×

Boʻlajak menejer va ishbilarmonlar uchun bepul buxgalteriya va moliya kurslari


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

9212 marta

Indian Institute of Management Bangalore – IIMBx instituti o’z biznesini muvaffaqiyatli boshqarish uchun buxgalteriya va moliya borasidagi bilimlarga ega boʻlish istagidagi boʻlajak tadbirkor va menejerlarga Accounting and Finance onlayn kurslarini taklif etmoqda. Kurs mutlaqo bepul boʻlib, 11 hafta davomida, haftasiga 2-4 soatlik darslardan tashkil topgan. Darslar moliyaviy hisobot tahlili, xarajatlarni boshqarish, moliyaviy menejment yoʻnalishlariga bagʻishlangan boʻlib, kurs davomida ishtirokchilar quyidagi bilimlarga ega boʻladilar:

  • Moliyaviy koʻrsatkichlarini oʻqish va tushunish: rentabellik vizasining toʻrtta asosiy omili, aktivlarni boshqarish, xarajatlarni boshqarish va soliq menejmenti taʼsirini baholash;
  • Xarajatlar jadvali, byudjetni qanday tayyorlash va xarajatlarga asoslangan qarorlar qabul qilish;
  • Har xil turdagi sarmoyalarni jalb qilish uchun moliya bozorlari haqida qisqacha ma’lumot;
  • Oʻz biznes-rejangiz uchun moliyaviy mablagʻlarni tayyorlash va baholash, aylanma mablagʻlarni boshqarish qobiliyatini rivojlantirish.

Darslarni Indian Institute of Management Bangalore instituti professori MS Narasimhan olib boradi. Kurs jadvali haqida batafsil shu yerda.

Grant kimlar uchun?

Boʻlajak menejer va ishbilarmonlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Onlayn kursda oʻqish mutlaqo bepul boʻlib, ishtirokchilar muvaffaqiyatli tadbirkor yoki menejer boʻlish uchun zaruriy bilimlarga ega boʻladilar.

Kurs yakunida sertifikat olishni xohlovchilar  150 AQSh dollari miqdoridagi toʻlovni amalga oshirishlari kerak.

Talablar:

  1. Nomzod Eron, Kuba va Ukrainaning Qrim mintaqasi fuqarosi boʻlmasligi kerak.
  2. Nomzod istalgan yoshdagi, shu sohaga qiziquvchi shaxs boʻlishi mumkin.
  3. Nomzod ingliz tilini kamida intermediate darajasida bilishi kerak (videolarda ingliz va hind tillaridagi subtitrlar mavjud).
  4. Nomzodlardan biznes muhiti toʻgʻrisida umumiy tushunchaga ega boʻlishlari talab qilinadi. Batafsil

Dasturga qabul jarayoni:

Onlayn kursda ishtirok etish uchun avval bu yerda roʻyxatdan oʻtish yetarli boʻladi. Darslar roʻyxatdan oʻtilgan kunning oʻzidayoq boshlanadi. Onlayn bu yerda 2020-yil 9-apreldan 2021-yil 7-yanvargacha mavjud boʻladi.

Grant haqidagi qoʻshimcha ma’lumotlarni tashkilotchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!