×

Buyuk Britaniya: Biznes magistratura kurslari uchun toʻliq va qisman grantlar!


Grant

MUHLAT

31.03.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1684 marta

Angliyada joylashgan University of Exeter magistratura kurslari uchun mo’ljallangan 2020-yilgi Business School World Class Scholarships dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar universitetning biznes, buxgalteriya magistratura kurslariga qabul qilingan eng a’lochi talabalarga beriladi. Grant dasturi a’lochi talabalarni qoʻllab-quvvatlash uhcun tashkil etilgan. Grant bir marta beriladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitet biznes va buxgalteriya kurslarida oʻqish uchun chet ellik talaba turlicha kontrakt toʻlaydi. Aniq ma’lumotni tanlangan kurs sahifasida koʻrsatilgan.

Grant yutib olgan talabaga o’qishning birinchi yili uchun kontrakt puli toʻliq yoki qisman qoplanadi.

Grant talabaning yashash va tibbiy sugʻurta kabi boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni talabaning oʻzi toʻlashi kerak.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
  2. Nomzod a’lo baholarga o’qigan bo’lishi kerak. Grant uchun baholar 2:1 yoki shunga ekvivalent boʻlishi lozim.
  3. Nomzod Exeter universiteti Biznes maktabining biznes, iqtisod va buxgalteriya magistratura kurslaridan biriga o’qishga qabul qilingan bo’lishi zarur.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Universitetga qabul uchin IELTS kamida 7,0 ball, har bir qismdan kamida 6,0 ball boʻlishi talab qilinadi.
  5. Nomzod mos keladigan bakalavr diplomiga ega bo’lishi lozim.
  6. Nomzod tanlagan kursining boshqa maxsus talablariga to’liq javob berishi kerak.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant yutib olish uchun alohida, Exeter universitetining biznes va buxgalteriya yo’nalishidagi kurslariga oʻqishga kirish uchun online ariza berish kerak. Oʻqishga kirish uchun dedlayn – 2020-yil 31-may, grantga esa 2020-yilning 31-mart

Oʻqishga kirish uchun hujjat topshirish:

  1. Hujjat topshirishdan avval shu yerdan ariza berish jarayoni haqida batafsil oʻqib chiqing.
  2. Kurslar sahifasiga kirib, sizni qiziqtirgan magistratura kursi haqidagi ma’lumotlar va qabul jarayoni bilan tanishib chiqing.
  3. Hujjat topshirish uchun talablar haqidagi to’liq ma’lumot esa kirish talablari sahifasida berilgan.
  4. Ingliz tili talablari sahifasida ingliz tili talablari koʻrsatilgan.
  5. Undan soʻng shu yer orqali ariza bering. Arizaga kerakli hujjatlarni ilova qilib, joʻnating.
  6. Grantga ariza berish. Shu yerda grantga ariza toʻldiring. Arizaga 1 500ta soʻzdan iborat esse qoʻshib joʻnatiladi. Grantga hujjatlarni rasmiylashtirish: shu yerda koʻrsatilgan.

Hujjatlar tarkibi:

  1. Toʻldirilgan ariza.
  2. Bakalavr diplomi va diplom ilovasi nusxasi. Grant uchun baholar 2:1 yoki shunga ekvivalent boʻlishi kerak.
  3. Ingliz tili imtihoni sertifikati. Universitetga qabul uchun umumiy talab boʻyicha IELTS kamida 7,0, har bir boʻlimdan kamida 6,0 boʻlishi kerak.
  4. Tanlangan kursga qarab qoʻshimcha GMAT/GRE kabi sertifikatlar soʻralishi mumkin.
  5. Moliyaviy holat haqida ma’lumotnoma talab qilinishi mumkin.

Nomzodlar grantga aʼlo baholari, tanlangan mutaxassislik boʻyicha bilimlari, ijtimoiy faolligi, intiluvchanligi asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayn muddatidan keyin iloji boricha tez fursatda elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!