×

“Boʻlajak olim” ilmiy gʻoyalar tanlovi – munosib gʻoyalar uchun 132 mln soʻmgacha mablagʻ ajratiladi!


Grant

MUHLAT

30.11.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

5687 marta

“Boʻlajak olim” tanlovining 2023-yildagi mavsumida iqtidorli yoshlarning ILMIY GʻOYALARI boʻyicha arizalar qabul qilish boshlandi.

Ilmiy gʻoyalar tanlovning asosiy maqsadi: Oʻzbekiston Respublikasidagi iqtidorli va isteʼdodli yoshlarning innovatsion faoliyati natijalari va tashabbuslarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, ularning ilmiy izlanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish hamda salohiyatli yoshlarni ilm-fanga keng jalb etishdan iborat.

Mazkur tanlov Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi “Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qoʻllab quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 222-son qarorining 2-ilovasi “Boʻlajak olim” tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomida belgilangan talablarga muvofiq oʻtkaziladi.

Ilmiy  gʻoyalar tanlovi doirasida yosh olimlarning yangi istiqbolli yoʻnalishlarda ilmiy gʻoyalar boʻyicha arizalar qabul qilinadi.

Ilmiy gʻoya — ilmiy dalil, muammo, faraz, nazariya kabi voqelikni aks ettirish shakllaridan biri boʻlib, fan taraqqiyotning samarasi, ilmiy kashfiyotlarning natijasi sifatida paydo boʻladigan, turli fan sohalarining asosiy tamoyillari, ustuvor qoidalari asosida ishlab chiqilgan loyiha.

Grant kimlar uchun?

40 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Munosib ilimiy gʻolalarni amalga oshirish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravarigacha (2023-yil 24-iyul holatiga koʻra, 132 mln soʻm) mablagʻ ajratiladi.

Talablar:

Tanlov shartlari va talablari quyidagicha:

  • Ilmiy gʻoya muallifi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi kerak.
  • Ilmiy gʻoya ijrochilarining yoshi ularning ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qaťi nazar 40 yoshdan oshmasligi kerak.
  • Ilmiy gʻoya anʼanaviy biznes turlaridan farqli boʻlishi, ilmiy yangilik hamda innovatsion elementga ega boʻlishi shart.
    1 ta ishtirokchi 1 ta ilmiy gʻoya bilan ishtirok etishi kerak.
  • Tanlov doirasida ilmiy g‘oyalarni amalga oshirishning eng ko‘p muddati bir yilgacha bo‘lishi kerak.
  • Topshirilgan ilmiy g‘oyani amalga oshirish uchun talab qilinadigan mablag‘larning umumiy hajmi bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravaridan oshmasligi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlov doirasida ilmiy g‘oyalar bo‘yicha takliflar 2023-yil 30-noyabrga soat 18:00 gacha qabul qilinadi. Arizalarni BU YERDA onlayn tarzda topshirish mumkin.

Arizani topshirish jarayonida quyidagi hujjatlar ham toʻldirilgan holda arizaga yuklanishi kerak:

Tanlovga loyiha hujjatlarini taqdim etish muddati tugagandan soʻng taqdim etilgan ilmiy loyihalar koʻrib chiqilmaydi.

Loyihalarni topshirish bilan bog‘liq texnik masalalar bo‘yicha quyidagi raqamga murojaat qilishingiz mumkin: (+99871) 207-17-36

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!