Buyuk Britaniyaning Koventri shahrida joylashgan University of Warwick 2020-yilgi School of Life Sciences (SLS) Excellence Scholarships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant magistraturada oʻqish istagida boʻlgan a’lochi, salohiyatli va intiluvchan yoshlarni iqtisodiy ragʻbatlantirish uchun moʻljallangan. Dastur kuchli tanlov asosida oʻtkaziladi.
Grant kimlar uchun?
Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Universitet magistratura kursining kontrakt toʻlovi bir yil uchun taxminan 25 870 funt sterling (32 947 AQSh dollari)ga teng.
Grant yutib olgan nomzodlarga esa oʻqish pulidan 50% chegirma qilinadi.
Dastur faqat oʻqish pulini qisman qoplaydi, undan tashqari yashash va tibbiy sugʻurta kabi xarajatlarni talabaning oʻzi toʻlashi kerak boʻladi.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladilar.
- Nomzod universitetning School of Life Sciences – tabiiy fanlar boʻyicha magistratura kursiiga 2020-yil oktyabrdan oʻqishga kirgan boʻlishi lozim.
- Nomzod aʼlo bahoga oʻqigan boʻlishi kerak, grant shartiga koʻra 1-aʼlochi boʻlishi boʻlishi zarur.
- Shartli taklif (rezerv) egalariga stipendiya ular oʻqiyotgan kursning oxirgi natijalariga koʻra berilishi mumkin.
- Stipendiya dasturi oʻqish pulini oʻzi toʻlaydigan talabalar uchun moʻljallangan (Ammo dastur doirasida boshqa tashkilotlar tomonidan yordam berilayotgan yoki taʼlim krediti orqali kontrakt toʻlayotgan talabalarning arizalari ham koʻrib chiqiladi. Nomzod agar yuqoridagi kabi stipendiyalardan birini olayotgan boʻlsa, bu haqida doktor Charlotte Moonanni Charlotte.Moonan@warwick.ac.ukpochtasi orqali ogohlantirishi lozim).
Dasturga qabul jarayoni:
Grantga ariza berish uchun School of Life Sciences dagi tabiiy fanlar magistratura kurslaridan biriga oʻqishga kirish kerak. Shu yerda oʻzbekistonliklar uchun oʻqishga kirish talablari va hujjat topshirish jarayoni ketma-ketligi berilgan.
Grantga ariza shakli (application form)ni toʻldirib, 2020-yil 11-fevralga qadar tashkilotchiga joʻnatish kerak. Application formda savollar qismlarga boʻlib berilgan, ularga toʻliq javob berish lozim:
- Oʻzingiz haqingizda:
- Warwick ID.
- Familiya, ism, sharif.
- Elektron pochta.
- Millat.
- Stipendiya turi: SLS Excellence Scholarshipni tanlang.
- Tanlagan MSc kurs nomi (roʻyxatdan tanlanadi).
- Ingliz tili sertifikati (IELTS/TOEFL/PTE).
- Akademik maʼlumotlaringiz:
- Davlat.
- Universitet.
- Yoʻnalish.
- GPA/kurs/tasnif.
- Bakalavr yoki aspirant darajasiga egalik.
- Stipendiyaga ariza berish:
- Tanlagan yoʻnalishingiz boʻyicha ishlaganmisiz, tajribangiz bormi, qanday tadbirlar yoki tadqiqotlarda ishtirok etgansiz (400 soʻz).
- Stipendiyaga ariza.
- Varvik universiteti va School of Life Sciences Scholarship dasturi haqida qayerdan maʼlumot oldingiz?
- Deklaratsiya (toʻldirilgan maʼlumotlarning barchasini oʻzingiz amalga oshirganingiz haqida) va mahfiylikni saqlashga rozilik.
- “Send form”ni bosib, arizangizni joʻnating.
Nomzodlarni saralash ularning akademik yutuqlari, professional tajriba, oʻqishga motivatsiya, darsdan tashqari tadbirlarda qatnashganligi va kelajakni koʻra olish mezonlariga asosan amalga oshiriladi.
Natijalar oʻqish boshlanguncha eʼlon qilinadi.
Bogʻlanish uchun: Charlotte.Moonan@warwick.ac.uk yoki msc.lifesciences@warwick.ac.uk manziliga murojaat qiling.