×

Buyuk Britaniya: Magistratura bosqichi uchun toʻliq grant; bepul turar joy va oylik stipendiya beriladi; joy – 3 ta!


Grant

MUHLAT

06.05.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

5843 marta

Buyuk Britaniyaning Sheffild shahrida joylashgan Sheffild universiteti – The University of Sheffield 2021-2022-oʻquv yili uchun Allan & Nesta Ferguson Charitable Trust Masters Scholarships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Mazkur grant rivojlanayotgan davlatdan boʻlgan 3 nafar talabaga taqdim etiladi..

Grant universitetning quyidagi magistratura kurslaridan biriga oʻqishga kirgan/kiruvchi talabalarga beriladi:

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

The University of Sheffieldning magistratura yoʻnalishlarida oʻqish haqi har bir kursning sahifasida berilgan.

Grant yutib olgan nomzodlarga quyidagi imkoniyatlar beriladi:

  1. Kontrakt pulini toʻliq qoplanadi.
  2. Turar joy bilan taʼminlanadi.
  3. Oylik stipendiya beriladi.

Grant yutib olgan nomzodga ajratiladigan stipendiyani Komissiya belgilaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nozmod rivojlanayotgan davlatlarlardan birining fuqarosi yoki doimiy rezidenti boʻlishi kerak (Oʻzbekiston mazkur davlatlar roʻyxatida bor).
  • Nomzod universitetning 2021-yil sentyabrdan boshlanadigan yuqoridagi roʻyxatda koʻrsatilgan magistratura kurslaridan biriga qabul qilingan boʻlishi / qabul qilinishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish zarurligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. Odatda IELTS kamida 7 boʻlishi talab qilinadi. Batafsil maʼlumotni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan olishingiz mumkin.
  • Nomzod kontrakt pulini toʻliq toʻlaydigan talaba statusida boʻlishi (yaʼni boshqa imtiyozlardan foydalanmayotgan) kerak.
  • Nomzod boshqa grantdan stipendiya olmayotgan boʻlishi lozim.
  • Nomzod boshqa tashkilotlardan stipendiya olmayotgan boʻlishi zarur.
  • Nomzod kunduzgi shaklda oʻqishi (yaʼni, darslarda toʻliq qatnashishi) lozim.

MUHIM: Grantga oid barcha talab va shartlar bilan shu yerda. tanishib chiqing.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning yuqorida koʻrsatilgan magistratura kurslarida oʻqish uchun beriladi. Grantga alohida ariza topshirilmaydi. Yuqoridagi kurslardan biriga oʻqishga kirgan va rivojlanayotgan davlatdan boʻlgan talabalarning barchasi grantga daʼvogar hisoblanadi. Grantga asosiy daʼvogarlar saralab olingach, ularga email orqali xabar qilinadi va ulardan insho (personal statement) yozib topshirish soʻralishi mumkin.

MUHIM: magistratura kurslariga qabul sanasi hali aniq belgilanmagan. Odatda har yili may boshining boshlarigacha hujjatlar qabul qilinadi. Oʻtgan yili yuqoridagi magistratura kurslariga hujjatlar 6-mayga qadar qabul qilingan. Grantlar.uz tahririyati oʻtgan yilgi qabul sanasidan kelib chiqib bu yilgi sanani ham taxminan 2021-yilning 6-maygacha deb yozgan va bu sana oʻzgarishi mumkin. Shu sababli imkon qadar ertaroq hujjat topshirish tavsiya qilinadi.

Kerakli hujjatlar tarkibi (umumiy):

  • Onlayn ariza. Arizada shaxsiy maʼlumotlar, turli insholarni yozish va boshqalar soʻraladi. Onlayn arizani toʻldirish uchun kerakli magistrlik kursi sahifasiga kirib, Apply Now tugmasini bosing.
  • Diplom va diplom ilovasi.
  • 2 ta tavsiyanoma.
  • CV/resume.
  • Ingliz tili testi sertifikati (odatda IELTS 6.5 yoki 7 soʻraladi).
  • Pasport nusxasi.

Qaysi kursga hujjat topshirayotganligingizga qarab boshqa hujjatlar ham soʻraladi. Shuning uchun oʻzingiz tanlagan kurs maʻlumotlarini puxta oʻrganib chiqing.

Mazkur grant yuzasidan savollaringiz boʻlsa, internationalscholarships@sheffield.ac.uk elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!