar. (Agarda bo’lsa)

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga qabul qilish 20-sentyabrgacha davom qiladi.

To’lov miqdori: to’liq va qisman

Qo’shimcha ma’lumotlar uchun: ad@isft.uz yoki +998 78 147 37 37

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!