×

Buyuk Britaniya: Magisratura va PhD tadqiqotchilari uchun 40 000 funt sterlinggacha grant


Grant

MUHLAT

20.03.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2283 marta

Angliyaning University of Cambridge – Kembrij universiteti Trinity Hall – Atlantic Fund Studentships – 2020/21 dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant 2020-2021-oʻquv yilida Trinity Hall`ning quyidagi boʻlimlarida Economic Geography, International Relations yoʻnalishlarida magistratura va PhD bosqichida (Mpil/MRes/PhD) oʻqish uchun ajratiladi:

  • School of Humanities and Social Sciences
  • Faculty of Economics
  • Faculty of Human, Social and Political Sciences
  • Department of Politics and International Studies
  • Centre of African Studies
  • Centre of Development Studies
  • Centre of Latin American Studies
  • Centre of South Asian Studies
  • Centre for Gender Studies
  • Department of Geography

Ushbu stipendiya magistratura tadqiqochilari uchun bir yil va PhD tadqiqochilari uchun uch yil muddatga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Magisratura va PhD tadqiqotchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga magistratura uchun 1 yil va PhD uchun 3 yil davomida yiliga 10 000 dan 40 000 funt-sterlinggacha bo’lgan miqdorida kontrakt va kundalik xarajatlar uchun mablagʻ ajratadi. Oliygohda oʻqish uchun sarflanadigan xarajatlar bilan shu yerda tanishing.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod bakalavr/magistr diplomiga ega boʻlishi kerak.
  3. Nomzod Trinity Hall boʻlimlaridan biriga Economic Geography yoki International Relations yoʻnalishi boʻyicha magistratura/PhD bosqichiga qabul qilingan boʻlishi/qilinishi zarur.
  4. Nomzod aʼlochi boʻlishi kerak.
  5. Nomzod tanlagan sohasida tadqiqot olib borishga tayyor boʻlishi lozim.
  6. Nomzod ingliz tilini a`lo darajada bilishi kerak. Qabul uchun IELTS kamida 7,5, TOEFL 110, CAE A yoki B (har bir boʻlimdan kamida 193 ball), CPE A yoki B (har bir boʻlimdan kamida 200 ball) boʻlishi talab qilinadi.

Grant talablari haqida: shu yerda ma’lumot berilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2020-yil 20-martga qadar qabul qilinadi.

Grant dasturida qatnashish uchun Trinity Hall boʻlimlaridan biriga Economic Geography yoki International Relations yoʻnalishida magistratura/PhD kurslarida oʻqish uchun hujjat topshirish yetarli boʻladi.

Hujjatlar quyidagi tartibda topshiriladi:

  1. Shu yerdan kerakli kursni toping.
  2. Hujjat topshirish haqida hamma ma’lumot: shu yerda.
  3. Overview sahifasida umumiy ma’lumot berilgan, ularni oʻrganib chiqing.
  4. Study (active tab) boʻlimida oʻqish talablari koʻrsatilgan.
  5. Requirements boʻlimida esa kirish talablari, ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi berilgan.
  6. Finance boʻlimida esa toʻlovlar haqida ma’lumotlar mavjud.
  7. How to Apply boʻlimiga kirib hujjat topshirish bosqichlari bilan tanishib chiqing. Sahifada topshiriladigan hujjatlar roʻyxati ham berilgan.
  8. Sahifaning yuqori oʻng tarafidagi Apply Now yozuvini bosing va ariza topshiring. Arizaga soʻralgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnating.
  9. Grant haqida esa barcha ma’lumot bilan: shu yerda 2020-yil 20-martgacha oʻqishga ariza bergan nomzodlar avtomatik tarzda grantga nomzod sifatida saralanadi.

Hujjatlar tarkibi:

  1. Toʻldirilgan ariza.
  2. 2 ta tavsiyanoma.
  3. CV/rezume.
  4. Ingliz tili sertifikati. Qabul uchun IELTS kamida 7,5, TOEFL 110, CAE A yoki B (har bir boʻlimdan kamida 193 ball), CPE A yoki B (har bir boʻlimdan kamida 200 ball) boʻlishi talab qilinadi.
  5. Reserch proposal.

Oʻqishga hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar haqida toʻliq maʼlumot: shu yerda.

Natijalar 2020-yil 30-aprelda eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: graduatetutorial@trinhall.cam.ac.uk manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!