Business Today notijorat tashkiloti 49 yildan beri butun dunyodan boʻlgan bakalavriat talabalari uchun xalqaro konferensiya tashkillashtirib kelmoqda. Konferensiyaning missiyasi – yetakchilarning keyingi avlodini shakllashtirish uchun eng sara bakalavriat talabalari va taʼsirga ega biznes-rahbarlar oʻrtasida aloqalarni oʻrnatishdir. Konferensiyada talabalar va biznes sohasida rahbarlik lavozimida ishlovchilar bir-bir bilan fikr almashadi, kelgusidagi muammolar haqida muloqot qiladi.
2023-yilgi konferensiyaning mavzusi: Beyond the horizon (Ufq ortida).
Konferensiya quyidagi mashgʻulotlardan iborat boʻladi:
- Chatlar, panel va maʼruzalar
- Ijro seminarlari
- Teng darajali netvorking
- Rekrtuting qabul
- Moliyalashtirish musobaqasi
2023-yilgi konferensiya (49-konferensiya) 2023-yil 2-5-noyabr kunlari Manxettenda (Nyu-York) bo‘lib o‘tadi.
Konferensiyada qatnashish uchun ariza berish bepul.
Konferensiya doirasida Impact Challenge musobaqasi ham boʻlib oʻtadi. Ushbu musobaqada gʻolib boʻlgan jamoa 15 ming dollarlik mukofotni (startapni moliyalashtirish uchun) qoʻlga kiritadi. Biroq Impact Challenge uchun alohida ariza topshirish lozim va bu musobaqaga jamoa boʻlib qatnashiladi. Mazkur musobaqaga qatnashmasdan faqat konferensiyaning oʻzida qatnashish uchun ariza berish ham mumkin. Impact Challenge musobaqasi haqida BU YERDA batafsil tanishishingiz mumkin.
Konferensiya ingliz tilida olib boriladi.
Grant kimlar uchun?
Bakalavriat talabalari uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Konferensiyaga qabul qilinganlar quyidagi iqtisodiy imtiyozlarga ega boʻladi:
- Nyu-Yorkka safar xarajatlari qoplanadi.
- Nyu-York shahrida bepul mehmonxona xonasi taʼminlanadi.
- Oziq-ovqat taʼminlanadi.
Dastur viza xarajatlarini qoplamaydi. Shuningdek, konferensiyaga qabul qilinganlar oʻz oʻrnini kafolatlash uchun 75 AQSH dollari miqdorida depozit toʻlovini amalga oshirishi kerak boʻladi (bu toʻlov ariza topshirish vaqtida emas, qabul qilingandan keyin amalga oshiriladi).
Impact Challenge musobaqasiga ariza topshirib, eng yaxshi 5 ta jamoa qatoridan joy olganlar Business Today xalqaro konferensiyasiga taklif etiladi. U yerda gʻolib jamoa aniqlanadi va gʻolib jamoaga startapni moliyalashtirish uchun 15 ming AQSH dollari beriladi. Ushbu 5 jamoa aʼzolari konferensiyada qatnashish uchun ham yuqorida sanalgan imtiyozlar bilan taʼminlanadi.
Talablar:
Konferensiyada qatnashish uchun ariza beruvchi nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Bakalavriat talabasi boʻlish lozim.
- Konferensiyaning barcha mashgʻulotlariga qatnasha olishingiz kerak.
- Ingliz tilini yetarli darajada bilish lozim.
- Istalgan mamlakat fuqarolari ariza topshirishi mumkin.
Impact Challenge musobaqasiga ijtimoiy tadbirkorlar, shu jumladan, konferensiyada ishtirok etish uchun qabul qilinganlar ham jamoa boʻlib qatnashishi mumkin. Bunda jamoalar 1 nafardan 5 nafargacha ishtirokchidan iborat boʻlishi kerak hamda kamida 1 nafar jamoa aʼzosi bakalavriat talabasi boʻlishi lozim. Shuningdek jamoada musobaqaga topshirish uchun mavjud loyiha (startap) ham boʻlishi lozim.
Impact Challenge haqida BU YERDA batafsil maʼlumot oling.
Dasturga qabul jarayoni:
Yodda tuting: Business Today xalqaro konferensiyasi va Impact Challenge musobaqasiga ariza topshrish muddatlari va tartibi bir-biridan farq qiladi.
Business Today xalqaro konferensiyasida qabul 2 raundda amalga oshiriladi va bu qabullar uchun ariza topshirishning oxirgi sanalari quyidagicha:
- 1-raund: 2023-yil 15-iyungacha
- 2-raund: 2023-yil 15-iyulgacha
Xalqaro talabalarga 1-raundda (2023-yil 15-iyungacha) ariza topshirish qattiq tavsiya qilinadil.
Arizalar onlayn tarzda BU YERDA topshiriladi. Ariza topshirish jarayonida rezyume yuklash, shaxsiy maʼlumotlarni kiritish va bir qancha savollarga javob yozish talab etiladi.
Impact Challenge uchun arizalar qabuli sanalari hozirda (2023-yil 29-aprel holatida) boshlanmagan, lekin tez orada boshlanadi. Impact Challenge tanlovida qatnashmoqchi boʻlganlarga qabul boshlanishidan xabardor boʻlish uchun ushbu tanlovning rasmiy sahifasini tez-tez tekshirib turish tavsiya etiladi.
MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin rasmiy manbalar bilan tanishib chiqing: