Buyuk Britaniyada joylashgan Queen Mary University of London (QMUL) oliygohi Partial Scholarships 2020-21 dasturi orqali 2020-21-yilgi magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchi talabalarga grant oʻrinlarini taklif etadi. Ushbu grant shu universitetda oʻqitiladigan Huquqshunoslik sohasiga oid belgilangan magistratura kurslari uchun ajratilgan. Grantlar shu kurslarga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalar uchun moʻljallangan boʻlib, dasturdan asosiy maqsad universitetda oʻqish istagidagi, lekin moddiy cheklovlar sababli oʻqiy olmasligi mumkin boʻlgan iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash.
Nomzod huquqshunoslikning quyidagi sohalaridan birni tanlashi mumkin:
- LLM Art, Business and Law
- LLM Banking and Finance Law
- LLM Commercial and Corporate Law
- LLM Comparative and International Dispute Resolution
- LLM Competition Law
- LLM Computer and Communications Law
- LLM Criminal Justice
- LLM International Economic Law
- LLM Energy and Natural Resources Law
- LLM Environmental Law
- LLM European Law
- LLM Human Rights Law
- LLM Immigration Law
- LLM Insurance Law
- LLM Intellectual Property Law
- LLM International Business Law
- LLM International Shipping Law
- LLM International Shipping Law (Piraeus, Greece)
- LLM Master of Laws (General)
- LLM Legal Theory
- LLM Media Law
- LLM Medical Law
- LLM Public International Law
- LLM Tax Law
- LLM Law and Economics
- LLM in Regulation and Compliance
- LLM in computer and communication law (Distance learning)
- LLM in Paris
- Sorbonne Law School – Queen Mary University of London Double LLM
- MA Regulation and Compliance
- LLM Regulation and Compliance
- MSc Law and Finance
Grant kimlar uchun?
Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant dasturi doirasida eng munosib deb topilgan 5 nafar chet ellik talabaning har biriga 10 000 funt sterlingdan grant beriladi. QMUL dagi toʻlov kontraktlari haqida ma’lumot bilan shu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha davlatlar fuqarolari ushbu grantga ariza bera oladilar.
- Nomzod huquqshunoslik yoʻnalishida bakalavr bosqichini a’lo baholarga yakunlagan boʻlishi lozim.
- Nomzod grant dasturiga ariza berishi uchun QMUL magistratura bosqiching Huquq yoʻnalishiga qabul qilingan boʻlishi lozim. Universitetning magistratura bosqichi qabul talablari bilan shu yerda toʻliq tanishib chiqishingizni tavsiya etamiz.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Qabul uchun IELTS’dan 7 (yozma imtihondan 7 ball va qolganlaridan kamida 5.5 ball bilan) yoki TOEFL IBT’dan 100 ball (har bir boʻlimidan kamida 20 balldan) talab etiladi. Ingliz tilini bilish darajasiga qoʻyilgan talablar bilan shu yerda.
- Nomzod QMUL’ga toʻliq stavkadagi magistratura kursiga qabul qilingan boʻlishi kerak. sirtqi kurslar talabalariga grant berilmaydi.
Dasturga qabul jarayoni:
Grant yutib olish uchun nomzod avval tegishli magistratura kurslaridan biriga oʻqishga talaba sifatida qabul qilingan boʻlishi shart. Ya’ni, magistratura kursiga hujjat topshirib, lekin hali oʻqishga kirganligi noma’lum nomzodlarning arizalari grant uchun koʻrib chiqilmaydi. Grantga hujjat topshirishga ulgurish uchun magistratura kurslariga 2020-yil 22-fevralgacha hujjat topshirish kerak, shunda natijalar grantga hujjat topshirish muhlatidan oldin e’lon qilinadi.
Oʻqishga kontraktga kirgach, 2020-yil 6-apreldan kechiktirmay grantga ariza topshirish kerak. Ariza topshirish uchun kerakli hujjatlar:
- 1000 soʻzdan iborat boʻlgan insho. Insho mavzusi: “Please explain why you want to study for the chosen programme at Queen Mary University of London, specifying the area of law and the modules you have a particular interest in. What you will bring to the programme and why you feel you should be awarded a scholarship; focusing on your academic and professional achievements (if relevant) and financial need.”
- Huquqshunoslik boʻyicha bakalavr darajasi baholari va huquq sohasiqa oid boshqa yutuqlarga oid hujjatlar (other legal qualifications) (ingliz tilida boʻlishi lozim)
- CV/resume.
- 1 ta tavsiyanoma.
Yuqoridagi keltirilgan barcha hujjatlar toʻldirilgan ariza bilan birgalikda bitta PDF hujjat qilinib, nomzod ism familiyasi ostida joʻnatilishi lozim.
Natijalar iyun oyida elektron pochta orqali e’lon qilinadi.
Ma’lumot uchun: llmscholarships@qmul.ac.uk elektron manzili yoki +44(0)2078825555 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.