×

BMT Aholishunoslik bo’yicha Jamg’armasida bir yillik stipendiya dasturi!


Grant

MUHLAT

22.02.2016

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1686 marta

BMT Aholishunoslik bo’yicha Jamg’armasi Yosh Innovatorlar Stipendiya Dasturiga dunyoning turli burchagidan yoshlarni BMTABJning bosh ofisi, Nyu York shahrida menejment ish lavozimlariga ishlab, tajriba orttirish imkoniyatiga taklif etadi. Dastur har yili ikkita ishtirokchini qabul qiladi. Dastur 2016-yil iyul oyidan 2017-yil iyun oyigacha davom etadi. Dastur ishtirokchilariga dasturning ilk uch oyida (2016-yilning iyul-sentabr oylarida) yetakchilik (liderlik) bo’yicha treningdan o’tadi. So’ngra ular BMTABJ tashkilotida menejment ish lavozimlarida 9 oy ishlash uchun tayinlanadi. Ishtirokchilar tashkilotning xodimlarni boshqarish bo’limi, moliya bo’limi, ma’lumotlar tizimini boshqarish bo’limi, kommunikatsiya yoki tashki aloqalar bo’limlarida ishlashlari mumkin.

Grant kimlar uchun?

18-25 YOSHDAGILAR UCHUN

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant miqdori:

  • Safar xarajatlari;
  • Oylik stipendiya;
  • Turar-joy;
  • Tibbiy sug’urta dastur tomonidan qoplanadi

Talablar:

Kim uchun:

  • O’z davlatida yangiliklar qilish, ijobiy o’zgarishlar qilishga qiziqqan;
  • O’z davlatida yoshlar huquqlari va manfaatlari uchun kurashgan/olg’a surgan;
  • 2016-yilning 29-fevraligacha 18-25 yosh orasida bo’lgan;
  • BMTABJ va uning asosiy masalalari haqida bilimga ega;
  • O’z davlatiga qaytib, tashkilot missiyasini davom ettiradigan;
  • Ingliz tilini biladigan (IELTS yoki TOEFL talab etilmaydi) nomzodlar.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza to’ldirish tartibi:

Ariza onlayn tarzda SHU YERDA to’ldiriladi.

Ariza to’ldirish bo’yicha qadamma-qadam ko’rsatma bilan SHU YERDA tanishish mumkin.

 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!