×

“Yaxshilik qil” tanlovida qatnashib, 7 million soʻmgacha mukofotga ega boʻling!


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

2767 marta

CHOP ETILGAN

16.03.2021

Vaqf xayriya jamoat fondi tashkil etilganiga 3 yil toʻlishi munosabati bilan tashkil etilgan “YAXSHILIK QIL” tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Ijodiy ishlar tanlovini tashkil etishdan maqsad – yaxshilik va xayr-saxovatni targ‘ib qilish, insonparvarlik va o‘zaro mehr-oqibat mavzularini o‘ziga xos va kreativ tarzda yoritishdir.

Tanlovga ishlar 2021-yilning 5-aprel sanasi, soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Mazkur tanlovga quyidagi nominatsiyalar uchun ishlar topshirish mumkin:

  • Videorolik – Ishtirokchining oʻziga xos ssenariy boʻyicha olingan mualliflik videosi.
  • Infografika – Ishtirokchining mualliflik foto dizayn, badiiy tasviri (infografika).
  • Maqola – Ishtirokchining mualliflik maqolasi.

TANLOVDA ISHTIROK ETISH UCHUN QUYIDAGILAR TALAB ETILADI:

1. Ishtirokchilar vaqf.uz veb-saytida Reglament matni, shuningdek Tanlov nizomi va shartlari bilan tanishib chiqishi lozim;

2. Video, foto va maqolalar xayriya, saxovat, oʻzaro mehr-oqibat, oʻzgalarga gʻamxoʻrlik, yaxshilik qilish kabi mavzularning dolzarbligi, Xalqimizorasida ezgulikka targʻib qilish mavzusini ochib berishi lozim. Videorolik ssenariysi, infografika va maqolalar muallifga tegishli boʻlishi lozim.

  • 2.1. VIDEOROLIK. Ishtirokchi oʻzlari tasvirga olgan videorolikni Vaqf fondining Yashilikqil2021Bot Telegram botiga yuborishi lozim. Soʻngra Vaqf fondining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida eʼlon qilingan video material, Vaqf fondi sahifasini belgilab, #vaqfyaxshilik xeshtegi bilan uni oʻz internet-resursi (Telegram, Instagram, facebook, TikTok va boshqa ijtimoiy tarmoqlar)dagi rasmiy sahifalarida eʼlon qilishi lozim. Roliklar syujeti motivatsion xarakterga ega boʻlishi, yaxshilik qilishga daʼvat etishi lozim. Videorolik davomiyligi 1 daqiqagacha. davomiyligi 1 daqiqadan oshgan videoroliklarning ballari pasaytiriladi. Uni eʼlon qilish muddati 2021-yil 25-fevraldan 5-aprel soat 23:59 ga qadar davom etadi.
  • 2.2. MAQOLA yoʻnalishidagi ishtirokchilar 1000 ta belgi (oraliqsiz), (2-3 bet) dan oshmagan, koʻchirilmagan, mualliflik maqolasini tayyorlashi va uni Vaqf fondining Yashilikqil2021Bot Telegram botiga yuborishi, maqola mazmuni esa yaxshilik va xayriya qilishga daʼvat va motivatsion xarakterga ega boʻlishi kerak. Mualliflar oʻz maqolasida Qurʼoni karim oyatlari, hadis yoki hikmatli soʻzlardan foydalanishi mumkin. Maqolalar 25-fevraldan 5-aprel 23:59ga qadar qabul qilinadi va shu vaqt mobaynida eʼlon qilinishi lozim.
  • 2.3. INFOGRAFIKA. Yaxshilik va ezgulikka, xayr-saxovatga daʼvat etuvchi, insonparvarlik gʻoyalariga asoslangan infografikalar, originallik, taʼsirchanlik, kompozitsion yechim jihatlariga koʻra baholanadi. Infografikalar Yashilikqil2021Bot Telegram botiga 25-fevral sanasidan 5-aprel soat 23:59 ga qadar qabul qilinadi.

3. Har bir ishtirokchi yuborgan videorolik, maqola yoki infografika bilan birgalikda oʻzi haqida maʼlumot va bogʻlanish uchun telefon raqamini yozib yuborishi shart.

4. Tashkilotchilar Tanlovda ishtirok etish uchun yuborilgan ishlardan keyinchalik oʻz faoliyatida foydalanish huquqini saqlab qoladi.

5. Gʻoliblar shu yilning 16-aprel Vaqf fondi tashkil topgan sanada yoki Tanlov tashkilotchilari bilan kelishgan holda eʼlon qilinib, taqdirlanadi.

6. Tanlov shartlarini buzgan holda topshiriqni bajargan yoki oʻzi haqida maʼlumotlarni yubormagan Ishtirokchi Tanlovda ishtirok etmaydi.

GʻOLIBLARNI ANIQLASH. TANLOV SOVRININI OLISH SHARTLARI VA TARTIBI

  1. Ishtirokchilar yuborgan ishlar tanlov hayʼati tomonidan baholanadi. Eng yaxshi ishlar Tanlov komissiyasi koʻrib chiqishi uchun kiritiladi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda eng koʻp ovoz (like) yigʻgan ishlar ham gʻoliblikka daʼvogar hisoblanadi.
  2. Tanlov yakuniga koʻra, ijtimoiy tarmoqlarda eng koʻp ovoz (like) toʻplagan ishlar tanlov hayʼati tomonidan baholanib 3 nafar gʻolib aniqlanadi. Shuningdek asosiy gʻoliblardan tashqari yana 4 nafar ishtirokchi ragʻbatlantiruvchimukofotni qoʻlga kiritadi.
  3. Tanlov gʻoliblari Vaqf fondi va homiylarning sovgʻalariga ega boʻladi.

Mukofotlar quyidagicha:

  1. Yaxshilikni targʻib etuvchi “Eng yaxshi videorolik” – 7 000 000 soʻm
  2. Yaxshilikni targʻib etuvchi “Eng yaxshi maqola” – 5 000 000 soʻm
  3. Yaxshilikni targʻib etuvchi “Eng yaxshi infografika” – 3 000 000 soʻm

Yana quyidagi 4 yoʻnalish boʻyicha bittadan “Hadis va hayot” toʻplami ragʻbatlantiruvchi mukofot sifatida taqdim etiladi:

  • “Kreativ ishtirokchi”
  • “Muxlislar eʻtirofi”
  • “Yaxshi targʻiboti uchun”
  • “Faol ishtiroki uchun”

Murojaat uchun telefon: +998 99 910-90-95.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!