Angliyada joylashgan University of Exeter bakalavriat kurslari uchun mo’ljallangan 2020-yilgi Undergraduate Global Excellence Scholarship – Business School dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar universitetning biznes, buxgalteriya bakalavriat kurslariga qabul qilingan eng a’lochi talabalarga beriladi. Grant dasturi a’lochi talabalarni qoʻllab-quvvatlash uhcun tashkil etilgan. Grant bir marta berilishi moʻljallangan. Grant quyidagi yoʻnalishlarda oʻqish uchun beriladi:
- In Accounting– BSc Accounting & Finance, BSc Accounting & Business;
- In Business– BA Business & Management, BA Management with Marketing, BSc Business (Cornwalldagi Penryn campusida oʻqitiladi);
- In Economics– BSc Economics, BSc Business Economics, BSc Economics with Econometrics, BSc Economics And Finance, BSc Economics and Politics.
Grant kimlar uchun?
Bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Universitet biznes va buxgalteriya kurslarida oʻqish uchun chet ellik talaba 2020-yilga 18 200 funt-sterling kontrakt toʻlaydi.
Grant yutib olgan talabaga o’qishning birinchi yili uchun kontraktdan 7 500 funt sterling chegirma qilinadi.
Grant talabaning yashash va tibbiy sugʻurta kabi boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni talabaning oʻzi toʻlashi kerak.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
- Nomzod a’lo baholarga o’qigan bo’lishi kerak. Grant uchun baholar GCE A yoki AAB yoki shunga ekvivalent boʻlishi lozim.
- Nomzod Exeter univeristetning yuqorida koʻrsatilgan biznes va buxgalteriya bakalavriat kurslaridan biriga o’qishga qabul qilingan bo’lishi zarur.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Universitetga qabul uchin IELTS kamida 6,5 ball talab qilinadi.
- Attestat/kollej/litsey diplomiga ega bo’lishi lozim.
- Nomzod tanlagan kursining boshqa maxsus talablariga to’liq javob berishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Grant yutib olish uchun alohida ariza topshirish shart emas, oʻqishga kirish uchun UCAS sayti orqali online ariza berish kifoya. Exeter universitetining biznes va buxgalteriya yo’nalishidagi kurslariga hujjat topshirgan barcha nomzodlar grant uchun talabgor hisoblanadi. Grantlar 2020-yilning 30-iyunga qadar belgilanadi.
Oʻqishga kirish uchun hujjat topshirish:
- Kurslar sahifasiga kirib, sizni qiziqtirgan bakalavriat kursi haqidagi ma’lumotlar va qabul jarayoni bilan tanishib chiqing.
- Hujjat topshirish uchun talablar haqidagi to’liq ma’lumot esa kirish talablari sahifasida berilgan.
- Ingliz tili talablari sahifasida ingliz tili talablari koʻrsatilgan.
- Undan soʻng UCAS sayti orqali ariza bering. Arizaga kerakli hujjatlarni ilova qilib, joʻnating.
Hujjatlar tarkibi:
- Toʻldirilgan ariza.
- Attestat/Diplom va diplom ilovasi nusxasi. Grant uchun baholar GCE A yoki AAB yoki shunga ekvivalent boʻlishi kerak.
- Ingliz tili imtihoni sertifikati. Universitetga qabul uchun umumiy talab boʻyicha IELTS kamida 6,5 boʻlishi kerak.
- Tanlangan kursga qarab qoʻshimcha ACT/SAT/GRE kabi sertifikatlar soʻralishi mumkin.
- Moliyaviy holat haqida ma’lumotnoma talab qilinishi mumkin.
Nomzodlar grantga aʼlo baholari, tanlangan mutaxassislik boʻyicha bilimlari, ijtimoiy faolligi, intiluvchanligi asosida saralanadilar.
Natijalar dedlayn muddatidan keyin iloji boricha tez fursatda elektron pochta orqali xabar qilinadi.
Maʻlumot uchun: admissions-scholarships@exeter.ac.uk