Angliyaning Gilford shahrida joylashgan University of Surrey navbatdagi Surrey International Scholarship for Psychology dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetning psixologiya yoʻnalishidagi magistratura bosqichi 1-kurslariga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant bir yilga beriladi. Grantga nomzod a’lochi va akademik yutuqlarga erishgan boʻlishi lozim. Grant quyidagi kurslar uchun taallqli:
- Developmental Psychology in Research and Practice MSc
- Environmental Psychology MSc
- Health Psychology MSc
- Psychology (Conversion) MSc
- Research Methods in Psychology MSc
- Social Psychology MSc.
Grant kimlar uchun?
Magistratura bosqichida oʻqishni xohlaganlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Universitetda oʻqish toʻlovi magistratura kurslarida tanlangan kursga qarab farq qiladi va taxminan 20 400 funt-sterlingni tashkil etadi. Toʻliq ma’lumot tanlangan kurs sahifasida berilgan.
Grant yutib olgan nomzodga kontraktdan 5 000 yoki 2 500 funt-sterling chegirma qilinadi.
Stipendiya dasturi faqat oʻqish pulini qisman qoplaydi. Yashash va tibbiy sugʻurta kabi xarajatlarni talabaning oʻzi toʻlaydi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
- Nomzod 2020-yilda boshlanadigan yuqorida koʻrsatilgan psixologiya magistratura kurslaridan biriga oʻqishga kirishi zarur.
- Nomzod a’lochi boʻlishi kerak. Grant uchun a’lo, ya’ni first class yoki 2:1 daraja talab qilinadi.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Tilni qanday darajada bilish kerakligi tanlangan kurs sahifasida berilgan. Odatda IELTS kamida 6,0 boʻlishi kerak.
- Nomzod bakalavr diplomini topshiradi.
- Nomzod overseas, ya’ni chet ellik talaba sifatida kontrakt toʻlashi kerak.
Barcha talablar haqida: shu yerdan ma’lumot olish mumkin.
Dasturga qabul jarayoni:
Grant universitetning yuqorida koʻrsatilgan magistratura kurslaridan birida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi o‘zi tanlagan kursga ariza berishi kerak. Grantga alohida ariza berish talab qilinmaydi. Oʻqishga dedlayn muddati 2020-yil 15-yanvar. Ammo grant yutishni istagan talabalar 2019-yil 31-dekabrgacha hujjat topshirishlari zarur.
Ariza topshirish uchun quyidgilar amalga oshiriladi:
- How to apply sahifasidagi ma’lumotlarni oʻqib chiqing.
- Kurslar roʻyxatidan yuqorida koʻrsatilgan va mos keladigan kursni tanlang.
- Tanlangan kurs sahifasidan ariza bering.
- Ariza koʻrib chiqilishi uchun 100 funt-sterling badal toʻlang.
Kerakli hujjatlar tarkibi (taxminan):
- Onlayn tarzda toʻldirilgan ariza.
- Bakalavr diplomi va diplom ilovasi. Baholar First Class yoki 2:1daraja boʻlishi lozim.
- Ingliz tilidan IELTS/TOEFL sertifikati. IELTS kamida 6,0 boʻlishi kerak.
- Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma.
- Pasport nusxasi.
- Research proposal soʻralishi mumkin.
- CV/resume.
- Viza haqida maʼlumot talab qilinishi mumkin.
Hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar tarkibi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Qoʻshimcha hujjatlarni tanlangan kurs sahifasidan aniqlang. Shuningdek, barcha hujjatlar ingliz tilida, rasmiy hujjatlar esa notariusdan tasdiqlatib topshiriladi.
Natijalar dedlayndan keyin qisqa fursat ichida eʼlon qilinadi.
Elektron pochta: international@surrey.ac.uk