×

Xorijdagi magistr va doktorantlar ham “El-yurt umidi” stipendianti bo‘lishi mumkin


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

2126 marta

CHOP ETILGAN

25.12.2019

O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi tomonidan xorijning 10 dan ziyod davlatlarida ishlayotgan va ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan onlayn videokonferensiya tadbiri o‘tkazildi.

Grantlar.uz muxbirining ma’lum qilishicha, tadbirda xorijdagi yoshlar ta’lim, diplom nostirifikatsiyasi, migratsiya va konsullik masalalari yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddi idoralar vakillaridan javob olishdi.

Xususan, tadbirda ishtirok etgan “El-yurt umidi” jamg‘armasi vakili ayni vaqtda xorijdagi nufuzli ta’lim muassasalarining magistratura va doktorontura bosqichida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar ham jamg‘arma stipendiyasiga ariza berish mumkinligini qayd etgan.

Bunda ariza beruvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi, tahsil olayotgan muassasasi Times Higher Education kabi reytinglarning

TOR-500 taligiga kirishi va nomzod stipendiant sohibi bo‘lgan taqdirda o‘qishni nihoyalab O‘zbekistondagi davlat idoralarida ma’lum muddat ishlab berish majburiyatini olishi lozim.

Ta’kidlanishicha, stipendiya sovrindorlariga o‘qishning qolgan muddatidagi kontrakt puli to‘lab beriladi.

Shuningdek, belgilangan miqdorda oylik stipendiya va O‘zbekistonga bir marta kelib-ketish yo‘l chiptasi ham taqdim etiladi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!