×

Buyuk Britaniya: Bakalavriat va magistraturada tahsil olish uchun 18 000 funt-sterlinggacha grant; joy – 130ta!


Grant

MUHLAT

17.04.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1772 marta

Buyuk Britaniyaning London shahrida joylashgan Brunel University London bakalavriat va magistratura kurslari uchun moʻljallangan International Excellence Scholarship 2020/21 dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant uch yilgacha berilishi moʻljallangan. Grantlar universitetning barcha bakalavriat va magistratura kurslarining a’lochi talabalarini moliyaviy ragʻbatlantirish uchun tashkil etilgan. Grant 130 nafar talabaga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistratura bosqichlari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitetda oʻqish uchun chet ellik talaba bakalavriat bosqichiga bir yilga taxminan 9,250, magistratura va doktoranturaga esa 15 400 – 18 720 funt-sterling kontrakt toʻlaydi.

Grant yutib olgan 130 nafar talaba: 110 nafar 2020-yil sentabr oyida va 20 nafar 2021-yil yanvar oyida oʻishni boshlagan talabalar uchun:

  1. Bakalavriat talabalari uchun kontraktdan uch yilga 18 000 funt sterling (har yiliga 6 000 funt sterling) chegirma qilinadi.
  2. Magistratura (postgraduate) talabalariga esa bir yilga 6 000 funt sterling chegirma qilinadi.

Grant talabaning yashash va tibbiy sugʻurta kabi boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni talabaning oʻzi toʻlashi kerak. Bakalavr bosqichi talabalari stipendiya muddatini har yili uzaytirishlari kerak, buning uchun oʻrnatilgan tartibda a’lo baholarga oʻqishlari lozim boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
  2. Nomzod univeristetning 2020-yil sentabr yoki 2021-yil yanvar oyida boshlanadigan istalgan bakalavriat yoki magistratura kurslaridan biriga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi zarur.
  3. Nomzod attestat/kollej/litsey/bakalavr diplomiga ega boʻlishi lozim.
  4. Nomzod a’lo baholarga oʻqigan boʻlishi kerak. Grant uchun baholar GCE A/ 2:1 yoki shunga ekvivalent boʻlishi lozim.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Universitetga qabul uchin IELTS kamida 6,0-7,0 ball talab qilinadi.
  6. Boshqa stipendiyalarni olayotganlar ariza bera olmaydi.
  7. Nomzod tanlagan kursining boshqa maxsus talablariga toʻliq javob berishi kerak.
  8. Nomzod 3000 funt-sterling deposit toʻlovini toʻlashi kerak.

Barcha talab va cheklovlar haqida batafsil: shu yerda tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetening istalgan bakalavriat va magistratura kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun avval oʻqishga ariza berish kerak. Grant yutib olish uchun alohida ariza topshirish lozim. Grantga hujjat topshirish uchun dedlayn muddatlari turlicha. Ayni vaqtda eng yaqin dedlayn – 2020-yil 17-aprel.

Oʻqishga hujjat topshirish

  1. Bakalavriat yoʻnalishlariga oʻqishga kirish uchun hujjat topshirish haqida batafsil: shu yerda ma’lumotga ega boʻlasiz.
  2. Magistraturaga hujjat berish haqida esa: shu yerda 
  3. Oʻqishga hujjat topshirish UCAS tizimi orqali amalga oshiriladi.
  4. Kirish talablari davlatlarga koʻra farq qiladi. Universitet roʻyxatida Oʻzberkiston koʻrsatilmagan, shuning uchun talablarni aniqlash international-admissions@brunel.ac.uk manzili yoki 44 (0)1895 265265 raqamidan aniqlanadi.

Grantga ariza berish. Ariza shaklini onlayn tarzda toʻldirib, 17-aprelgacha joʻnatish kerak.

Hujjatlarning taxminiy tarkibi:

  1. Onlayn toʻldirilgan ariza.
  2. Attestat/Diplom va diplom ilovasi nusxasi. Grant uchun baholar a’lo, ya’ni A yoki 2:1 yoki shunga ekvivalent boʻlishi kerak.
  3. Ingliz tili imtihoni sertifikati. Universitetga qabul uchun umumiy talab boʻyicha IELTS kamida 6,0-7,0 boʻlishi kerak.
  4. Tanlangan kursga qarab qoʻshimcha ACT/SAT/GRE kabi sertifikatlar soʻralishi mumkin.
  5. Moliyaviy holat haqida ma’lumotnoma talab qilinishi mumkin.

Nomzodlar grantga aʼlo baholari, tanlangan mutaxassislik boʻyicha bilimlari, ijtimoiy faolligi, intiluvchanligi asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayndan 4 hafta oʻtib elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun: scholarships@brunel.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!