Buyuk Britaniyada joylashgan Leeds universiteti aspirantura bosqichida o’qishni xohlovchilardan universitetning stipendiya dasturiga arizalarni qabul qiladi. Leeds – bu Buyuk Britaniyadagi katta universitetlardan biri bo’lib, universitetda turli sohalarda izlanishlar olib boriladi. Universitet talabalarga ilmiy o’rganish, tadqiq qilish imkoniyatlaridan tashqari oz sohalarida mukammal kadr bo’lishlarida amaliy bilimlarni ham beradi.
Tadqiqot sohalari:
- Muhandislik (Ariza topshirish muddati: 12-yanvar 2018-yil)
- San’at, bashar fanlar va madaniyat; Biologiya fanlari; Atrof muhit; Matematika va fizika fanlari; Tibbiyot va sog’liqni saqlash (Ariza topshirish muddati: 9-mart 2018-yil)
- Biznes; Ta’lim, ijtimoiy fanlar va huquq (Ariza topshirish muddati: 1-iyun-2018-yil)
Grant kimlar uchun?
Aspirantura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun.
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Muvaffaqiyatli nomzodlar uch yilgacha o’z universiteti o’quv to’lovlari to’lash uchun moliyaviy yordam oladilar. Buyuk Britaniya tadqiqot kengashi ma’lumotlariga ko’ra, 2017-yildagi grant miqdori £ 14.553 ni tashkil qilgan.
Talablar:
- Grantlar Buyuk Britaniya, Evropa Ittifoqi davlatlari talabalari hamda boshqa mamlakatlar talabalari uchun beriladi;
- nozmodlar kamida bakalavr darajasiga ega bo’lishlari kerak;
- nomzodlar yuqori saviyadagi ilmiy ishlarga ega bo’lishi kerak;
- Ingliz tilini bilish kerak (IELTS – 6.5, TOEFL – 92);
- Aspirantura darajasiga ega bo’lgan nomzodlar ariza topshira olmaydi;
- aloqa ma’lumotlari;
- ingliz tilida test natijalari;
- fuqaroligi va yashash joyi;
- malakasi;
- ta’lim sohasi;
- ish tajribasi, nashrlar, mukofotlari haqida ma’lumot;
- boshqa ma’lumotlar.
Dasturga qabul jarayoni:
1-bosqich: SHU YERDA ro’yxatdan o’tib, talaba ID raqamiga ega bo’lishi kerak.
2-bosqich: Grant qo’lga kiritish uchun ariza topshirish lozim.
Ariza topshirish muddati: tanlangan sohaga qarab 12-yanvardan 1-iyun, 2018-yil oralig’ida