Angliyaning Nyukasl-apon-Tayn shahrida joylashgan Newcastle University 2020-yilning kuz faslida boshlanadigan MBA kurslari uchun MBA Business Excellence Scholarships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitet tarkibidagi Newcastle University Business School da oʻqitiladigan MBA kurslariga oʻqishga kirgan 1-kurs talabalar uchun moʻljallangan. Grant bir marta beriladi. Grant talabaning a’lo baholari va oʻzlashtirish koʻrsatkichlarini inobatga oladi.
Grant kimlar uchun?
MBA bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Chet ellik talaba Newcastle University Business Schoolda oʻqitiladigan MBA yoʻnalishlarida oʻqish uchun 2020-2021-oʻquv yiliga taxminan 24 000 funt-sterlingni kontrakt toʻlaydi. Tanlangan kursga qarab toʻlov farq qiladi. Batafsil ma’lumotlar tanlangan kurs sahifasida berilgan.
Grant yutib olgan nomzodlarga bir marta kontrakt pulini qisman qoplash uchun 8 000 funt-sterling mablagʻ beriladi. Dastur grant yutib olgan nomzodning boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni nomzodning oʻzi toʻlashi kerak boʻladi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Istalgan davlatdan vakillari ariza bera oladi.
- Nomzod Newcastle University Business Schoolda oʻqitiladigan MBA kurslariga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
- Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur. Grant uchun A yoki AAB daraja soʻraladi.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Kursga qabul uchun IELTS kamida 6.5 (hat bir qismdan kamida 6,0) ball boʻlishi talab qilinadi.
- Nomzod boshqaruv sohasida 6 yillik (kamida 3 yillik) kasbiy tajribaga ega boʻlishi talab qilinadi.
Barcha talablar: shu yerda va shu yerda berilgan.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantlar universitetning MBA kursida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod ushbu kursga ariza berishi kerak. Grantga alohida ariza berish talab qilinmaydi. Nomzodlar oʻqishga bergan hujjatlariga asoslanib saralanadi. Dedlayn muddati yoʻq, ammo kurs 2020-yil sentabr oyidan boshlanadi. Shuni hisobga olgan holda shartli ravishda dedlayn 2020-yil 15-avgustgacha, deb olindi.
Kursga hujjat topshirish uchun barcha ma’lumotlar: shu yerda berilgan. Guidline boʻyicha oʻqishga ariza bering.
Kerakli hujjatlar tarkibi:
- Ariza onlayn tarzda toʻldiriladi. Agar mustaqil ravishda ariza berishda qiyinchilik tugʻilsa, qadam-baqadam hujjat topshirish yoʻriqnomasidan foydalaning.
- Bakalavr diplomi va diplom ilovasi nusxasi. Baholar kamida 2:1 boʻlishi lozim.
- CV/resume.
- A personal statement.
- Ingliz tili testi (kamida IELTS 6.5 yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati.
- Qoʻshimcha GMAT sertifikati topshirish mumkin. ammo bu majburiy emas.
- 2 ta tavsiyanoma.
- Ish tajribasi haqida ma’lumotnoma. 6 yillik, kamida 3 yillik boshqaruv sohasida ish tajribasi talab qilinadi.
- Pasport nusxasi.
- Esse yoki motivatsion xat soʻralishi mumkin.
- Nomzodlar suhbatdan oʻtadilar.
- 1 500 funt-sterling depozit toʻlash yoki official letter of sponsorship topshiriladi.
Qoʻshimcha ma’lumot uchun: mba@ncl.ac.uk manziliga murojaat qiling.
Nomzodlar grantga a’lo baholari, personal statement, suhbat natijasi, yuqori oʻzlashtirish koʻrsatkichi, ijtimoiy faolligi, oʻqishga ishtiyoqi kabilarga asosida saralanadilar.
Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.
Maʻlumot uchun: mba@ncl.ac.uk