×

Buyuk Britaniya: Magistratura va doktorantura uchun qisman grantlar; joy – 92 ta!


Grant

MUHLAT

31.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2435 marta

Buyuk Britaniyaning Glazgou shahrida joylashgan University of Strathclyde navbatdagi Deanʻs International Excellence Awards: Humanities and Social Sciences dasturiga 2019-2020-oʻquv yili uchun magistratura va doktoranturada oʻqish istagida boʻlgan bilimli, salohiyatli va intiluvchan tadqiqotchilardan arizalar qabul qilmoqda. Ushbu stipendiyalar Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasi boʻyicha dasturi 92 nafar nomzodga ajratilishi rejalashtirilgan.

Grant kimlar uchun?

Magistratura va doktoranturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga bir yilga 4000 funt-sterling pul mablagʻi beriladi.

*Stipendiya dasturi faqat oʻqish pulini qisman qoplaydi, yaʼni, yashash va tibbiy sugʻurta kabi xarajatlar toʻlovini nazarda tutmaydi. Shuningdek, grant faqatgina ijtimoiy-gumanitar fanlar yoʻnalishlariga taalluqli.

Talablar:

Stipendiya dasturi uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod universitetning ijtimoiy-gumanitar yoʻnalishlaridan birining magistratura/doktorantura dasturiga 2019-yil oktyabrdan oʻqish uchun ariza berishi lozim.
  3. Nomzod uchun yuqori akademik baholarga, kasbiy profilga ega boʻlishi kerak.
  4. Ingliz tilini egallaganlik darajasi yuqori boʻlishi zarur (odatda IELTS 6,5-7,0).
  5. Bakalavr/magistr darajasiga ega boʻlishi lozim.

Nomzodlarni saralash ularning akademik yutuqlari, professional tajriba, oʻqishga motivatsiya va tadqiqotchilikka qiziqishi kabi mezonlariga asosan amalga oshiriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2019-yil 31-maygacha qabul qilinadi.

  1. Dastlab universitetning ijtimoiy-gumanitar fanlar yoʻnalishlari boʻyicha magistratura/doktorantura dasturlaridan biriga ariza topshirish kerak. Dastur tanlash: SHU YERDA.

Ariza bilan birga topshiriladigan hujjatlar tarkibi (taxminan):

  • diplom nusxasi;
  • diplom ilovasi;
  • til sertifikati;
  • motivatsion xat;
  • rezyume;
  • tavsiyanoma;
  • portfolio (agar talab qilinsa);
  • esse (agar talab qilinsa);
  • erishilgan yutuqlar, mukofotlar va boshqalar haqida maʼlumot (qoʻshimcha soʻralishi mumkin).
  1. Grantga ariza berish. Oʻqishga qabul qilingan va kontrakt toʻlovini amalga oshirgan nomzodlar grantga nomzod hisoblanadilar hamda stipendiya hajmi haqida xat orqali ogohlantiriladilar. Berilgan mablagʻni talabalik vizasini rasmiylashtirish maqsadida sarflash mumkin.

Natijalar 2019-yilning sentyabriga qadar eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun:

Telefon: +44 (0)141 444 8600

Elektron pochta: hass-pg-enquiries@strath.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!