×

Buyuk Britaniya University of Aberdeen: PhD bosqichi uchun qisman grant; oylik 1000 funt-sterling stipendiya!


Grant

MUHLAT

01.06.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

4139 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan Aberdin universiteti Boehringer Ingelheim PhD Scholarships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Dastur uch yilgacha muddatga beriladi. Grant yutib olgan nomzodlar Buyuk Britaniya va Yevropaning eng zamonaviy biolaboratoriyalarida biomedisina boʻyicha tadqiqotlar olib borish imkoniyatini qoʻlga kiritadilar. Grant yutib olgan nomzodlar salohiyatli, biomedisina sohasida guruh boʻlib ilmiy ish olib borishga tayyor boʻlishi talab etiladi.

Grant kimlar uchun?

Biomedisina boʻyicha doktorantlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga quyidagi imkoniyatlar beriladi:

  1. Uch yilgacha mahalliy talabalar toʻlaydigan miqdorda kontrakt puli qoplab beriladi.
  2. Har oyda 1000 funt-sterling stipendiya beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshira oladi.
  • Nomzod Aberdeen Universityning Graduate Schoolning mos keladigan PhD kursiga oʻqishga kirishi kerak.
  • Nomzod taqdim etayotgan doktorlik dissertasiyasi eksperimental boʻlishi va biomedisina boʻyicha fundamental tadqiqot boʻlishi kerak. Mavzu inson hayotining asosiy biologik koʻrinishlarini tadqiq qilish va yangi bilimlarni oʻzlashtirish haqida boʻlishi lozim.
  • Nomzod tegishli mutaxassislik boʻyicha bakalavr/magistr darajasiga ega boʻlishi kerak.
  • Biotexnologiya, farmasevtik ishlanmalar kabi amaliy tadqiqotlar olib borayotgan nomzodlar ariza bera olmaydi.
  • Kasallikning kechishi va simptomlarni davolash boʻyicha ilmiy ish qilayotganlar ariza topshira olmaydi.
  • Umumiy biologik ahamiyatga ega boʻlgan biologiya va prokartiotik tadqiqotlar ustida ishlayotganlar hujjat topshira olmaydi.
  • Oʻqish vaqti. Grant auditoriya mashgʻulotlari kabi qismlar uchun berilmaydi, faqatgina tajriba amaliyotlarini oʻtkazish vaqtida beriladi.
  • Nomzod ingliz tilini va nemis, fransuz tili kabi oʻzi tadqiqot oʻtkazish uchun tanlagan davlati tilini yaxshi bilishi hamda a’lochi boʻlishi zarur.

Talablar va ta’qiqlar haqidagi barcha ma’lumot: shu yerda va shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant Aberdeen Universityning Graduate Schoolning PhD kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun avval oʻqishga, keyin esa grantga ariza topshirish lozim. Ayni vaqtda eng yaqin dedlayn – 2021-yil 1-iyun.

Oʻqishga hujjat topshirish:

  1. Shu yerda chet ellik nomzodlar uchun umumiy ma’lumotlar bilan tanishing.
  2. Shu yerdan kerakli boʻlgan PhD kursini tanlang.
  3. Shu yerda ingliz tili talablari bilan tanishing.
  4. Kirish talablari bilan ham batafsil tanishib chiqing.
  5. Ariza toʻldiring va kerakli hujjatlarni ilova qilib, topshiring.

Grantga hujjat topshirish. Jarayon ikki bosqichda oʻtkaziladi:

  1. Onlayn tarzda ariza topshiriladi.
  2. Arizaning qogʻoz variant va CD diskini ikki nusxada: Boehringer Ingelheim Fonds, Schusterstr. 46-48, 55116 Mainz, Germany manziliga pochta orqali yetkazish.

Barcha hujjatlar ingliz tilida yozilishi va hujjatlar tarkibida koʻrsatilgan roʻyxatdagi 1 dan 9 gacha tartib raqam boʻyicha ketma-ket taxlanib joʻnatiladi. Hujjatlarni steplerda tikish yoki muqovalash mumkin emas. CD diskka esa roʻyxatdagi 1 dan 7 gacha boʻlgan hujjatlarni bitta PDF formatidagi faylga joylab, keyin joʻnatish kerak.

Hujjatlar bir yilda uch marta: fevral, iyun, oktabr oylarida qabul qilinadi. Ayni vaqtda eng yaqin dedlayn 2021-yil 1-iyun.

Topshiriladigan hujjatlar tarkibi:

1 dan 5 gacha hamma hujjatlar ikki taraflama chop ettirilishi kerak:

  1. PhD loyihasining nomi va qisqacha mazmuni (probel bilan birga 1400 ta belgigacha boʻlishi kerak).
  2. PhD loyihasining toʻliq taqdimoti. Bu hujjatda ishning titulidan adabiyotlar roʻyxatigacha barcha qismlari boʻlishi kerak. Qanday qilib yozish haqida ma’lumot: shu yerda.
  3. Aniq bitta guruhda ishlashni istaganlar boʻlsa, buning sababi.
  4. PhD dan avvalgi tadqiqot ishi (masalan, bakalavr yoki magistrlik ishi)ning qisqacha mazmuni.
  5. Nashr ettirilgan ilmiy ishlar roʻyxati.
  6. Barcha attestat, diplom va sertifikatlar nusxalari. Hamma hujjatlarning fotonusxasi xronologik tartibda yillar boʻyicha eng eskilari tagiga, eng yangilari ustki qismiga qoʻyib taxlanadi.
  7. Barcha topshirilgan imtihonlar sertifikat/diplomlar nusxalari ham xuddi shu tartibda joylashtiriladi (Masalan, SAT/ACT, Abitur va h.k.).
  8. Dissertatsiyaga ilmiy rahbardan tavsiyanoma.
  9. PhD loyihasi uchun guruh oʻzgarganda diplom ishiga ilmiy rahbardan tavsiyanoma olish kerak. Tavsiyanomalar ingliz tilida rasmiy blankda yozilgan va imzo chekilgan holda yopiq konvertda ariza bilan birga joʻnatiladi. Faqatgina kuzatuv organlarigina tavsiyanomalarni istisno tariqasida nomzodning ism-sharifini koʻrsatgan holda secretariat@bifonds.de elektron manziliga joʻnatishlari mumkin. Bunda fayl PDF formatida boʻlishi talab qilinadi.

Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:

  • A’lo baholari va yutuqlari.
  • Diplom/dissertatsiya ishining sifati.
  • Laboratoriya standartlari.

Natijalarning eʼlon qilinishi

Saralash ikki bosqichda oʻtkaziladi:

  • Dedlayndan 4 hafta oʻtib dastlabki saralash otkaziladi.
  • Dedlayndan 5 oy oʻtib yakuniy saralash oʻtkaziladi va natijalar e’lon qilinadi.

Saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga tez fursatda xabar beriladi.

Bogʻlanish uchun: shu yerga yoki secretariat@bifonds.de manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!