Qayerda: O’zbekiston, Jizzax viloyati, Zomin tumani
Kim uchun: Yosh fotograf va rassomlar uchun
Ariza topshirish muhlati: 2018-yilning 1-avgustigacha
Umumiy ma’lumot: 2018-yilining 17-19-avgust kunlari Respublika Yosh Ijodkorlar Kengashi tomonidan Jizzax viloyati, Zomin tumanida «Zomin jilg’alari» deb nomlangan tasviriy san’at va fotografiya anjumani o’tkaziladi. Kengash ushbu anjumanda qatnashishni xohlovchi 15 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan rassom va fotograflardan arizalarni qabul qilish jarayonini boshladi.
Anjuman maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
- yoshlarimiz o‘rtasida tasviriy san’at va fotografiya bilan shug‘ullanuvchi iqtidorli yoshlarni kashf qilish;
- ularga o‘z ijodiy ishlarini keng omma, shu qatorda, soha mutaxassislari e’tiboriga havola etishlari uchun sharoit yaratib berish;
- eng iqtidorli musavvirlar va fotograflarga poytaxtda o‘z ko‘rgazmalarini tashkil etish imkoniyatini taqdim etish;
- mamlakatimizda tasviriy san’atga, ayniqsa, yosh mo‘yqalam ustalari san’ati, faoliyati rivojiga hissa qo‘shish;
- xalqimizning tasviriy san’atga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga erishish va tasviriy san’at, shuningdek fotografiya san’atining yosh namoyondalariga tabiat qo‘ynida ijodiy muhit yaratib berish.
Manfaatli jihatlari: Anjuman ishtirokchilari quyidagi imtiyozlar bilan ta’minlanadi:
- Zominga borish va kelish xarajatlari qoplab beriladi.
- Uch kunlik anjuman davomida oziq-ovqat va turar joy ta’minlanadi.
- Dastur yakunida ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlanadi.
- Eng yaxshi ijod namunalari mualliflariga o’z ko’rgazmalarini tashkillashtirishda yordan ko’rsatiladi.
Nomzodga qo’yilgan talablar: 15 va 30 yosh oralig’idagi havaskor yoki professional rassom va fotograflar ushbu anjumanda ishtirok etish uchun ariza topshirishlari mumkin. Anjumanda O’zbekiston fuqarolari bilan bir qatorda xorijiy fuqarolar ham ishtirok etishlari mumkin.
Ariza topshirish jarayoni: Anjumanda ishtirok etishni xohlovchilar quyidagilarni pochta yoki elektron pochta orqali 2018-yilning 1-avgustiga qadar tashkilotchilarga yetkazishi lozim:
- o’zlarining 5 dona ijodiy ishlari namunasi;
- telefon raqami;
- pasport (yoki tug’ilganlik haqidagi guvohnoma) nusxasini .
Ijod namunalari elektron tarzda zominjilgalari@gmail.com elektron manziliga yuboriladi.
Qog’oz shaklidagi ijod namunalari quydagi manzilga yuborliadi: 100096, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Qatortol ko‘chasi, Ma’muriy hudud binosi, 60-B uy, «Respublika Yosh Ijodkorlar Kengashi».
Kelib tushgan ijodiy ishlar O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan tavsiya etilgan soha mutaxassislaridan iborat saralash komissiyasi tomonidan saralab olinadi va yakuniy bosqichda ishtirok uchun tavsiya etiladi.
Nomzodlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar kesimida, shuningdek, quyidagi kategoriyalar bo’yicha saralanadi:
- “A” guruhi – 15 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan rassomlar (14 kishi)
- “B” guruhi – 20 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan rassomlar (14 kishi)
- “S” guruhi – 25 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan rassomlar (14 kishi)
- “D” guruhi – fotograflar (14 kishi).
Batafsil SHU YERDA tanishing.