Buyuk Britaniyaning Glazgou shahrida joylashgan University of Strathclyde navbatdagi Faculty of Science Research Elite Scholarships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitet tarkibidagi Faculty of Sciencening 2019-yil sentabrda boshlanadigan PhD bosqichlariga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant uch-besh yilgacha beriladi.
Grantlar Faculty of Sciencening quyidagi kurs talabalariga beriladi:
- Chemistry
- Computer and information sciences
- Mathematics and statistics
- Pharmacy and biomedical sciences
- Physics
- Forensic science.
Grant kimlar uchun?
PhD bosqichida oʻqishni xohlaganlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
University of Strathclyde 2019-2020-oʻquv yiliga Faculty of Science PhD kurslarida oʻqish toʻlovi kurslarga koʻra farq qiladi va kontrakt taxminan 18 950 funt sterlingni tashkil etadi. Toʻliq ma’lumot tanlangan kurs sahifasining “Fees&funding” boʻlimida berilgan.
Grant yutib olgan nomzodga oʻqish muddati tugaguncha har yili kontraktdan 3 000 funt-sterlingdan chegirma qilinadi.
Stipendiya dasturi faqat oʻqish pulini qisman qoplaydi. Yashash va tibbiy sugʻurta kabi xarajatlarni talabaning oʻzi toʻlaydi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
- Nomzod 2019-yil sentabr/oktabrdan Faculty of Sciencening yuqoridagi roʻyxatda qayd etilgan PhD kurslaridan biriga oʻqishga kirishi zarur.
- Agar nomzod boshqa universitetlarda talaba sifatida roʻyxatda turgan boʻlsa, oʻqishini Strathclyde Universityga koʻchirishi lozim.
- Nomzod overseas, ya’ni chet ellik talaba sifatida kontrakt toʻlashi kerak.
- Nomzod a’lochi boʻlishi kerak. Baholar kamida 2:1 boʻlishi talab qilinadi.
- Nomzod tegishli soha boʻyicha BA/BSc/bakalavr yoki MSc/magistr darajasiga ega boʻlishi kerak.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Tilni qanday darajada bilish kerakligi tanlangan kurs sahifasida berilgan. Odatda IELTS kamida 6,5 boʻlishi kerak.
- Nomzod kunduzgi boʻlimda chet ellik (overseas) talaba statusida boʻlishi kerak.
Barcha talablar haqida: shu yerdan ma’lumot olish mumkin.
Dasturga qabul jarayoni:
Grant universitetning 2019-yil sentabr/oktabrda boshlanadigan Faculty of Sciencening yuqoridagi roʻyxatda qayd etilgan PhD kurslaridan birida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi o‘zi tanlagan kursga ariza berishi kerak. Keyin grantga alohida ariza berish lozim. Dedlayn muddati 2019-yil 16-sentabrgacha.
Ariza topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:
- Dastlab universitet rasmiy saytining “Postgraduate research” sahifasiga kiring.
- Fakultetlar roʻyxatidan “Science”ni tanlang.
- Sahifaning oʻng tarafidagi kurslar roʻyxatidan kerakli kursni tanlang.
- Qanday qilib ariza berish haqidagi ma’lumotlarini: shu yerdan batafsil oʻqib chiqing.
- Barcha kirish talablari tanlangan kurs sahifasining “How can I apply?” qismida berilgan.
- Kurs sahifasida koʻrsatilgan “Apply” linki orqali ariza bering.
- Grantga ariza topshirish esa onlayn tarzda: shu yerda amalga oshiriladi.
Kerakli hujjatlar tarkibi (taxminan):
- Onlayn tarzda toʻldirilgan ariza.
- Bakalavr/magistr diplomi va diplom ilovasi nusxasi.
- Kontakt/bogʻlanish uchun toʻliq ma’lumotlar.
- 2 ta tavsiyanoma. Ulardan biri akademik tavsiyanoma, ya’ni, oʻqishda erishgan yutuqlar haqida boʻlishi lozim.
- Ingliz tili testi (kamida IELTS 6,5 ball (barcha qismlardan kamida 5,5) yoki ekvivalent) sertifikati.
- Moliyaviy ahvolingiz yoki stipendiya/grant haqida maʼlumotnoma.
- 250 tadan 1000 ta soʻzgacha research proposal.
- CV/resume.
- Pasport nusxas
- Viza haqida maʼlumot talab qilinishi mumkin.
Hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar tarkibi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Qoʻshimcha hujjatlarni tanlangan kurs sahifasidan aniqlang. Shuningdek, barcha hujjatlar ingliz tilida, rasmiy hujjatlar esa notariusdan tasdiqlatib topshiriladi. Ilmiy rahbar tanlashni ham sedan chiqarmang. Bu ma’lumot ham tanlangan kurs sahifasida berilgan.
Natijalar dedlayndan keyin qisqa fursat ichida eʼlon qilinadi.
Elektron pochta: science-enquiries@strath.ac.uk