×

Buyuk Britaniya: Huquq sohasida PhD uchun toʻliq grant; yillik 17 000 funt-sterling stipendiya!


Grant

MUHLAT

02.06.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

4790 marta

Buyuk Britaniyaning London shahrida joylashgan Queen Mary University of London 2022-yilgi Intellectual Property PhD – Herchel Smith Scholarships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetning Intellectual Property (IP) (intellektual mulk huquqi) boʻyicha PhD kursida oʻqishni istagan nomzodlarga beriladi. Grant uch yil muddatga (oʻqishning toʻliq muddatiga) ajratilishi moʻljallangan.

Grant quyidagi mavzulardan birida ilmiy tadqiqot olib boradigan nomzodlarga beriladi:

  • IPRs and public international law/private international law;
  • IPRs and intangible cultural/scientific heritage;
  • IPRs and human rights;
  • Doctrine of functionality;
  • The role of intellectual property law in promoting and regulating art;
  • Intersection of international trade and intellectual property law (e.g. Patents and Trade in Stem Cells; Trade Marks and Tobacco Plain Packaging);
  • Intellectual property transactions (e.g. Licensing of Broadcasting Rights for Premier League matches);
  • Interrelationship of TRIPS with regional and national Law (e.g. TRIPS and the European Patent Convention);
  • Philosophy of intellectual property;
  • Primary and secondary markets in IP;
  • Art 102 TFEU applied to «double identity» TM cases;
  • Property rights in persona;
  • Enforcement of IP;
  • Exhaustion and licensing.

Maʼlumot uchun: Ushbu universitet dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri hisoblanadi. Jumladan, 2022-yil fevral oyi holatiga koʻra, bu universitet dunyodagi eng kuchli oliygohlar roʻyxatida 117-oʻrinni egallab turibdi (QS reytingi boʻyicha).

Grant kimlar uchun?

Huquq boʻyicha PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga quyidagi imkoniyatlar beriladi:

  1. Oʻqish tugagunga qadar kontakt toʻlovidan toʻliq ozod qilinadi.
  2. Oʻqish tugagunga qadar yiliga 17 ming funt-sterling stipendiya beriladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlat vakillari ariza bera oladilar.
  2. Nomzod 2022-yil sentyabrda boshlanadigan Intellectual Property (IP) (intellektual mulk huquqi) boʻyicha PhD kursiga toʻliq asosda (full-time) oʻqishga kirishi kerak.
  3. Nomzod yuqori akademik koʻrsatkichga ega boʻlishi lozim.
  4. Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilish zarur. IELTS kamida 7.5 talab qilinadi.
  5. Huquqshunoslik sohasida magistrlik darajasi yoki unga ekvivalent darajaga ega boʻlishi kerak. Shuningdek, alohida hollarda, masalan, yuqoridagi tadqiqot sohalarida uzoqroq muddat davomida huquqshunos, advokat, sudya yoki ekspert boʻlib ishlaganlar bakalavrlik darajasi bilan ham qabul qilinishi mumkin.
  6. Nomzod Ittellektual mulk huquqi boʻyicha yuqorida koʻrsatilgan mavzulardan birida tadqiqotlar olib borishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning Intellectual Property (IP) (intellektual mulk huquqi) boʻyicha PhD kursiga oʻqishga kirgan talabalarga beriladi. Grantga alohida ariza topshirish talab qilinmaydi, biroq nomzod PhD dasturiga topshiriladigan onlayn arizada ushbu grantga talabgor sifatida koʻrib chiqilishini xohlashini koʻrsatishi kerak (onlayn arizada: Other information > Are you applying for a specific named funding? > Which specific named funding? > I am a School of Law – Herchel Smith).

Hujjatlar 2022-yil 2-iyunga qadar qabul qilinadi.

Oʻqish va grantga hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Avval shu yerda kerakli ma’lumotlar bilan tanishing.
  2. Soʻng xuddi shu sahifaning quyi qismidagi “Apply online” boʻlimidan “PhD, Full-time, Semester 1 (September start)”ni tanlang va ariza topshirish tugmasini bosing.
  3. Ochilgan oynada roʻyxatdan oʻting (register).
  4. PhD kursi uchun onlayn arizani toʻldirib, yuqorida qayd etilgani kabi grantga nomzod ekaningizni koʻrsating va kerakli hujjatlarni ilova qilib, arizani topshiring (submit).

Onlayn arizani toʻldirishda oʻzingiz tanlagan ilmiy rahbar ism-familiyasini kiritish soʻraladi (“Research proposal” boʻlimida). Biroq huquq yoʻnalishiga ariza topshirayotganlar onlayn ariza topshirishdan oldin biror ilmiy rahbarni tanlab, ismini kiritishi shart emas. Ilmiy rahbar (proposed supervisor) ismi soʻralgan yerga “School of Law superviser” deb yozib qoʻyishning oʻzi kifoya. Ammo aynan biror ilmiy xodim sizga ilmiy rahbar boʻlishini xohlasangiz, uning ism-familiyasini yozib qoʻyishingiz ham mumkin.

Oʻqishga qabul uchun hujjatlar tarkibi:

  1. Onlayn ariza.
  2. Diplom va diplom ilovasi. Huquq yoʻnalishida olingan magistrlik dipomi, alohida hollarda bakalavrlik diplomi va uning ilovasi. Agar hozirda magistraturaning oxirgi bosqichida oʻqiyotgan boʻlsangiz, bakalavriatda olingan diplomni ham yuklashingiz kerak boʻladi.
  3. IELTS 7.5 yoki shunga teng xalqaro til sertifikati.
  4. CV/Resume.
  5. Ikkita tavsiyanoma.
  6. Research proposal va personal statement.

Hujjat topshirish bosqichidanmuvaffaqiyatli oʻtganlar telefon orqali boʻladigan intervyuga taklif qilinadi.

Nomzodlarni saralash ularning a’lo baholari va yutuqlari, intellektual mulk huquqi boʻyicha kasbiy tajribalari, pesearch proposal uchun tanlangan mavzuning dolzarbligi hamda moliyaviy yordamga muhtojligiga koʻra amalga oshiriladi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin grant haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Ushbu grant boʻyicha savollar yuzasidan g.skehan@qmul.ac.uk (School of Law PhD Admissions Administrator, Mr G. Skehan – elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!