Angliyaning London shahrida joylashgan Queen Mary University of London Norman Palmer Partial Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitet tarkibidagi San’at va huquq maktabi rahbari Norman Palmer sharafiga tashkil etilgan. Grant universitetning LLM Art, Business and Law magistratura (postgraduate taught) kurslarida o`qishni istagan talabalarga beriladi. Grantlar bir yilga moʻljallangan.
Grant kimlar uchun?
Huquq bo`yicha magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Queen Mary University of London LLM Art, Business and Law magistratura kursida oʻqish toʻlovi yiliga taxminan 22,150 funt-sterling. O`qish kunduzgi bo`limda bir yil davom etadi.
Grant yutib olgan nomzodga bir yil muddatga o`qish pulining 1/3 qismi qoplab beriladi.
Grant kontrakt to`lovini qisman qoplaydi. Nomzod kontraktning qolgan qismi, yashash, turar joy, tibbiy sug`urta va o`quv qurollari uchun xarajatlarni o`zi to`laydi.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo`lishi kerak:
- Barcha davlat vakillari ariza bera oladilar.
- Nomzod universitetning LLM Art, Business and Law magistratura kurslaridan biriga ariza topshirgan va o`qishga taklifnomani qo`lga kiritgan boʻlishi kerak.
- Nomzod yuqori akademik koʻrsatkichga ega boʻlishi lozim.
- Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilish zarur. Ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi tanlangan kurs sahifasida ko`rsatilgan. IELTS kamida 7,0 talab qilinadi.
- Bakalavr va/yoki unga ekvivalent darajaga ega boʻlishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantlar universitetning LLM Art, Business and Law (postgraduate taught) kurslariga o`qishga kirgan talabalarga beriladi. Shuning uchun avval o`qishga ariza berish kerak. Keyin esa alohida grantga ariza topshiriladi. O`qishga kirishga dedlayn 2019-yil 31-maygacha, grantga arizalar esa 2019-yil 28-iyunga qadar qabul qilinadi. Grant yutib olishni istasangiz, hujjatlarni ertaroq topshiring.
O`qishga hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:
- Avval https://www.qmul.ac.uk/law/postgraduate/courses/ qidiruv sahifasidan kerakli dasturni tanlang.
- Art, Business and Law sahifasida Overview – umumiy ma’lumotlar bilan tanishing.
- Entry requirements bo`limida kirish talablari haqida yozilgan.
- Fees and funding bo`limida kontrakt to`lovi va qanday to`lash mumkinligi haqida aytilgan.
- Apply now yozuvini bosib, ariza to`ldiramiz va kerakli hujjatlarni ilova qilib, jo`natamiz.
- Qabul jarayoni haqida savollar tugʻilganda How to apply sahifasidan aniqlang yoki pglaw-reception@qmul.ac.ukga murojaat qiling.
Oʻqishga qabul uchun hujjatlar tarkibi:
- Ariza.
- Diplom va diplom ilovasi. BA yoki LLB diplomi topshiriladi. Baholar 2:1/2:2 bo`lishi kerak.
- Ayrim nomzodlardan kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo`lish talab qilinishi mumkin.
- Ingliz tili Tanlagan kursga qarab talablar farq qiladi. Shuning uchun til bilish talablarini kurs sahifasidan aniqlang. Odatda kamida IELTS 7,0 so`raladi.
- Ikkita tavsiyanoma.
- Qoʻshimcha hujjat sifatida esse talab qilinishi mumkin.
- Research proposal so`ralishi mumkin.
Grantga ariza berish. Stipendiya olish uchun onlayn tarzda ariza toʻldiriladi va dedlaynga qadar quyidagi hujjatlar bilan jo`natiladi. Barcha hujjatlar bitta PDF formatdagi faylga biriktirilib, arizaga ilova qilgan holda yuborilishi kerak. Alohida jo`natilgan hujjatlar ko`rib chiqlmaydi.
Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar:
- 1000 tagacha so`zdan iborat esse. Mavzu: “Please explain why you want to study the Art, Business and Law LLM at Queen Mary University of London, specifying the modules you have a particular interest in. What you will bring to the programme and why you feel you should be awarded a scholarship; focusing on your academic and professional achievements (if relevant), any courses or events offered by the Institute of Art & Law that you may have completed or attended, and financial need”.
- Huquq sohasi bo`yicha bakalavr diplomi va diplom ilovasi. Ingliz tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan nusxasi topshiriladi.
- CV/Resume.
- 1 dona Reference letter (tavsiyanoma).
Nomzodlarni saralash ularning a’lo baholari va yutuqlari, kasbiy tajribalari (agar bo`lsa) hamda moliyaviy yordamga muhtojligiga koʻra amalga oshiriladi.
Natijalar nomzodlarga 2019-yil iyul oyida eʼlon qilinadi;
Bog`lanish uchun: scholarships@qmul.ac.uk