Angliyaning Bristol shahrida joylashgan University of Bristol 2020-2021-oʻquv yili uchun Global Economics Undergraduate Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetning iqtisod va moliya bo‘yicha bakalavriat kurslarida oʻqishni istagan talabalarga beriladi. Grant besh nafar eng iqtidorli va a’lochi chet ellik talabalarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashga mo‘ljallangan.
Grantga ariza berishni istagan talabalar quyidagi yo‘nalishlardan birida o‘qishi lozim:
- BSc Economics
- BSc Economics with Study Abroad
- BSc Economics with Study in Continental Europe
- BSc Economics and Econometrics
- BSc Economics and Econometrics with Study Abroad
- BSc Economics and Finance
- BSc Economics and Finance with Study Abroad
- BSc Economics and Mathematics
- BSc Economics and Politics
- BSc Economics and Politics with Study Abroad
- BSc Philosophy and Economics
- BSc Philosophy and Economics with Study Abroad
Grant kimlar uchun?
Bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
University of Bristol iqtisod bakalavriat kurslarida oʻqish uchun chet ellik talaba bir yilga taxminan 19 500 – 20 000 funt-sterling kontrakt toʻlashi kerak. Batafsil ma’lumotni tanlangan kurs sahifasidan aniqlang.
Grant yutib olgan besh nafar talabalarga 5 000 funt-sterling beriladi. Bu pulni faqat kontrakt toʻlash uchun sarflash mumkin. Dastur kontrakni qisman qoplaydi va stipendiya yutib olgan nomzodning boshqa xarajatlarini to‘lamaydi.
Bu grantga ariza bergan nomzodlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Think Big undergraduate grantiga ham da’vogar hisoblanadi.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo‘lishi kerak:
- Nomzod istalgan davlat fuqarosi bo‘lishi mumkin.
- Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish zarurligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. Odatda IELTS kamida 6.0 boʻlishi talab qilinadi. Batafsil maʻlumotni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan olishingiz mumkin (yuqorida koʻrsatilgan).
- Nomzod universitetning iqtisod sohasi boʻyicha yuqorida koʻrsatilgan bakalavriat kurslariga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
- Nomzod kundizgi bo‘limda chet ellik talaba statusida o‘qishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantlar universitetning iqtisod sohasiga tegishli bakalavriat kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi shu kursga ham, grantga ham ariza berishi zarur. Buning uchun avval oʻqishga kirishga ariza bilan hujjat topshirish kerak. Keyin grantda ariza beriladi. Dedlayn – 2020-yil 29-mart.
Hujjat topshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
- Shu yerdan kerakli kursni toping. Yoki maqola boshida berilgan roʻyxatdagi kurslar havolalari orqali ham buni bajarish mumkin.
- Kurs sahifasida umumiy ma`lumotlar bilan tanishing.
- How to apply bo‘limida qanday qilib hujjat topshirish tartibi berilgan. Batafsil tanishib chiqing.
- Entry requirements and qualifications bo‘limida esa kirish talablari ko‘rsatilgan.
- Shu yer orqali ariza to‘ldiring. Kerakli hujjatlar bilan birga jo‘nating.
Grantga ariza berish. Buning uchun grant arizasini toʻldirish kerak. Ariza topshirishdan avval ma’lumotlar bilan batafsil tanishib chiqing. Arizada quyidagi maʼlumotlar yoziladi:
- Shaxsiy maʼlumotlar.
- Esse.
- Stipendiya haqida maʼlumotlar.
Kerakli hujjatlar (umumiy):
- Personal statement.
- Attestat/kollej/litsey diplomi va diplom ilovasi nusxasi (baholar aʼlo boʻlishi kerak. Universitet talabi boʻyicha 100 dan 85% baho qabul qilinadi).
- Moliyaviy holat haqida ma’lumotnoma.
- Ingliz tili testi sertifikati (IELTS 6.0, CPE C, CAE C daraja (yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati).
- Pasport nusxasi.
- Tanlangan kursga qarab GMAT/GRE/ACT/SAT kabi qo‘shimcha sertifikatlar so‘ralishi yoki matematikadan imtihon topshirish talab qilinishi mumkin.
Boshqa qoʻshimcha hujjatlar ham soʻraladi. Shuning uchun oʻzingiz tanlagan kurs maʻlumotlarini puxta oʻrganib chiqing.
Nomzodlar grantga akademik yutuqlari, oʻqishga qiziqishi va ijtimoiy faolliklari asosida saralanadilar.
Natijalar 2020-yil 24-aprelda xabar qilinadi.
Ma’lumot uchun: shu yerga murojaat qiling.