×

Buyuk Britaniya: PhD uchun grant; yillik 15 009 funt-sterling stipendiya!


Grant

MUHLAT

27.01.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1721 marta

Angliyaning Kolchester shahrida joylashgan University of Essex PhD bosqichi uchun PhD Studentship: Deep Learning Approach for Demand Management in E-Retailing (April 2020 entry) dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetning School of Computer Science and Electronic Engineering va Department of Mathematical Sciencesda PhD dissertatsiyasi tadqiqotini olib borishni xohlagan talabalar uchun mo‘ljallangan. Dasturga nomzod a’lochi, ilmiy salohiyatli bo‘lishi lozim. Grant uch yilga beriladi. Grant yutib olgan tadqiqotchi matematika fanini o‘qitish, matematik statistika, amaliy matematika muammolariga oid izlanishlarni amalga oshirishi kerak.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida o‘qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga quyidagi imkoniyatlar beriladi:

  1. Uch yilga Buyuk Britaniya va YeI davlatlari uchun kontrakt hajmdagi kontrakt pulini qisman qoplab beradi.
  2. Uch yil muddatga asosiy yashash xarajatlari uchun yillik 15 009 funt-sterling stipendiya ajratiladi.
  3. Umumiy 2 400 funt-sterling miqdorda sayohat, konferensiya hamda o‘quv kurslari uchun mablag‘ beriladi.

Eslatma: dastur kontrakt pulining faqat Buyuk Britaniya va YeI davlatlari uchun to‘lash kerak bo‘lgan qismini qoplaydi. Shuning uchun kontraktning qolgan qismini nomzodning o‘zi to‘lashi kerak bo‘ladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo‘lishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
  • Nomzod universitetning Department of Mathematical Sciencesda 2020-yil aprelrda boshlanadigan PhD kurslaridan biriga o‘qishga kirgan bo‘lishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi bo‘lishi zarur. Grant uchun baholar 2:1 bo‘lishi talab qilinadi.
  • Nomzod University of Essex talablariga mos bo‘lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Kursga qabul uchun IELTS kamida 7,0 (barcha bo‘limlardan kamida 6,5) bo‘lishi talab qilinadi.
  • Nomzod mos keladigan soha bo‘yicha bakalavr/magistr diplomiga ega bo‘lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning Department of Mathematical Sciences PhD kurslarida o‘qish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod mos keladigan PhD kursiga ariza berishi kerak. Keyin esa grantga alohida ariza topshirish lozim. Dedlayn– 2020-yil 27-yanvar.

O‘qishga hujjat topshirish tartibi va talablari: shu yerda berilgan.

Savollar yuzasidan shu yerga murojaat qiling.

Kerakli hujjatlar tarkibi (umumiy):

  • Onlayn to‘ldirilgan ariza.
  • Ingliz tili testi (kamida IELTS 7,0, har bir bo‘limdan kamida 6,5 ball) sertifikati.
  • Bakalavr/magistr diplomi va diplom ilovasi nusxasi. Baholar kamida 2:1 bo‘lishi lozim.
  • CV/resume.
  • Research proposal.
  • 2 ta tavsiyanoma.
  • Personal statement (500 ta so‘zgacha).
  • Adabiyotlar ro‘yxati.
  • Boshqa sertifikatlar. Masalan, GRE/GMAT/ACT/GCSE kabilar so‘ralishi mumkin.
  • Pasport nusxasi.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma.
  • Viza haqida maʼlumot talab qilinishi mumkin.

Grantga hujjat topshirish. Grantga ariza topshirish: shu yerda amalga oshiriladi.

Grant bo‘yicha talablar haqida batafsil: shu yerda tanishing.

Nomzodlar grantga aʼlo baholari, ish tajribasi, ilmiy tadqiqot faoliyati, kelajakdagi rejalari va research proposal kabilar asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayn muddatidan keyin iloji boricha tez fursatda elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Ma’lumot uchun: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!