×

Buyuk Britaniya: doktorantura uchun to’liq grant!


Grant

MUHLAT

31.01.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1913 marta

The Marie Skłodowska-Curie actions (MSCA) – tadqiqot va tadqiqotchilari qo’llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan dastur hisoblanadi. Dastur doirasida Shvetsariya, Xitoy, Yaponiya, Buyuk Britaniya va boshqa davlatlardagi tadqiqot institutlari hamkorligida tashkil etilgan qo’shma dastur – UCOM (Ultrasound Cavitation in soft Materials) mavjud bo’lib, bu dastur mahsus doktorantura tadqiqot kurslaridan iborat. Kurslar UCOm’ga a’zo davlatlar va tadqiqot institutlarida o’qitiladi. UCOM tarkibida Early Stage Researcher (ESR) nomli doktorantura grant dasturi ham bor. Bu dastur karyerasini yaqinda boshlagan olimlar uchun mahsus ishlab chiqilgan.

Har yili ESR dasturida ishtirok etuvchi oliygohlar shu dastur doirasida o’z doktorantura kurslariga eng iqtidorli talabalarni saralab oladilar. ESR dasturiga a’zo o’nlab tadqiqot institutlarining doktorantura kurslari ro’yhati “ESR” nomi ostida e’lon qilinadi va har yili shu kurslarga talabalar qabul qilinadi. ESR doktorantura kurslari turli yo’nalishlarda bo’ladi. Dasturga a’zo tadqiqot institutlarining har biri o’z yo’nalishlarida doktorantura kurslari bilan qatnashadilar. Biror doktorantura yo’nalishini tanlagan yosh olim shu kurs o’qitiladigan oliygoh va tashkilotlarga o’qishga kirishi mumkin bo’ladi. O’qishni tashkilotchilar moliyalashtirib beradi.

Buyuk Britaniyaning Institute of Cancer Research (ICR) instituti dunyoning yetakchi tadqiqot institutlaridan biri hisoblanib, u saraton kasalini o’rganishga bag’ishlangan tadqiqotlar olib boradi. ICR ham UCOM ESR dasturiga a’zo.  ESR’ning bu yilgi 15 ta tadqiqot mavzusining ikkitasi ICR tomonidan berilgan. ICR’ning bu yilgi doktorantura kurslari Radioterapiya va Ko’rish (Radiotherapy and Imaging) yo’nalishlarida berilgan.

ICR instituti tomonidan quyidagi mavzularda doktorantura kurslari mavjud:

  1. ESR7 tadqiqot mavzusi: Development of clinically relevant acousto-thermal tissue mimics.
  2. ESR8 tadqiqot mavzusi: Development of therapeutic ultrasound applications based on acoustic. cavitation.

Grant kimlar uchun?

Doktoranturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

UCOM ESR dasturi doirasida doktorantura kursiga qabul qilingan olimlar Buyuk Britaniyadagi Institute of Cancer Research’da  4 yillik doktorantura kursiga qabul qilinadi. Kursning barcha xarajatlari va kontrakt to’lovi tashkilotchilar tomonidan qoplab beriladi. Doktorantura kursiga o’qishga qabul qilingan nomzod o’qish vaqtida tadqiqot olib boradi va ish bilan ta’minlanadi. Ishi uchun unga maosh ham beriladi, maoshning miqdori esa nomzod o’qishga qabul qilinganda kelishiladi.

Talablar:

Dasturga quydagi talablarga eng mos nomzodlar qabul qilinadi:

  1. Nomzod mexanik yoki biosuyuqlik muhandisligi (Mechanical or Biofluid Engineering), fizika yoki kimyo kabi sohalarda Bachelor of Science yoki (iloji boricha) Master of Science diplomiga ega bo’lishi kerak. Nomzod suyuqlik dinamikasi va uning ishlatilishi haqida kuchli bilimga ega bo’lishi shart.
  2. Nomzod o’qishni tamomlab, karyerasini boshlaganiga 4 yildan oshmagan bo’lishi kerak.
  3. Nomzod hali PhD darajasini olmagan bo’lishi zarur.
  4. Ariza topshirish vaqtida o’zi o’qish va ish olib borishi mo’ljallanayotgan davlatda so’nggi 3 yil ichida jami 12 oydan oshiq yashamagan bo’lishi kerak.
  5. Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga hujjat topshirish uchun 2019-yil 31-yanvarga qadar nikolaos.chatziarsenis.1@city.ac.uk elektron manziliga quyidagi hujjatlarni jo’nating:

  1. CV (hajmi 3 betdan oshmasligi kerak).
  2. Motivatsion xat.
  3. Diplom va baholar.
  4. Nashrlar ro’yxati yoki bitiruv malakaviy ishlari va tadqiqotlar haqida ma’lumotlar.
  5. Ikkita tavsiyanoma.

Ariza materiallari jo’natilayotganda email sarlavhasiga “UCOM Application” va hujjat topshirilayotgan dastur nomi (ESR 7 yoki ESR 8) yozilishi kerak.

Ma’lumot uchun bu sahifaga tashrif buyuring.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!