Buyuk Britaniyaning Brighton shahrida joylashgan University of Sussex oʻzining Carlota Perez Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grant dasturi Masters in SPRU (Science Policy Research Unit) boʻyicha 1 yillik magistratura kursiga oʻqishga qabul qilingan/qilinadigan talabalar uchun moʻljallangan:
- Energy Policy MSc
- Project Management MSc
- Science and Technology Policy MSc
- Strategic Innovation Management MSc
- Sustainable Development MSc
Grant dasturidan maqsad eng iqtidorli va umidli talabalarni ragʻbatlantirish va moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash. Dastur doirasida 1 nafar talabaga grant ajratish rejalashtirilgan.
Grant kimlar uchun?
Magistratura (MSc) bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Carlota Perez Scholarship grantini yutib olgan talabaga 10 000 funt sterling (tahminan 12 930 AQSh dollari) miqdoridagi mablagʻ ajratiladi. Mablagʻ oʻqish xarajatlarini toʻlash uchun sarflanishi zarur.
Sussex Universitetida tahsil olish xarajatlari bilan bu yerda batafsil tanishing.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Dasturga barcha davlat fuqarolari ariza berishlari mumkin
- Ariza topshirish muddati tugagunga qadar nomzod University of Sussex’ning Masters in SPRU (Science Policy Research Unit) boʻyicha oʻqishga qabul qilingan boʻlishi/qilinishi kerak.
- Nomzod bakalavr darajasiga ega boʻlishi kerak.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
- Nomzod magistraturani tamomlagach nima bilan shugʻullanishini yaxshi bilishi, aniq maqsadlarga ega boʻlishi kerak.
- Nomzod tanlagan sohasi boʻyicha mehnat tajribasi/koʻngillilar uchun dasturlarda ishtirok etgan boʻlishi kerak.
- University of Sussex’ oliygohining boshqa dasturlari boʻyicha stipendiya olayotgan nomzodlar bu grantga hujjat topshira olmaydilar.
Nomzodga qoʻyilgan talablar haqida batafsil bu yerda bilib oling.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantga ariza berish uchun nomzod University of Sussex’ning Masters in SPRU (Science Policy Research Unit) boʻyicha oʻqishga qabul qilinishi kerak. Oliygoh kursiga hujjatlar 2020-yil 1-avgustgacha qabul qilinadi. Ammo grant dasturida qatnashish uchun nomzodlar hujjatlarini iloji boricha ertaroq topshirshlari talab etiladi.
Eslatma: grant dasturi uchun ariza topshirish muhlati 2020-yil 1-iyun.
Grant dasturiga arizalar faqat onlayn ariza shaklida qabul qilinadi. Arizada shaxsiy bayonot (Personal Statement), oliygohga qabul qilinganlik haqidagi xat, nomzodning shaxsiy ma’lumotlari va manzili koʻrsatilishi kerak.
Magistratura kurslariga hujjat topshirish tartibi (umumiy):
- Onlayn ariza.
- Til sertifikati. IELTS 5 va undan baland, har bir boʻlimdan kamida 6.0 ball.
- Shaxsiy bayonot.
- Bakalavr diplomi.
- Baholar/diplom ilovasi.
- Passport nusxasi.
Hujjatlarning barchasi ingliz tilida taqdim etilishi zarur. Ingliz tilida boʻlmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan topshirilishi kerak.
Grant haqidagi toʻliq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin.
Murojaat uchun:
Tel: +44 (0)1273 606755
Email: scholarships@sussex.ac.uk