×

Bruney: Oliygohlarda oʻqish uchun toʻliq grantlar va oylik stipendiya; sugʻurta va oʻquv qurollari xarajatlari qoplanadi!


Grant

MUHLAT

15.02.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Bruney

O'QILGAN

17357 marta

Bruney Tashqi ishlar vazirligi navbatdagi Bruney hukumati stipendiya dasturiga arizalar qabuli boshlanganini eʼlon qildi. Grantlar Bruneyda joylashgan quyidagi oliy taʼlim muassasalarining diplom kurslari, bakalavriat va magistratura dasturlarida oʻqish uchun taqdim etiladi:

Grantni qoʻlga kiritganlar 2024/2025-oʻquv yilidan oʻqishni boshlaydi. Yuqoridagi universitetlarning aksariyatida oʻqish ingliz tilida, baʼzilarida esa malay yoki arab tilida boʻladi.

Grant kimlar uchun?

Diplom kurslari, bakalavr va magistratura bosqichida oʻqish uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant doirasida stipendiatga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  • Talaba kontrakt summasi, roʻyxatdan oʻtish, imtihon va maʼlumot beruvchi dasturlar toʻlovlaridan toʻliq  ozod etiladi.
  • Talabaning yurtidan Bruneyga borish (oʻqish boshlanishida) va qaytish (oʻqish tugaganda) uchun aviachipta olib beriladi.
  • Kundalik xarajatlar uchun oyiga 500 BND (taxminan 379 AQSh dollari) beriladi.
  • Oziq-ovqat uchun oyiga 150 BND (taxminan 113 AQSh dollari) beriladi.
  • Oʻquv qurollari va kitoblar uchun yiliga 600 BND (taxminan 454 AQSh dollari) beriladi.
  • Oliy taʼlim muassasasi yotoqxonasidan turar joy beriladi.
  • Dastur davomida talaba toʻliq sugʻurta bilan taʻminlanadi.
  • Oʻqish tugaganda talaba yuklarini davlatiga yuborishi uchun 500 BND (taxminan 379 AQSh dollari)gacha yuk yordami mablagʻi beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. ASEAN, Commonwealth va OIC davlatlari roʻyxatiga kiruvchi davlat fuqarolari, shuningdek bulardan boshqa davlatlar fuqarolari ham ariza topshirishi mumkin (Oʻzbekiston OIC davlatlari roʻyxatida bor).
  2. Diplom kurslari va bakalavr bosqichi uchun nomzod 25 yoshdan katta boʻlmasligi, magistratura uchun esa 35 yoshdan katta boʻlmasligi zarur (yosh 2024-yil 1-iyul holatiga koʻra hisoblanadi).
  3. Bruneyning doimiy rezidentlari va oliy taʼlimni Bruneyda olgan xorijlik nomzodlar ushbu dasturga ariza topshira olmaydi.
  4. Nomzod dasturda ishtirok etuvchi OTMning tegishli bosqichga qabul talablariga mos boʻlishi lozim. OTMlar taklif etuvchi taʼlim bosqichlari, yoʻnalishlari va qabul talablari bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:
    Universiti Brunei Darussalam (UBD)
    Universiti Islam Sultan Sharif Ali (UNISSA)
    Universiti Teknologi Brunei (UTB)
    Kolej Universiti Perguruan Ugama Seri Begawan (KUPU SB)
    Politeknik Brunei (PB)​.
  5. Nomzod oʻzi oʻqimoqchi boʻlgan tilni yetarli darajada bilishi kerak. Ingliz tilida oʻqish uchun deyarli barcha dasturlarda IELTS 6.0 yoki shu darajaga teng boshqa xalqaro ingliz tili sertifikati talab etiladi.
  6. Grant gʻolibi Bruney Tashqi ishlar vazirligi ruxsatisiz boshqa biror stipendiya/moddiy yordam dasturi bilan birga berilishi mumkin emas.
  7. Grant gʻoliblarining turmush oʻrtogʻi, bolalari turar joy bilan taʻminlanmaydi va ular uchun qoʻshimcha mablagʻ ajratilmaydi.
  8. Grant oluvchiga stipendiya muddati davomida biron bir haq toʻlanadigan ish bilan shugʻullanishi yoki mamlakatining Bruneydagi vakolatxonasi xodimlariga xizmat qilishi ta’qiqlanadi.

Shuningdek, dastur tugashi bilan grant gʻolibi Bruneydan darhol chiqib ketishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga arizalar 2024-yil 15-fevralgacha qabul qilinadi. Arizalar onlayn tarzda BU YERDA topshiriladi.

Arizani toʻldirishda quyidagilar ham talab etiladi:

  1. Shahodatnoma/diplomlar (ingliz tilida boʻlmasa, notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan birga topshiriladi).
  2. Baholar/diplom ilovalari (ingliz tilida boʻlmasa, notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan birga topshiriladi).
  3. Tugʻilganlik haqidagi guvohnoma va passportning asliga toʻgʻri ekani notarial tasdiqlangan nusxasi.
  4. Ikkita tavsiyanoma. Bu tavsiyanomalarning tayyor shakli bor, ular yuklab olib, toʻldiriladi. Ularni BU YERDAN yuklab oling.

Ayrim dasturlar uchun nomzodlar intervyuga taklif etilishi va/yoki til darajasini aniqlash uchun yozma imtihon topshirishi mumkin.

Universiti Brunei Darussalam (UBD) va Universiti Teknologi Brunei (UTB) universitetiga topshirayotganlar, yuqoridagi grant arizasidan tashqari universitetning ham ariza shaklini toʻldirishi kerak:

  • Universiti Brunei Darussalam (UBD) uchun ariza BU YERDA toʻldiriladi.
  • Universiti Teknologi Brunei (UTB) uchun ariza BU YERDA toʻldiriladi.

Faqatgina dasturga qabul qilingan nomzodlar qabul qilinganlik haqida email orqali xabardor qilinadi (boshqa nomzodlarga xabar yuborilmaydi).

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur haqidagi rasmiy maʼlumotlar bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan quydagi email manziliga murojaat qilishingiz mumkin: queriesBDGS2024@mfa.gov.bn

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!